Profilaktikasi va davosi. Revmatoid artrit profilaktikasi surunkali infeksiya o‘choqlarini yo‘q qilish, organizmni chiniqtirib borish, allergik kasalliklar bilan og‘rigan bemorlar ustidan dispanser nazorati olib borishdan iborat.
Kasallik qo‘zigan davrda organizmdagi immun o‘zgarishlarni bosish maqsadida revmatizmga qarshi vositalar qo‘llaniladi (asetilsalitsilat kislota, amidopirin, butadion). Kortikosteroid preparatlar ishlatilganida hammadan yaxshi naf olinadi (prednizolon, deksametazon, triamsinolon). Biroq, bularni uzoq ishlatganda asoratlar paydo bo‘lish xavfi bezgakka qarshi preparatlar berishga majbur etadi (delagil, xloroxin, rezoxin). Bo‘g‘im ichiga 30–100 mg dan gidrokortizon yuboriladi. Kasallikning o‘tkir fazasida zararlangan bo‘g‘imlarga ultrabinafsha nur berib turiladi. Yarim o‘tkir bosqichida UVCh-terapiya, diatermiya, mikroto‘lqinli terapiya buyuriladi. Kurortlarda kompleks davo qilish juda yaxshi naf beradi (Sochi, Masesta, Yevpatoriya, Saki, Odessa, Belokurixa). Davolash fizkulturasi va massaj bilan birgalikda shifobaxsh balchiqlar, karbonatli, vodorod sulfidli, radonli mineral suvlar bilan davo qilinadi.
Parvarishi.Revmatoid artrit bilan kasallangan bemorlar, bo‘g‘im harakatlari cheklangan bo‘lgani sababli, maxsus parvarishga muhtoj. Hamshira quyidagi tadbirlarni bajarishi lozim: shifokor ko‘rsatmalarini aniq bajarish; shaxsiy gigiyena tadbirlarini o‘tkazish: bemorlarni yuvin tirish, yotoq yaralarni profilaktika qilish, ich kiyimlarni almashtirish va b.; palatada sanitariya-gigiyenik sharoitni yaratish va uni saqlab turish; bemorlarga qulay o‘rin solib berish va uni ozoda saqlash; yuvinish, ovqat yeyish va fiziologik ehtiyojlar vaqtida og‘ir yotgan bemorlarga yordam ko‘rsatish.
11.2. Revmatizm kasalligi bilan og‘rigan bemorlarda hamshiralik parvarishi Revmatizm – biriktiruvchi to‘qimaning tizimli yallig‘lanishi bo‘lib, asosan yurak va qon tomirlar tizimida, kasallikka moyil kishilarda, A guruhiga kiruvchi, B – gemolitik streptokokk bilan bog‘liq holda rivojlanadi. Bu kasallikda, shuningdek, bo‘g‘im seroz pardalari, asab tizimi va boshqa ichki a’zolarning biriktiruvchi to‘qimalari yallig‘lanishi mumkin.
Kasallikka keltiril gan bu ta’rif (V.A.Nosonova, I.A.Bronzov, 1978-yil) uning rivojlanishida: 1) asosan yurak va qon tomirlar tizimi shikast lanishini; 2) kasallik rivojlanishiga moyil irsiyatning o‘rnini; 3) streptokokk infeksiyasining rolini ta’kidlaydi. Kasallikning mohiyati yurakning hamma qavatlari, shu jumladan, asosan, miokard va endokard shikastlanib, yurak yetishmovchiligini kel tirib chiqaradigan qopqoqlar shaklining buzilishi va yurak teshiklarining torayishi – yurak illat(porok)i rivojlanishidadir.
Revmatizm hamma yoshdagi kishilarni, lekin ko‘pincha bolalarni, yoshlarni shikastlantiradi. Revmatizm yer yuzining turli iqlimiy-geografik mintaqalarida uchraydi. Revmatizm bilan shikastlanish va mamlakatlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi o‘rtasida uzviy bog‘liqlik borligi ma’lum. Revmatizm bilan shikastlanishda uy-joy va maktab sharoitlarining taqchilligi, sifatsiz ovqatlanish, tibbiy yordam ko‘rsatishning past darajadaligi alohida o‘rin tutadi.