Terapevtik kasalliklar bilan og‘rigan bemorlarda hamshiralik parvarishi



Yüklə 265,85 Kb.
səhifə9/100
tarix02.06.2022
ölçüsü265,85 Kb.
#60391
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   100
Terapevtik kasalliklar bilan og‘rigan bemorlarda hamshiralik par

Tekshirish usullari va davolash. Bronxofoniya, ya’ni hiqildoq tovushining ko‘krak qafasi yuzasiga o‘tkazilishi xuddi tovush titrashi singari aniqlanadi: bemor unsiz tovushlar ko‘p bo‘lgan so‘zlarni talaffuz etadi. O‘pka to‘qimasi zichlashib qolganida va unda bo‘shliqlar paydo bo‘lganida; o‘pka infarkti, zotiljam, silda bronxofoniya kuchayadi; ekssudativ plevrit, obturatsion atelektazda esa susayib qoladi.
Rentgenologik usullar o‘pka kasalliklarini aniqlashda asosiy tekshirishlardan hisoblanadi. Bular: rentgenoskopiya, rentgenografiya, tomog rafiya, bronxografiya va flurografiyadir.
Radioizotop tekshirish usullari yordamida o‘pka ventilatsiyasi, dif fuziyasi, o‘pkada qon aylanishi aniqlanadi, shuningdek o‘pka skanerlanadi.
Bronxoskopiya traxeya va bronxlarni shilliq pardasini ko‘zdan kechirish uchun, o‘smalar, yaralar diagnostikasi uchun, yot jismlarni chiqarib olish va poliplarni olib tashlash, bronxoektazlarga davo qilish uchun qo‘llaniladi.
Spirometriya va spirografiyayordamida tashqi nafas funksiyasi o‘rganiladi.
Spirometr yordamida nafas hajmini, o‘pkaning tiriklik sig‘imini aniqlash, spirografiyani qo‘llab, bundan tashqari qoldiq hajmni, bir minut davomida yutiladigan kislorod miqdorini aniqlash mumkin. Nafas hajmi nafas oladigan va nafas chiqaradigan havo hajmi bo‘lib, u taxminan 500ml (400–800 ml)ni tashkil etadi. Rezerv hajmi odam odatdagidek nafas chiqarganidan keyin yana zo‘r berib nafas chiqaradigan bo‘lsa, chiqarib bera oladigan havosining hajmidir (1500–2000 ml ga teng). O‘pkaning tiriklik sig‘imi nafas, rezerv va qo‘shimcha hajmlarning yig‘indisidan tashkil topadi. Qoldiq hajm zo‘r berib nafas chiqargandan keyin o‘pkada qoladigan havo miqdoridir. Normada u 1000–1500 ml ga teng. O‘pkaning maksimal sig‘imi– nafas, rezerv, qo‘shimcha va qoldiq hajmlarning yig‘indisidir. U taxminan 6000 ml ga teng.
Plevra punksiyasi davo va diagnostika maqsadida plevra suyuq ligini tortib olishga xizmat qiladi. Diagnostika maqsadida 50– 100ml suyuqlik oladi, davo maqsadida 1–1,2l suyuqlik chiqarib tashlanadi. Punksiyani shifokor bajaradi. Plevra punksiyasi uchun uchi o‘tkir qilib kesilgan va kanyulalari bo‘ladigan o‘rta kalibrdagi (1–1,2 mm) uzun (7–10 sm) ignalar, ingichka kalta ignalar, 2–5 va 10–20 ml sig‘imli shprislar, 2–3 ta probirka, surtmalar olish uchun xuddi shuncha buyum oynalari, kanyulalarga loyiq keladigan elastik naylar, qon to‘xtatadigan tishsiz qicqichlar, so‘rib oluvchi apparatlar, spirt va yodning spirtdagi eritmasi, kollodiyli yoki kleolli flakon, ichiga steril tamponlar, paxta o‘ralgan tayoqchalar va pinset solib qo‘yilgan steril lotokcha zarur. Bu muolaja uchun shifokor xuddi operatsiyaga tayyorlanganday tayyor lanadi.
Plevra punksiyasi muolajalar xonasida yoki bog‘lov xonasida o‘tkaziladi. Oldin perkutor yoki rentgenologik yo‘l bilan ekssudatning ustki chegarasi aniqlab olinadi. Bemorning ahvoli imkon beradigan bo‘lsa, orqasini shifokorga qaratib, uni stulga o‘tqaziladi, qovurg‘a oralarini kengroq qilib ochish uchun gavdasi sog‘ tomoniga sal engashtiriladi. Bemorning punksiya qilinadigan tomonidagi qo‘li boshiga yoki qarama-qarshi tomondagi yelkasiga qo‘yib qo‘yiladi. Bordi-yu bemor stulga o‘tira olmaydigan bo‘lsa, yordamchi kishi uni karavotda o‘tirgan holida tutib turadi. Punksiyani qo‘ltiq ostining orqa chizig‘i bo‘ylab 7–8-qovurg‘alar orasidan qilish hammadan qulay va bexatardir.

Yüklə 265,85 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   100




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin