Terapevtik kasalliklar bilan og‘rigan bemorlarda hamshiralik parvarishi



Yüklə 265,85 Kb.
səhifə32/100
tarix02.06.2022
ölçüsü265,85 Kb.
#60391
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   100
Terapevtik kasalliklar bilan og‘rigan bemorlarda hamshiralik par

so‘rab-surishtirish. Bemor shikoyatlari bilan bir qatorda, kasallik tarixi ham aniqlanadi. Bemordan qachondan beri kasallik boshlanganligi, qanday dori-darmonlar iste’mol qilganligi so‘rabsurishtiriladi. Kasallik ning hayot anamnezini aniqlashda bemorning oilaviy sharoiti, ovqatlanish rejimi va uning tarkibi, kasb-kori, zararli odatlari so‘raladi.
Bemorlarni ko‘zdan kechirish. Bemorni ko‘zdan kechirish bemorning umumiy ahvoliga e’tibor berishdan boshlanadi. Me’da va o‘n ikki barmoq ichak yara kasalligi, me’da rakida bemor ozib ketayotgani, qon ketishi, rangi oqarganligi aniqlanadi. Ovqat hazm qilish a’zolari kasalliklarida tilni tekshirish muhim ahamiyatga ega. Kislotalari kamayib ketganda til so‘rg‘ichlari yo‘qolib ketgan, yuzasi silliq bo‘ladi (loklangan til).
Tilda oq yoki jigarrang karash bo‘lishi ko‘pincha me’da va ichak kasalliklarida uchraydi. Jigar kasalliklarida til malina rangida bo‘ladi. Qorin ko‘zdan kechirilganda shakli va katta-kichikligi aniqlanadi. Qorin o‘rta qismidagi venalarning kengayib ketishi portal gipertenziya borligidan darak beradi.
Palpatsiya. Qorinni paypaslab ko‘rish chamalovchi yuza va chuqur Obrasov-Strajesko usuli bo‘yicha qo‘lni sirg‘antirib qilinadigan xillarga bo‘linadi.
Yuza palpatsiya qorin devorining ma’lum bir joyi bezillab turganturmaganligi, muskullar nechog‘li tarang tortganligi, churra chiqib turadigan joylar bor-yo‘qligini aniqlashga imkon beradi. Qorinni palpatsiya qilish mahalida bemorning o‘ng tomonida turish kerak, qorin pressi muskullari qisqarmasligi uchun qo‘llar iliq bo‘lishi kerak. Bemor chalqancha yotadi, palpatsiya chap yonbosh sohasidan boshlanadi, keyin simmetrik ravishda o‘ng yonbosh sohasi palpatsiya qilib chiqiladi.
Sirg‘anadigan chuqur palpatsiya qilinganda bukilgan barmoqlar palpatsiya qilinadigan a’zoga parallel qo‘yiladi. O‘ng qo‘l barmoqlari nafas olish vaqtida qorin bo‘shlig‘iga asta-sekin botirib boriladi. Har bir ichak bo‘limini palpatsiya qilishning o‘z xususiyatlari bor. Sigmasimon ichak o‘ng qo‘lning bukilgan barmoqlari bilan palpatsiya qilinadi. Bemor nafas chiqarib, qorin pressi muskullari bo‘shashib turgan mahalda barmoqlarni sigmasimon ichakka parallel qo‘yib, asta-sekin qorin bo‘shlig‘iga botiriladi va orqa devorigacha yetib boriladi. So‘ngra qo‘lni teri bilan birgalikda pupart bog‘lama tomonga sirg‘antirilib, ichak yuzi ustidan o‘tkaziladi. Xavfli o‘smalar yoki qattiq axlat massalari bor mahalda ichak yuzining notekis, g‘adir-budir bo‘lib turgani topiladi, qattiq axlat massalari bo‘lsa, bular huqnadan keyin yo‘qolib ketadi. Ko‘richak sigmasimon ichakni tekshirib bo‘lgandan keyin palpatsiya qilinadi. Yallig‘lanish bo‘lganda og‘riq va quldirash seziladi. Ko‘ndalang chambar ichak me’daning pastki chegarasini aniqlab olgandan keyin palpatsiya qilinadi. O‘ng qo‘l barmoqlari shu chegaradan 2–3 sm pastga va qorinni o‘rta chizig‘idan taxminan 4sm o‘ngga qo‘yiladi. Shundan keyin qorin bo‘shlig‘iga barmoqlarni bosib borib, yuqoridan pastga tomon sirg‘anuvchi harakatlar qilinadi. Ichakning ko‘ndalang kesimi 5–6 sm ni tashkil etadi. Chambar ichakning yuqori ko‘tariladigan va past tushib boradigan qismlari V.X. Vasilenko usuli bo‘yicha palpatsiya qilinadi. Buning uchun chap qo‘l belga qo‘yiladi, o‘ng qo‘l bilan esa sirg‘anadigan chuqur palpatsiya qilinadi. Ichakdan ko‘ra me’dani palpatsiya qilish qiyinroq. Me’daning katta egriligini paypaslab ko‘rish uchun chap qo‘l panjasi ko‘krak qafasiga qo‘yiladi, o‘ng qo‘lning yarim bukilgan barmoqlari bilan esa to‘sh osti sohasiga kalta-kalta zarblar berib, pastga tushib boriladi. Ayni vaqtda chayqalish shovqini paydo bo‘lib, me’da chegarasidan o‘tgandan keyin u yo‘qolib ketadi. Palpatsiya o‘t pufagi va jigar holatini aniqlashga yordam beradi.

Yüklə 265,85 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   100




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin