Terapevtik kasalliklar bilan og‘rigan bemorlarda hamshiralik par
Klinikasi. Ma’lumki, revmatizmda yurak va qon tomirlar tizimi jarohatlanadi. Shu sababli revmatizmning hamma belgilarini yurak va yurakdan tashqari belgilarga bo‘lish maqsadga muvofiq bo‘lib, kasallikning klinik manzarasini shu nuqtayi nazar dan o‘rganish kerak. Revmatizmning klinik manzarasi kasallik davri, yallig‘lanish jarayonining faollik darajasi, kasallikning kechish xususiyati, tabiati, yurak illat(porok)lari va yetishmovchiligi mavjudligi va boshqalarga bog‘liq. A.I.Nesterov fikricha, kasallik ning rivojlanishi va klinik manzarasi shakllanishida uchta asosiy davrni farq qilish mumkin.
Birinchi (yashirin) davr, odatda, streptokokk infeksiyasi tugab, revmatizm xuruji boshlangun cha 2–4 hafta davom qiladi. Bu davrda tana sezuvchanligi oshib, biriktiruvchi to‘qimaning toksik-infeksion shikastlanishi va streptokokk antigeniga javoban immun siljishlar ro‘y berishi kuzatiladi. Bu davr yo klinik belgilarsiz, yoki cho‘zilgan angina, surunkali tonzillitdan kechikib tuzalishga xos belgilar: o‘zini yomon his qilish, terlash, artralgiya, subfebrilitet bilan kechadi. Qonda streptokokk antigeni, antitanalar titri ko‘ta rilishi, EChTning o‘rtacha oshishi kuzatiladi.
Ikkinchi davr (revmatik xuruj) tanada giperergik reaksiya rivojlanishi, a’zolar shikastlanishi va kasallikning revmatik poliartrit, kardit, xoreyalarga xos klinik belgilari yuzaga kelishi bilan o‘tadi. Bu kasallikning boshlanishi – birinchi xuruji hisoblanadi.
Uchinchi davr himoya kuchlari va kompensatsiya reaksiyalarining sifat o‘zgarishi, immunologik buzilishlarning kuchayishi va distrofik o‘zgarishlar rivojlanishi bilan kechadi. Bu davrda revmatizm ko‘pincha cho‘zilib va uzluksiz qaytalanib kechadi. A’zolar o‘zgarishi kuchayadi va yomon oqibatlarga olib keladigan asoratlar kuzatiladi.
Revmatizm klinik manzarasi uning birinchi xurujida hali yurak illat (porok)i paydo bo‘lmaganda yaqqolroq bo‘lishini nazarda tutish kerak.
Yurak illat(porok)i shakllangan, bundan tashqari yurak yetishmov chiligi paydo bo‘lgan bemorlarda revmatizm qaytalansa, uning faollik belgilarini topish ancha qiyin. Revmatizmning birinchi xuruji ko‘pincha o‘tkazilgan infeksiya bilan bog‘liq bo‘ladi. Angina yoki yuqori nafas yo‘llarining shamollashidan 1–2 hafta o‘tgach tana harorati ba’zida 38–40°C gacha ko‘tariladi, bir kunlik o‘zgarish 1–2°C ni tashkil qiladi va ko‘p terlash kuzatiladi. Revmatizm qaytalanib, navbatdagi yangi yallig‘lanish faqat o‘tkazilgan infeksiya bilan bog‘liq bo‘lmay, balki boshqa sabablar: sovuq qotish, jismoniy zo‘riqish, jarrohlik muolajalaridan keyin bo‘lishi mumkin.
Kasallikning eng ko‘p uchraydigan belgisi – yurak shikast lanishi- revmokarditdir.
Revmokardit deganda, bir vaqtning o‘zida yurakning miokard va endokardit (80–100% bemorlarda) shikastlanishi nazarda tutiladi.
Revmokarditda ko‘pincha miokardit (80–100%), 15–10% bemorlarda pankardit kuzatiladi. Miokardning klinik belgilari ekssudatli yallig‘la nishning miokardga tarqalish darajasiga bog‘ liq bo‘ladi. Shunga ko‘ra yaqqol, o‘rtacha va sust ifodalangan karditlar farqlanadi. Katta yoshdagi odamlarda revmokardit yengil roq, o‘rtacha va sust ifodalangan ko‘rinishda o‘tadi. Bemorlar yurak sohasidagi kuchsiz og‘riq va noxush sezgilardan, harakat qilganda hansirashdan, ba’zi hollarda yurak urishi yoki yurakning notekis urushidan shikoyat qiladilar. Bu belgilar yurakning revmatizm bilan shikastlanganligiga xos belgilar bo‘lmay, balki uning boshqa ka salliklarida ham uchraydi.
Birlamchi revmokarditda yurak, odatda, kattalashmagan bo‘ladi, ba’zida yurakning biroz kattalashgani aniqlanadi, eshitib ko‘rilganda yurak cho‘qqisida sustlashgan yoki bo‘g‘iq I ton, ba’zida patologik III va IV ton, yurak cho‘qqisida mayin «muskul» sistolik shovqin eshitiladi.
Perikardit hozirgi davrda revmatizmning yurakdan tashqari belgi lariga o‘xshab kam, asosan yoshlar va bolalarda, revmatizm o‘tkir kechganda uchraydi. Quruq perikardit rivojlanganda bemorlar yurak sohasida paydo bo‘lgan doimiy og‘riqdan shikoyat qiladilar. Yallig‘lanish suyuqligi yig‘ilishi bilan ekssudatli peri kardit yurak qopchasida seroz-fibrinoz yallig‘lanish suyuqligi – ekssudat paydo bo‘lishiga olib keladi; bu holda suyuqlik perikard varaqlarni birbiridan ajratib yuborganligi tufayli yurak sohasidagi og‘riq yo‘q bo‘lib ketadi. Bemorning gorizontal holatida ku chayadigan hansirash paydo bo‘ladi. Quruq perikarditda perikard ishqalanishi shovqini, yurak chegaralarining hamma tomonga kengayganligi, yurak qopchasiga suyuqlik yig‘ilganda esa tonlarning pastligi, katta qon aylanish doirasida qon dimlanishi belgi lari paydo bo‘lganligi aniqlanadi.
Revmatik poliartit revmatizm o‘tkir kechganda 50% bemor larda uchraydi. Bemorning katta bo‘g‘imlarida og‘riq paydo bo‘lganligi, faol harakat qilish qiyinlashganligi va cheklanganligi, bo‘g‘imlarning qizargani va hajmi kattalashganligi qayd etiladi. Poliartriti bor bemorlarda sinovial parda va bo‘g‘imlar atrofidagi to‘qimalarning yallig‘lanishi hisobiga bo‘g‘imlar shakli o‘zgaradi, paypaslab ko‘rilganda og‘riq paydo bo‘ladi. Shikastlanish bir bo‘g‘imda kamayib, boshqalarida ko‘payib, simmetrik bo‘ladi. Revmatik poliartritning o‘ziga xos xususiyatlaridan yana biri revmatizmga qarshi dorilar berilgandan so‘ng uning tez va butunlay tuzalib ketishidir. Ba’zida bo‘g‘imlar shikastlanishi yallig‘lanishsiz, faqat og‘riq bilan namoyon bo‘ladi (poliartralgiya).
Asab tizimi va sezgi a’zolarining shikastlanishi juda kam hollarda bolalarda uchraydi. Bolalar (asosan, qizlar) dagina uchraydigan «kichik xoreya» emotsional beqarorlik va tana, oyoq-qo‘llar, mimika muskullarining giperkinezlari bilan namoyon bo‘ladi. Teri kasallanganda shikastlangan tirsak, tizza bo‘g‘imlari atrofida, suyaklar turtib chiqqan yerlarda revmatik tugunchalar paydo bo‘ladi. Bular davolash davomida yo‘qolib ketadigan noxotday mayda, og‘rimaydigan qattiqqina hosilalardir. Hozirgi davrda bunday tugunchalar deyarli uchramaydi. Halqasimon eritema pushtirang halqasimon elementlar bo‘lib, qichishmaydi, oyoq va qo‘llarning ichki sathi, qorin, bo‘yin, tana terisida joylashadi va revmatizmga xos bo‘lib, 1–2% bemorda uchraydi. EKG usuli bilan tekshirilganda ba’zan yurak urishi maromi va o‘tkazuvchanligi buzilganligi, sinus taxikardiyasi va bradikardiyasi, sinus aritmiyasi, sinoaurikular tugun o‘tkazuvchanligi yomonlashishini, I darajali (R–Q oralig‘ining uzayishi), kamroq hollarda II darajali atrioventrikular blokadalar, ekstrasistoliya aniqlanadi.
Revmatizmning birinchi xurujida, rentgen usuli bilan tekshirilganda o‘zgarishlar topilmaydi. Yosh bolalarda revmokardit og‘ir kechgandagina yurak chap qorincha hajmining kengayishi (dilatatsiyasi) hisobiga kattalashganini aniqlash mumkin. Yurak illat (porok) i bor bemorlarda revmokardit qaytalanganda rentgen usuli bilan tekshirilganda shu illat (porok)ga xos belgilar topiladi.
Exokardiografik tekshirishda birlamchi revmokardit bilan bog‘liq o‘zgarishlar topilmaydi.