Profilaktikasi. Kasallikning birlamchi oldini olish surunkali infeksiya o‘choqlarini, streptokokka sabab bo‘lgan kasalliklarni qunt bilan davolashni, tanani jismoniy tarbiya yordamida chiniqtirishni, uy-joy, o‘qish sharoitlarini yaxshilashni, sog‘lom hayot tarzini radio, televidenie, matbuot orqali targ‘ib qilishni o‘z ichiga oladi.
Profilaktikaning asosi organizmning tabiiy immuniteti va turli infeksiyalarga nisbatan qarshiligini mustahkamlashdir. Bizda shunday chora-tadbirlar amalga oshiriladiki, bu birinchidan, sog‘lomlashtiruvchi chora-tadbirlarni ko‘rish, ikkinchidan, revmatizm xususida mushkul irsiyatga ega bo‘lgan surunkali tonzillit va boshqalar bilan og‘rib yurgan kishilarda profilaktik davoni o‘tkazib turishdir. Buning uchun 5–6 kunda bir marta 600000 TB da bitsillin inyeksiyasi tavsiya etiladi (hammasi bo‘lib 5ta inyeksiya), kuniga 2–3 g asetilsalitsilat kislota yoki 0,3 g butadion ichib turiladi.
Parvarishi. Bemorni parvarish qilish katta ahamiyatga ega. Aksariyat bemorlar juda ko‘p terlaydi, shuning uchun ichki kiyimlari, oqliklari tez-tez alishtirib turilishi, badan terisi bichilib ketmasligi uchun uni suv qo‘shilgan atir bilan artib turish, kasal bo‘g‘imlarni issiq tutish kerak. Yurak-tomirlar tizimi kasalliklarida qilinadigan barcha parvarish yurak ishini imkoni boricha yengillashtirishga qaratilgan bo‘lishi kerak. Tabiiyki, bemorga ruhan orom beradigan sharoit yaratib berish: xafa qiladigan, ba’zan esa to‘satdan quvontirib yuboradigan har qanday his-hayajonlardan uni mumkin qadar ehtiyot qilmoq kerak. Revmatizm bilan og‘rigan bemorlar kasalxonadan chiqib ketganlaridan keyin sovqotishdan ehtiyot bo‘lishlari lozim, zax binolarda bo‘lish bilan aloqador ish ularga to‘g‘ri kelmasligini hamshira bemorga suhbat vaqtida aytib o‘tishi kerak.
12. Kаsb-kor kаsаlliklаridа hаmshirаlik pаrvаrishi
Kasb-kor kasalliklariga ishlab chiqarishda, mehnat faoliyati davridagi noqulay omillar natijasida organizmning normal yashash faoliyatini izdan chiqaruvchi kasalliklar guruhi kiradi.
Mehnat inson faoliyatining bir turi bo‘lib, kishi salo matligini mustah kamlashda ko‘maklashuvchi, jamiyatda yashash uchun qulay sharoit yaratishda ta’sir etuvchi omil hamdir. Shu bilan birga, ayrim mehnat turlari, ya’ni ish joyidagi noqulay sharoitlar kasb-kor kasalliklari kelib chiqishiga sabab bo‘ladi. Bularga misol tariqasida ish joyining texnik jihatdan yaxshi jihozlan maganligi, sanitar-gigiyenik me’yorlarga amal qilin maslik, texnik xavfsizlik qoidalarining buzilishi va boshqalarni keltirish mumkin. Ishlab chiqarish mahsulotlari va mehnat faoliyatining asoslari ham ishlayotgan organizmga kasallik kelib chiqishida noqulay omil (kasb-kor omili) sifatida ta’sir etishi mumkin.
Ishlab chiqarishning rivojlanishi va qishloq xo‘jaligida ishlab chiqarish mahsulotlarini kengaytirish borasida amaliyotda yangi toksik moddalarni qo‘llash, fizik omillarning ta’siri, odam orga nizmiga ta’sir etuvchi omillar (elektromagnit maydon, radioaktiv va lazer nurlanishlar, tebranish, shovqin, chang, namlik, kimyoviy moddalar va b.) turining ko‘payishi va ular ta’sirining o‘zgarishiga sabab bo‘lmoqda.
Dostları ilə paylaş: |