Terapevtik kasalliklar bilan og‘rigan bemorlarda hamshiralik parvarishi


Neorganik va organik changlar, ya’ni aralash changlardan (paxta, don va b.) kelib chiqadigan pnevmokonioz



Yüklə 265,85 Kb.
səhifə99/100
tarix02.06.2022
ölçüsü265,85 Kb.
#60391
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   100
Terapevtik kasalliklar bilan og‘rigan bemorlarda hamshiralik par

Neorganik va organik changlar, ya’ni aralash changlardan (paxta, don va b.) kelib chiqadigan pnevmokonioz


Klinikasi. Pnevmokoniozlarning barcha turlarida klinik belgilar deyarli bir xil, buning uchun kasb-korga xos anamnez yig‘ishda hushyor bo‘lish kerak. Xarakterli belgilari: kuchayib boruvchi o‘pka yetishmovchiligi (kuchayib boruvchi hansirash) va surunkali, qaytalanib turuvchi bronxit belgilari. Ko‘krak qafasida og‘riqlar aniqlanishi mumkin, chunki ko‘proq plevra varaqlari yopishib qoladi.
Asorati. Pnevmoniya bilan bo‘lsa, tana harorati ko‘tarilishi va
o‘pkada namli xirillashlar eshitilishi mumkin.
Diagnostika uchun eng xarakterlisi rentgenologik tekshirishdir.
Pnevmokoniozlarning 3 ta bosqichi tafovut qilinadi:
1-bosqich uchun xarakterli simptomlari o‘pka ildizi rasmining kuchayganligi, ko‘krak ichi limfa tugunlarining kattalashuvi va deformatsiyasi hisoblanadi.
2-bosqichi uchun xarakterli simptomlari ikkala o‘pka ham diffuz holdagi o‘choqlar (tugunchalar), asosan ko‘proq o‘pka ildiziga yaqinroq joylarda, yana emfizemalar aniqlanishi.
3-bosqich uchun xarakterli simptomlar o‘pkada konglomerant (to‘plan gan) tugunlar, pnevmokoniotik kavernalar, o‘pka fibrozi bo‘lishi dir.
Pnevmokoniozlar natijasida rivojlangan bronxoektazlar aniqlanadi. silikoz – pnevmokoniozlarning juda ko‘p uchraydigan va og‘ir o‘tadigan turidir. Bu kasallik sanoatning juda ko‘p tarmoqlarida: tog‘ konlarida, ko‘mir konlarida, litiy ishlab chiqarish, keramika sanoatida ishlaydiganlarda uchrayli.
Kasallikning 1-bosqichi asosan kasb-kor zarralari omillari bilan 4–5 yil ishlagandan keyin aniqlanadi. So‘ng har 4–5-yilda 1-bosqich ikkinchisiga o‘tadi (tez rivojlanganda), har 10–20 yilda 1-bosqish ikkinchisiga o‘tadi (sekin rivojlangan turida).
Katta yoshdagi odamlarda, agar oldindan nafas olish tizimi kasalliklari bo‘lsa, kvars changlari konsentratsiyasi ortiq bo‘lsa, silikoz kasalligi bir necha oylarda ham boshlanishi mumkin.
Bu kasallikning xarakterli belgilaridan biri – ko‘krak qafasidagi og‘riqdir. Silikozning eng ko‘p uchraydigan asorati tuberkulyoz bo‘lib, bu silikotuberkulyoz deb ataladi. Bu kasallikda ko‘pincha spontan pnevmotoraks yuz beradi. Pnevmoniya, bronxoektazlar juda kam uchraydi.
Silikoz fonida artrit rivojlanishi mumkin (turlar o‘zgargan holatda).
Bisinoz – paxta changi natijasida kelib chiqadigan kasallik bo‘lib, asosan klinik ko‘rinishi bronxospastik sindrom hisoblanadi. Nafas qisish xuruji ish boshlangandan bir necha soat keyin boshlanadi (asosan ish haftasining boshida), odatda ish kunining oxirida to‘xtaydi. Kasallikning rivojlangan davrida nafas qiyinlashadi, hansirash doimiy bo‘lib qoladi. Nafas yetishmovchiligi kuchayib boradi, o‘pka gipertenziyasi rivojlanadi va o‘pka-yurak sindromi kelib chiqadi.
Davosi. Bu kasalliklarni davolashdan oldinroq, proflaktikasiga juda katta e’tibor berish lozim. Asosan simptomopatologik davo qilinadi (ya’ni, nafas yo‘llari funksiyasini yaxshilash, ingalatsiyalar, ishqoriy va kislota-ishqoriy muhitda). Tuberkulyozli asoratlarda silga qarshi maxsus davo choralari olib boriladi. Fizioterapevtik muolajalar: ultrabinafsha nurlari bilan nafas yo‘llarini nurlantirish va ultra yuqori tebranishli (UYT(UVCh)) elektr maydonidan foydalaniladi. Kasallikning og‘ir turlarida gormonlar qo‘llanadi.
Profilaktikasi. Pnevmokoniozlarning oldini olishdagi asosiy tadbirlar ishlab chiqarishdagi changlarning oldini olishga qaratilgan. Ishlab chiqarish texnologiyasi mexanizatsiyasini yaratish. Ishlab chiqarishda chang hosil qilivchi qurilmalarining germetizatsiyasini tashkil etish. Chang hosil qilivchi ishlab chiqarish qurilmalarining masofadan boshqarish ishlarini tashkil etish. Changtutgich va changyutgich qurilmalarini tashkil etish. Ishlab chiqarish korxonalarida mahalliy va umumiy ventilatsiyalardan foydalanish.

Yüklə 265,85 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   100




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin