Terapevtik kasalliklar bilan og‘rigan bemorlarda hamshiralik parvarishi


Bo‘g‘imlаr funksiyasini bаhоlаsh. So‘rab-surishtirish



Yüklə 265,85 Kb.
səhifə90/100
tarix02.06.2022
ölçüsü265,85 Kb.
#60391
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   100
Terapevtik kasalliklar bilan og‘rigan bemorlarda hamshiralik par

Bo‘g‘imlаr funksiyasini bаhоlаsh. So‘rab-surishtirish. Shikoyatlar bo‘g‘imlarni og‘rishiga, shishib, deformatsiyaga uchrashiga, harakatni cheklanganligiga, behollik, tana haroratini oshishi, terlashga.
anamnez. Sovuq qotishga, zax joylarda uzoq qolib ketganda, surun kali infeksiya o‘choqlarini borligiga, immunitetini pasayganiga, naslida shu kasallikni borligiga, avvalgi tekshiruv natijalari va qabul qilgan davo muolajalari so‘rab-surishtiriladi.
obyektiv ma’lumot.Ko‘zdan kechirish: hansirash, teri qavatining sianozi yoki rangparligi, barmoq formalarining o‘zgarganligi, tirnoqlarni o‘zgarganligi, teri osti yog‘ qavatida tugunchalar ustida toshmachalarning borligi, ko‘z konyunktivasiga qon quyilishi, bo‘g‘imlar deformatsiyasi, taxikardiya, aritmiya, qon bosimning ko‘tarilishi yoki pasayishiga, tizza bo‘g‘imini shishishi, haroratni subfebril yoki gektik bo‘lishi.
Palpatsiya: Kasal bo‘g‘imni bukib yozganimizda «qisirlagan» tovush qo‘lga seziladi.
Perkussiya: Yurak chegarasining chapga kengayganligi aniqlanadi.
Auskultatsiya: Yurak cho‘qqisida 1-ton susayib, sistolik shovqin eshitiladi.
Umumiy qon tahlili – leykotsitoz, EChT ning oshishi.
Qonning biokimyoviy tahlili – revmoprobaning musbatligi, C-reaktiv oqsilning balandligi, dizproteinemiya, fibrinogen miqdorining oshishi.
EKG – P-Q intervalining cho‘zilishi. UTT – chap qorinchaning gipertrofiyasi.
Bo‘g‘imning rentgenografiyasi, bo‘g‘im atrofining osteoporozi, bo‘g‘im teshigining torayishi, chetlarida eroziyalarini bo‘lishi.
Hаmshirа pаrvаrishi va o‘z-o‘zini pаrvаrishi. Og‘riqda parvarish qilish, sovuq qotishda parvarish qilish, bemorga o‘zini o‘zi boshqarishni o‘rgatish, harakat aktivligini qo‘llab-quvvatlashni o‘rgatish, ortopedik moslamalar va qo‘ltiq tayoqlardan foydalanishni o‘rgatish.
11.1. Revmatoid artrit kasalligi bilan og‘rigan bemorlarda hamshiralik parvarishi
Revmatoid artrit – surunkali bo‘g‘im biriktiruvchi to‘qimasining yallig‘lanishi bilan kechuvchi, bo‘g‘imlarda eroziv-destruktiv xarakterdagi uzluksiz yallig‘lanish jarayoni kucha yib boruvchi kasallikdir. Bu kasallikda bo‘g‘im to‘qimalarida immunologik asosda kechuvchi yallig‘lanish rivojlanib, u bo‘g‘imda, tog‘ayda morfologik o‘zgarishlarga olib keladi. Keyinchalik bemorda ichki a’zolarining zararlanishi kuzatiladi. Uning asosida immunokompleks ta’sirida bo‘ladigan yallig‘i lanish yotadi.
etiologiyasi. Revmatoid artrit umumiy infeksion-allergik kasallik bo‘lib, organizmda surunkali infeksiya o‘chog‘i borligi munosabati bilan boshlanadi. Infeksiya o‘chog‘idan toksinlar va oqsil parchalanishi mahsulotlarining doimo kelib turishi organizm reaktivligi o‘zgarib qolishiga va allergik holat paydo bo‘lishiga olib keladi, poliartrit ana shu holatning klinik ko‘rinishi bo‘lib hisoblanadi.
Reaktivlik o‘zgarib turgan mahalda har qanday nospetsifik ta’sirot (sovqotish, travma, infeksiya) kasallik qo‘zib qolishiga sabab bo‘lishi mumkin. Reaktivlik aynab turgan paytda shikast yetkazuvchi infeksion yoki noinfeksion omillar antitelolar ishlanib chiqishi kuchayishiga olib boradi, keyin bu antitelolar biriktiruvchi to‘qimaning asosiy moddasini shikastlantiradi, asosiy modda va kollagenning yemirilishi natijasida yuzaga keladigan patologik oqsillar antigen aktivligiga ega bo‘lib qoladi, ya’ni autoagressiya hodisasi kuzatiladi.

Yüklə 265,85 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   100




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin