Terapevtik stomatologiya xonasining jihozlanishi



Yüklə 170,39 Kb.
tarix02.01.2022
ölçüsü170,39 Kb.
#45049
Kurs ishi TerStoXonJih Mia dentist


TERAPEVTIK STOMATOLOGIYA XONASINING JIHOZLANISHI

Stomatologik yordam asosan poliklinika sharoitida mustaqil stomato- logik poliklinika, bo‘lim va kabinetlarda ko‘rsatiladi. Stomatologik kabinet 250 o‘ringacha bo‘lgan kasalxonalarda 0,5 shifokor o‘rni hiso- bida; 250 va undan oshiq bo‘lsa 1,0 shifokor o‘rni hisobida belgilanadi, keyingi har bir 300 o‘ringa 1,0 shifokor stomatolog o‘rni belgilanadi. Sil kasalxonasida har bir 75—200 o‘ringa 0,5 stomatolog o‘rni belgilansa, 200 va undan oshganda 1,0 stomatolog o‘rni belgilanadi. Dispanser, ayollar konsultasiyasi, maktab, texnikum institut va boshqa o‘quv muassasalarida 800 dan oshiq talaba soniga 1,0 o‘rin, ishlab chiqarish korxonalarida esa 1500 dan oshiq ishchi soniga 1,0 stomatolog o‘rni belgilanadi. Stomatolog kabinet keng, yorug‘ xonada joylashgan bo‘lishi kerak. Bitta shifokorning ish joyi kamida 14 m2 (o‘rtacha 4,3½3,3 m) bo‘lishi kerak. Qo‘shimcha har bir kreslo uchun 7 m2, stomatologik moslama uchun 10 m2 kabinet kengaytiriladi. Xonaning balandligi 3,3 m dan kam bo‘lmasligi kerak. Stomatologik kreslolarni bir qator, derazaga yaqinroq joylashtirish kerak. Ish joyi toza havo, tabiiy yorug‘lik ko‘proq joyda bo‘lishi kerak. Xona polini lenolium bilan berkitilishi, deyarli och havo rang, yashil yoki sarg‘ish yog‘li bo‘yoq bilan sirlanishi va bo‘yalgan bo‘lishi kerak. Stomatologik kabinet issiq va sovuq suv bilan ta’minlanishi, ikkita qo‘l yuvgich bo‘lishi kerak. Birida qo‘l yuvilsa, ikkinchisida asbob- anjomlarni yuvish mumkin. Albatta kanalizatsiya va markaziy isitgich tarmog‘iga ega bo‘lishi kerak. Xonadagi har bir uskuna xavfsizlik nuqtayi nazaridan tashqi konturli elektr tokini yerga uzatgichga ulanishi kerak. Xona xarorati amalgama bilan ishlanadigan bo‘lsa 18°C dan oshmasligi kerak, boshqa xonalarda 20°C bo‘lishi kerak; havo namligi 50—60 foyizi, havo ko‘chishi 0,15 m/s bo‘lib derazada darchasi bo‘lishi kerak. Stomatolog ish jarayonida ko‘rish qiyin bo‘lgan og‘iz bo‘shlig‘idagi karioz kovaklarni, ildiz kanallarini kichik asboblar yordamida davolaydi. Ko‘zni toliqtirmaslik uchun ish joyi bir xilda yoritiladigan bo‘lishi kerak. Yorug‘ narsadan xira narsaga qarash ko‘zni charchatadi. Yaltiroq va ko‘zni qamashtiruvchi narsalar ham ishlayotganda ko‘zga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Har bir xona tabiiy yorug‘lik bilan ta’minlanishi kerak. Oynaning kengligi polning kengligiga bo‘lgan nisbati 1:4—1:5 atrofida bo‘lishi kerak. Oyna shimol tarafga qaratib qurilsa xonaga quyosh nuri tushib, uni isib ketishidan saqlaydi va yorug‘likni bir tekisligiga erishiladi. Janubiy regionlarda 45—55°C shimoliy kenglikdagi yerlarda stomatologik xonani shimol, shimoliy-g‘arb, shimoliy-sharqqa qaratib qurish tavsiya etiladi. Tabiiy yorug‘likdan tashqari sun’iy yoritish manbalari bilan ham xona yoritiladi. Ish yuzasida yorug‘lik 150 lk dan kam bo‘lmasligi kerak. Asosan lyuminessent va gallogen yorug‘lik manbalaridan foydalaniladi. Ayrim hollarda ish joyini maxalliy yoritish talab etiladi. Buning uchun maxsus reflektordan, yoki elektr yoritgichi bor stomatologik oynadan foydalanish mumkin. Ish tartibiga rioya qilish kerak, ko‘proq o‘tirib ishlagan ma’qul. Oyoq kiyimi ham qulay bo‘lishi kerak. Poshnasi keng (kamida 2—3 sm) va yengil bo‘lishi kerak. Ayniqsa simobli amalgamalar ishlatiladigan stomatologik xonalar sanitariya-gigiyena qoidalariga javob berishi kerak. Lenolium chekkasi poldan 5-10 sm chetga chiqishi kerak, yorug‘, ochiq joylari bo‘lmasligi kerak. Xona devori 5% li oltingugurt aralashmali simob parni yutmaydigan moddadan suvlanishi kerak. Albatta so‘rib-tortib oluvchi shkaf bo‘lishi kerak. Simobli amalgamalarni shu so‘ruvchi shkafda amalgama aralashtirgich yordamida tayyorlab, shu shkafda ehtiyotlik bilan, og‘zi berk idishda saqlash kerak. Simob bilan zaxarlanish holati bo‘lmasligi lozim. Shu so‘rib oluvchi shkafda stomatologik asboblarni sterilizatsiya qilish tavsiya etiladi. Stomatologik xonada toza, yaxshi musaffo havo bo‘lishiga erishmoq kerak. Qirq shifokori bo‘lgan poliklinika — 1 kategoriyali xisoblanadi. Birinchi, ikkinchi, uchinchi kategoriyali stomatologik poliklinikalarda sterilizasiyalash markazlashtirilishi, birinchi kelgan bemorlarni ko‘rish xonasi, funksional diagnostika kabineti, fizioterapiya bo‘limi, rentgen kabineti, endodontik, paradontologiya xonalari yoki bo‘limi bo‘lishi kerak. Stomatologiya poliklinikasining asosan uchta bo‘limi bo‘lishi kerak: davolash stomatologiyasi, jarrohlik stomatologiyasi va ortopedik stomatologiya bo‘limlari. Stomatologik kabinetning eng asosiy asbob- uskunasi stomatologik kreslo va bormashinadir. Hozirgi kunda quyoshli O‘zbekiston jumhuriyatimizdagi har bir shahar va viloyatlarda hozirgi zamon talabiga javob beruvchi mustaqil stomatologik poliklinikalar bor. Hammasi bo‘lib 6000 dan ortiq kreslo, 5300 dan ortiq hozirgi zamon bormashinalari bordir. Tik turuvchi oyoq bilan ishlaydigan bormashinalar, oyoq bilan va elektr motori bilan ishlaydigan kombinatsiyalashtirilgan oddiy va murakkab bormashinalar, turli xildagi elektrobormashinalar, turbinali bormashinalar, kichkina, ixcham, qo‘lda ko‘tarib yurib, bemorlarni kasal- xona, uylarida davolash uchun ishlatiladigan (portativ) bormashinalar bor. Hozirgi kunda uzoq muddat bilan ishlaydigan, borning aylanishini yanada tezlashtiradigan, ixcham, arzonroq bormashinalar ishlab chiqarish tavsiya etilmoqda. Bor qancha tez aylansa, tish kovagini tozalashdagi og‘riq shuncha kam bo‘ladi. Oyoq bilan ishlaydigan bormashinada bor o‘rtacha 1 daqiqada 1000 marta aylanadi. Elektr toki bilan ishlaydigan motori, reostati bor bormashinalar 2000-5000 marta, turli moslamalarda 1 daqiqada borni 10000-30000 marta aylantirish mumkin. Turbinali bormashinalarda bor 1 daqiqada 100000-300000 marta aylana oladi, og‘riq deyarli sezilmaydi. Bunda bor kuchli siqiq havo oqimi yordamida aylanadi, tish qizib ketishi mumkin bo‘lganligi uchun sovuq suv purkab turuvchi qo‘llanma ishlatiladi. Maxsus chidamli borlar bilan ishlanadi. Turbina avtomatik tarzda turbinali moy bilan moylanib turiladi, bunda turbina qizimaydi va qismlari kam yediriladi. Zamonaviy "Kavo" (Germaniya) firmasi tomonidan yaratilgan stomatologik qurilma shifokorning ishiga qulayliklar kiritadi. Bunda boshqarish tartibi (sistemasi) yangilandi, gigiyena talablariga to‘la javob beradigan qilib yaratildi, estetik ko‘rinishi yaxshilandi. Programmali boshqarish tartibiga ko‘ra kresloning holati, boshqo‘ygich oson boshqariladigan bo‘ldi. Ishlatiladigan asboblar shifokorning yaqiniga ko‘chma moslamada keltirib qo‘yiladigan bo‘ldi. Asboblarning uchlik- larini olib qo‘yiladigan qilinganligi ularni zararsizlantirishni osonlashtirdi. Stomatologik qurilmadagi maxsus zararsizlantirgich moslamasi shifokorni, hamshirani va kasalni kasallik yuqtiruvchi infeksiyadan asrashga yordam beradi.

Bormashinalarning katta-kichikligi, borning aylanish tezligini, qo‘- shimcha moslamalarning mavjudligiga qarab har xil ish sharoitiga moslab tanlanadi. Statsionar elektr bormashina VES-10 borni 1 daqiqada ko‘pi bilan 10000 marta aylantiradi. Bu modeldagi bormashinaning boshqa turlari BESG-03 va BESG-05 ham egiluvchan orqali xarakatni motoridan uchlikka uzatadi. Bormashina elektr yoritgich bilan ta’minlanmagan. Kombinatsiyalashtirilgan elektr bormashina BK-1 qishloq va dala sharoitida ishlashga moslashtirilgan bo‘lib, elektr toki bo‘lmasa oyoq kuchi bilan xarakatga keltiriladi. Ko‘chma stomatologik kabinetlarga mo‘ljallangan. Yengsiz ko‘chma elektr bormashina BEPB-3 yengil, har xil rejimda (3000—10000) borni aylantiradi. Kasallarni uyda, dalada, yo‘lda davolashga qulay. Doimiy 24 V tok bilan ishlashga ham moslashtirilgan. Trubinali bormashinada BPK-300 bor tish qattiq to‘qimalarini 1 daqiqada 100000—300000 gacha aylantirib charxlaydi. Oddiy bormashinada borning tishga bosimi 800-1000 bo‘lsa, turbinali bormashinada faqat 15—20. borning silkinishi va tish to‘qimasining qizib ketishini kamligi pulpani kamroq qitiqlaydi va kasalga og‘riq kuchsiz seziladi. Elektrlashtirilgan yoritgichi bor bormashina BEO-30-2 borni bir daqiqada 1000—30000 gacha aylantiradi. Elektr yoritgichi 1 m uzoqlikda 2000 lk yorug‘lik beradi. Ventilyator va suv sistemasi so‘lak so‘rg‘ichi va isitilgan suv bilan sovutib turish mumkin.



Stomatologik moslamalar

Murakkab stomatologik moslama US-30 yuqori saviyali stomatologik yordam ko‘rsatishga moslashtirilgan. Bormashina borni bir daqiqada 30000 gacha aylantiradi. Kompressor yordamida yuqori bosim havo bilan tish kovaklari quritiladi va aerozol yoki suyuqli aerozol shaklida dorilar paradont va og‘iz shilliq qavatiga purkaladi. Suvli uchlik orqali bosimdagi suv bilan karioz kovak yuvib tozalanadi. Bormashinaga o‘rnatiladigan OD-2M uskunasi yordamida tishning sezgirligi tekshiriladi. DKS-2 uskunasi yordamida tish pulpasi va shilliq qavat ko‘rsatmaga muvofiq kuydirib davolanadi. Yoritgich, ventelyator va suv kanalizatsiya moslama- lari bilan jihozlangan. Soddalashtirilgan stomatologik moslama USU-30. ancha sodda- lashtirilgan bo‘lib, bunda diagnostika va diatermogulyatsiya uskunalari qo‘yilmagan. Stomatologik moslama US-30.300 ikki qismdan iborat: bormashina qurilmasi va davolash diagnostika stoli, turbinali bormashina ham bor. Borning bir daqiqada aylanishi 30000 yoritgich, suv, kana- lizatsiya, ventilyator bilan jihozlangan. Stomatologik moslama US-10.100 bir qurilmaga joylashtirilgan. Bormashina mikromotorli bo‘lib, bir daqiqada 10000 aylansa, turbinali bormashinadagi bor 100000 gacha aylanadi. Hamma moslamalari xuddi US-30.300 kabidir. Stomatologik turbinali moslama USP-30.300 yoki USP-30.500 portativ moslama hisoblanadi. Stomatolog ish joyi komplekt K-1M tarkibiga kiruvchi uskunalar: stomatologik moslama US-10.300 M. Stomatologik kreslo KSEM-02. Stomatolog stoli SS-04. Stomatolog stuli S-2. Kom- pressor PK-1. Stomatolog ish joyi komplekti K-2, K-3 ergonomik mukamma- llashtirilgan. K-3 tarkibiga kiradi: KS-3 (stomatologik moslamalar, kreslo, yoritgich, suvli blok), stomatolog stuli S-2, stomatolog stoli SS- 05, kompressor PK-1. Stomatologik kabinetda eng asosiy asbob anjomlarning yana biri stomatologik kreslodir. U bemorga va shifokorga qulay o‘tirib ishlashi uchun sharoit yaratib bera oladigan bo‘lishi kerak. Bemorning boshi, uning og‘zidagi kasalligini davolovchi shifokorning ishlashi uchun qulay bo‘lishi uchun, bosh qo‘ygich moslamasi bor. Uning bandi shifokor yordamida bemor uchun qulay sharoitga o‘rnatiladi. Shifokor qiynalmay, osonlikcha kasallangan tishlarni tozalaydi, davolaydi. Stomatologik kresol asosan ikki qismdan tashkil topgan bo‘ladi: a) yuqori qismida o‘tirgich, bosh va qo‘llarni qo‘yishga mo‘ljallangan moslamalar bo‘ladi; b) pastki qismi — kreslo asosi, tagi bo‘lib, u ikkita bir-biriga kirib joylashadigan yumaloq silindrdan iborat bo‘ladi, katta-kichik pedallar yordamida oyoq kuchini ishlatib, stomatologik kresloni yuqoriga ko‘tarish yoki tushirish mumkin bo‘ladi; suyang‘ich orasidagi ruchkasi yordamida kreslo o‘tir- gichini chapga yoki o‘ngga aylantirish mumkin bo‘ladi. Silindr orasiga mashina yog‘i quyib turish kerak bo‘ladi. Bormashinalar kabi, stomato- logik kreslolarni juda ko‘p turi bor, yildan-yilga yangidan yangilari, qulay, yengil, ijcham, arzon turlari yaratilyapti.Elektr toki yordamida pastga, yuqoriga yoki vertikal, gorizontal holatda bo‘ladigan elektr stomatologik kreslolar ham bor. Ayniqsa, chet mamlakatdan olinadigan asbob-anjomlar, stomatologik kreslolar, bormashinalar, moslamalar sifatlidir. Afsuski O‘rta Osiyoda bunday asboblarni ishlaydigan korxona yo‘q. Hozirgi vaqtda ishlatilayotgan stomatologik kreslolar quyidagilardir: K3-2, K3-8, 9, 10, KSEI-01, 03, 04, KSRD-1 va boshqalar. Bormashinalar turi har xildir: BES-10, BESG-08, 05, BK-1, BEPB- 3, BPK-300, BEO-30-2 va boshqalar. Stomatologik moslamalarning bir necha turi bor: US-30, USU-30, US-30 300, US-10 100, US-30- 05 va boshqalar. Chet ellik stomatologik moslamalardan ko‘pincha "Yunit" Bolgariya, "Yugodent", Yugoslaviya, "Xirodent" Chexoslovakiya, "Kavo", "Probadul" keng tarqalgan. Stomatologik kresloni (bemorni kresloda o‘tirgan holatida) chap tomonida bormashina, moslama o‘rnatilgan, o‘ng tomonida shifokor o‘tiradigan aylanadigan stul o‘rna- tilgan. Shifokor o‘tirib ishlaydigan aylanadigan stul oldida dorilar, mayda stomatologik asboblar, plomba uchun ishlaydigan materiallar va shifokor ishlashi uchun zarur narsalar qo‘yiladigan ikki qavatli kichkina shifokor stoli qo‘yiladi. Bu shifokor stoli va stuli engil, ixcham, ishlashga qulay bo‘lishi kerak. Bormashina yonida bemor tuflashi uchun tufdon qo‘yilishi kerak. Elektr lampochka yorig‘i bemor og‘zini, tishlarini yaxshi yoritib turishi kerak. Ko‘pchilik bormashina, stomatologik moslamalarda elektr nuri bilan yoritib turishi uchun moslamalar o‘rnatilgan. Ba’zilarida rentgenodiagnostika, elektroodontodiagnostika apparatlari, diatermo- koagulyatorlar, so‘lak so‘rib oluvchi, dorilarni isituvchi, yuqori bosimda suv, xavo purkichi bo‘lgan moslamalar, ventilyator va boshqalar o‘rnatilgan. Stomatologiya kabinetida kreslo, bormashina, shifokor stoli, stuli asosiy asbob anjomlarga kiradi. Bulardan tashqari yana yirik va mayda asbob anjomlar, dori darmonlar bo‘lishi kerak. Yana yozish stoli va bir necha stullar bo‘lishi kerak bo‘ladi. Qo‘l yuvish uchun alohida, iflos asboblarni yuvish uchun alohida yuvgich stomatologik kabinetida bo‘lishi kerak. Biri shifokor, tibbiyot hamshirasi qo‘lini yuvishga mo‘ljal- langan bo‘lsa, ikkinchisida kichik shifokor hodimasi ishlatilgan kir stoma- tologik asboblarni, instrumentlarni, lotokchalarni, tufdonni tozalaydi. Xonada turli xil kerakli dorilarni asrash uchun tibbiyot javoni, A va B gruppa kuchli va tez ta’sir qiluvchi dorilar uchun qulflanadigan kichik javoncha bo‘lishi kerak. Tozalangan, zararsizlantirilgan, ishlashga tayyor qilib qo‘yilgan shifokor asboblari, stomatologik instrumentlar qo‘yila- digan shifokor hamshirasi ish joyi stoli bo‘lishi kerak. Kichik shifokor hodimasi, tibbiyot hamshirasi ish joyi toza va tartibli bo‘lishi, shifokorga tez yordam berishi kerak. Kichik shifokor xodimasining tozaligiga qaraydi va asbob anjomlarni yuvib tozalab turadi. Shifokor hamshirasi asbob- anjomlarni yaxshilab zararsizlantiradi, shifokorga tayyor qilib olib kelishi kerak. Shifokor javondagi va stoldagi dorilar, mayda asbob-anjomlar, borlar, nakonechniklarni yaxshi, toza, tartibli bo‘lishiga qarab turadi, shifokorga yordam beradi. Bitta shifokor hamshirasi ikkita stomatologik shifokorga xizmat qiladi. Xonada anafilaktik shok, dorilar, allergiya, yurak qon-tomir xastaligida kerak bo‘ladigan zarur dorilar, shprislar bo‘lishi va tez yordam ko‘rsatish uchun hamma sharoit bo‘lishi kerak. Bormashinalar, stomatologik moslamalarni ko‘pchiligida yeng bo‘ladi, undan g‘ildirak yoki elektr motori, rolikdagi aylanma xarakatni uchga (nakonechniklarga), borlarga yetkazadi. Aylanma xarakat rolikdan sterjen o‘qqa o‘tadi, so‘ngra egiluvchan valga, ikki uchli o‘qqa o‘tadi. Egiluvchan eng hozirgi vaqtda kam ishlatilyapti, asosan qattiq yenglar ko‘proq qo‘llanilyapti. Yeng uchida uchni ushlab turadigan moslamalar bor. Uchlar asosan ikki xilga bo‘linadi: to‘g‘ri va burchakli xillardir. To‘g‘ri uch bilan yuqori jag‘dagi tishlarni kavlashda, burchakli uch bilan pastki va yuqori jag‘dagi tishlarni kavlashda, tozalashda foydalaniladi. Borlar bu uchlarga joylashtiriladi, to‘g‘ri uch uchun uzunroq borlar alohida, burchakli uch uchun qisqaroq bor ishlatiladi. Uchdagi borlar yaxshi joylashishligi uchun ushlagichlar bor. Burchakli uch asosan o‘tkazgich, uzun o‘q, bo‘yin qism, oraliq moslama, bor kirib joylanuvchi oltilik aylanmadan tashkil topgan. To‘g‘ri uch asosan o‘tkazgich, o‘tkazuvchi val, aylanuvchi shayba, ulagich, richag, qopqa borni siqib ushlab turuvchi sangadan tashkil topgan. Turli xildagi uchlar bor, ularni glisirin, vazelin va turli xildagi yog‘larga solib qaynatish yo‘li bilan zararsizlantiriladi. Hamma vaqt bemorni davolashda antiseptika, aseptika qoidalariga rioya qilish og‘ritmasdan, og‘riqni qoldiruvchi anestetik dorilarni, usullarni ishlatib, e’tiborlik bilan ishlash kerak. Stomatologik instrumentlarni hamshira shifokorga stomatologik buyraksimon likopchaga solib beradi. Mayda stomatologik instrumentlarni asosan beshta gruppaga bo‘lsa bo‘ladi.

1) Tishlar, og‘iz bo‘shlig‘idagi kasalliklarni tekshirishda ishlatiladigan asosiy instrumentlar uchtadir: stomatologik to‘g‘ri va burchakli zond, bu asbob yordamida tishdagi kovaklar aniqlaniladi, stomatologik oynacha yordamida tishlar, og‘iz shilliq qavatini yaxshilab ko‘rish mumkin bo‘ladi. Stomatologik pinset yordamida tishlarning qimirlashini aniqlaniladi, perkussiya qilib tekshiriladi.

2- rasm. Stomatologik oyna bilan ishlash.

3- rasm. Stomatologik zond bilan ishlash.

2) Tishdagi kavakni kavlashda, tozalashda asosan borlar ishlatiladi. Borlar asosan toza po‘latdan tayyorlaniladi, bosh ishlaydigan qismi va sterjenida o‘qi bo‘ladi. Borlar asosan ikki xilga bo‘linadi: to‘g‘ri va burchakli uchlar uchun ishlatiladigan borlarga bo‘linadi. Biri uzunroq, ikkinchisi kaltaroq va bo‘yin qismida ariqchasi bo‘ladi. Qattiq birikmalar (karbidvolframli) bosh qismi olmos bilan qoplangan baquvvat borlar ham bor. Borlarning bosh qismi katta kichikligiga qarab nomerlanadi, ¹0 dan to ¹13 gacha. Burchakli uchlar uchun ishlatiladigan borlar

4- rasm. Stomatologik borlar.

uch xil uzunlikda bo‘ladilar: 7, 22, 17 mm. Qisqasi bolalar tishini davolashda ishlatiladi. Bolalarning bosh qismining shakli turlicha qilib, ishlashga oson bo‘lishini o‘ylab tayyorlaniladi. Shar shakllida, silindr shaklida, konus, teskari konus shaklida, g‘ildirak shaklidagi borlar bor. Korborund toshlarning o‘qi temirdan, ishlash qismi obraziv materialdan tayyorlanadi: diska, frez, finir, polirlar stomatologiyada ishlatiladi. Matritsa va matritsa ushlagich kam qo‘llaniladi.

3) Tishdagi toshlarni tozalashda ishlatiladigan asboblarni birinchi marta X asrda (950- yilda) arab tabibi Abdulla Qosim yasagan va ishlatgandir. Tishlarni tozalashda asosan ekskavator, ilgovchi, emalni tozalaydigan pichoq va boshqalar ishlatiladi, ular katta kichik o‘lchovda bo‘ladi. Hozirgi kunda ultrastom, ultradent, kavetron apparatlari yordamida tish toshlari tozalaniladi.



4) Tish kovaklarini plomba qilishda stomatologik shpatel, shtopfer, gladilkalar, oyna parchasi va boshqa asboblar ishlatiladi. Juda ko‘p shunday mayda stomatologik asbob-anjomlarni suvli sterilizatorda 40 daqiqa qaynatish bilan zararsizlantiriladi. Hozir ko‘pchilik poliklinika- larda asboblar 160°, 180° gradusli issiq havo bilan zararsizlantiruvchi tibbiyot javonlarida, 40—60 daqiqa ushlab, sterilizatsiya qilinadi. Skalpel, qaychi, stomatologik oynacha kabi asboblarni spirtda yoki uch birikmali antiseptik eritmada karbol kislota 3,0 gr, bikarbonat natriy 15,0 gr, formalin 20,0 gr, distirlangan suv 1000 ml da 30 daqiqa ushlab, tozalaniladi. Stomatologik asboblarni kimyoviy zararsizlantiriladi. Yana 1% xloramin, 0,25% xlorgeksidin, 2% formalin, 6,% vodorod perooksid kabi eritmalarni ham qo‘llasa bo‘ladi. Ishlatilgan borlarni yaxshilab yuvib, tozalagach, tish poroshogi bikarbonat natriy aralashmasida ushlab tozalash yaxshidir. Xullas hamma ishlatiladigan stomatologik katta-kichik asbob-anjomlar, yaxshi, toza, zararsizlantirilgan bo‘lishi kerak. Ishlashda antiseptika, aseptika qoidalariga albatta rioya qilish kerak.

5) Pulpit periodontit kasalliklarini davolashda mayda stomatologik asboblarning turli xillari ishlatiladi: Myuller taklif qilgan ildiz ignasi bilan kanallarni tozalash, plombalash bajariladi. Kanalni plomba bilan to‘ldirishda to‘g‘ri va burchakli uchlarga qo‘yiladigan kanal to‘ldirgichlar ham qo‘llaniladi. Tish kanallarini kengaytirish, o‘tish uchun qo‘l bilan ishlatiladigan turli hajmdagi drilborlar ishlatiladi. To‘g‘ri va burchakli uchga qo‘yib, ishlatiladigan drilborlar ham bor. Shikastlangan pulpalarni tishlar ildizidan olish uchun uzun va qisiqa pulpa ekstraktorlardan foydalaniladi. Bunday mayda asboblarni ehtiyotlik bilan ishlatish kerak. Sinib havo, yoki ovqat yo‘liga tushib qolishi mumkin. 1970- yillardan boshlab, endodontiya tashkil bo‘la boshladi va hozirgi kunda katta, o‘rta va kichik endodontik naborlar va endodontik asboblar qo‘llaniladi; chuqurligini aniqlash ignasi; pulpaekstraktorlar, ildiz kavlagichi, ildiz egovchi, drilbor, razvertka, ildiz to‘ldirgich. Bular sangaga o‘rnatilib ishlatiladi. Sanganing ushlagichi, uchi, gaykasi bor. Ehtiyot shart uchun zanjiri bo‘lib, barmoqqa ulanadi. Endodontik mayda asboblarni asosan shifokor o‘z qo‘li bilan ishlatadi. Bulardan drilbor, burav va kanal to‘ldirgich endodontik maxsus uchga qo‘yib ishlatsa ham bo‘ladi. Ergonomika — ishlash qonun-qoidalari to‘g‘risidagi ma’lumot bo‘lib, 1949- yilda Angliya olimlari taklif etishgan. Sovet olimlari V.M. Beterov, V.N. Myasishev 1921- yilda o‘ziga xos soxa ergologiya, ya’ni ishlash to‘g‘risidagi fan insonlar uchun bo‘lishligini yozgan edilar. Asosan ergonomika 1966- yildan boshlab rivojlana boshladi, ergonomik bo‘limi, laboratoriyalari, komitetlari, xattoki institutlar tashkil qila boshlandi. G.M. Ivashenko, T.V. Nikitina 1972- yilda stomatologiya fanida Ergo- nomik masalalarini, maqsadlarini aniq tushuntirdilar. Avvalo shifokor, tibbiyot hamshirasi, sanitarkasi, tish texnigi, hamma ishlovchilar uchun ish joyi yaxshi, qulay, toza, hozirgi zamon sanitariya-gigiyena qoidalariga javob bera oladigan darajada tashkil qilinishi kerak. Ishlashlik onson qulay bo‘lishi uchun hamma sharoitlar yaratilishi shart. Stomatologik asboblarni, kreslo, bormashinalarni, plomba uchun ishlatiladigan materi- allarni, dori-darmonlarni, tibbiyot apparatlarini yaxshi bo‘lishligiga eri- shish, rivojlantirish va yaxshi ishlata bilish kerak. Asbob anjomlarni asrab ishlatish, qarab turish, extiyot qilish kerak. Ishlash, dam olish yaxshi normal tashkil qilinishi, charchab qolmaslik kerak. Qo‘rqish, asabiylashish, janjallashish bo‘lmasligi kerak. Axloq, odob, insoniy o‘zaro yaxshi munosabatda bo‘lishga erishish kerak. Eynshteyn aytganidek: "Yaxshi ishlab, yaxshi dam olib va tilni tiyib yurish kerak, bu salomatlik, o‘zoq umr, baxtli hayot garovidir". Xavfsizlik texnikasi qonun qoidalariga rioya qilib ishlash kerak. Elektr toki urishining oldini olish kerak: bormashinalarni erga tutashtirish kerak. Xullas, hamma vaqt shoshilmasdan, extiyot bo‘lib ishlash kerak. O‘zaro, bemorlar bilan qo‘pollik bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak. "Til yarasi tig‘ yarasidan yomondir" deydi xalqimiz. "Xushmuomalalik eng arzon va eng qadrlidir" degan edi Servents.

.

2- rasm. Stomatologik oyna bilan ishlash



3- rasm. Stomatologik zond bilan ishlash.



4- rasm. Stomatologik borlar.



1 — sharsimon; 2-3 — silindirsimon (fissurali); 4-5 — konussimon; 6 — g‘ildiraksimon.
Yüklə 170,39 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin