Terapevtik kasalliklar bilan og‘rigan bemorlarda hamshiralik parvarishi



Yüklə 265,85 Kb.
səhifə40/100
tarix02.06.2022
ölçüsü265,85 Kb.
#60391
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   100
Terapevtik kasalliklar bilan og‘rigan bemorlarda hamshiralik par

Davolash. Davosi konservativ va jarrohlik yo‘li bilan olib boriladi. Konservativ davoda quyidagi prinsiplarga amal qilinadi: davoni barvaqt boshlash; bemorga jismoniy va ruhiy orom berish; tegishli parhez qilish; dori vositalari va fizioterapevtik yo‘l bilan davolash; ichkilik ichish va chekishni taqiqlab qo‘yish; kasallik qo‘zimay turgan vaqtda kun tartibi va parhezga amal qilish.
Kasallik xuruji mahalida bemorlar kasalxonada davolanadilar. Parhez ovqatlar buyuriladi. Yara kasalligida oqsil, yog‘, uglevodlar, vitaminlar, mikroelementlar fiziologik me’yorda bo‘lishi kerak. Ovqatlanish kuniga 5 marta buyuriladi. Ovqatlar yaxshi pishirilgan, maydalangan va bug‘da pishirilgan bo‘lishi kerak. Yog‘li go‘sht, baliq sho‘rvalar, sabzavot va qo‘ziqorinli quyuq qaynatmalar, tuzlangan va dudlangan sabzavot va go‘sht mahsulotlari, xamir mahsulotlari, sovuq ichimliklar, tarkibida ko‘p miqdorda karbonat angidrid saqlagan mineral suvlar iste’mol qilish taqiqlanadi.
Dori vositalari bilan davolash quyidagi asosiy yo‘nalishlarda olib boriladi: markaziy asab tizimi faoliyatini yaxshilovchi, tinchlantiruvchi, uyqu chaqiruvchi; ortiqcha ishlab chiqarilgan xlorid kislota, pepsinni neytrallash va biriktirib oluvchi; me’da va o‘n ikki barmoq ichak harakati va o‘tkazuvchanligini yaxshilovchi; shilliq himoya qavati faoliyatini ko‘paytiruvchi; shilliq qavat to‘qima elementlari regenerativ xususiyatlarini oshiruvchi va distrofik yallig‘lanish jarayonini kamaytiruvchi; helikobakter piloriga qarshi antibakterial davolash.
Og‘riqni va me’da shirasi kislotaliligini kamaytirish uchun M-xolinolitiklardan foydalaniladi: 0,1%li atropin sulfat eritmasi 0,5–1ml, platifillin eritmasi 1–2 ml, 0,1% li metasin eritmasi ovqatdan 30–40 minut oldin buyuriladi. Me’da shirasining agressiv xususiyatlarini kamaytirish uchun ishqorlar qo‘llaniladi: vikalin, almagel, vikair va h.k. Me’da sekret siyasini normallashtiruvchi dori vositalari: gastrosepin, gastrosedin, ranitidin, omeprazol, famotidin va boshqalar buyuriladi. Fizioterapevtik davo usullaridan balchiq va parafin applikatsiyasi, diatermiya, mineral suvlardan keng foydalaniladi. Jarrohlik bilan davolash yara kasalligi asoratlarida qo‘llaniladi.
Yaradan qon ketayotganda bemor gorizontal holatda, tinch yotqizib qo‘yiladi, ovqat, suv, dori vositalarini qabul qilish taqiqlanadi.To‘sh osti sohasiga muzli xaltacha qo‘yiladi. Shifokor ko‘rsatmasi bo‘yicha venaga 1ml 1% li vikasol eritmasi yoki 2 ml 12,5% li etamzilat eritmasi, 10 ml 10% li kalsiy xlorid eritmasi, 5% li aminokapron kislota eritmasi yuboriladi. Bemor jarrohlik bo‘limiga olib boriladi.

Yüklə 265,85 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   100




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin