Teri lotin 84x108 format p65. p65



Yüklə 1,2 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/16
tarix06.04.2023
ölçüsü1,2 Mb.
#94217
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   16
Тери ва таносил касалликлари, Эшбоев, 2017

li salitsilat, 10 % li oltingugurt va 5 % li salitsilat
malhami aralashmasi surtilib, boylamlar qo‘yish tavsiya etiladi.
Oyoq panjasining intertriginoz epidermofitiyasida bar-
moq orasidagi burmalarga 2 % li
yod, nitrofungin eritmasi,
salitsilat-benzoat yoki kandiderm malhami va boshqa
fungitsid malhamlar surtiladi.
Disgidrotik epidermofitiyani bartaraf etishda umumiy va
mahalliy davo o‘tkaziladi. Kasallik o‘tkir kechganda desen-
sibilizatsiyalovchi umumiy davo buyuriladi: venaga 10 % li
kalsiy xlorid, 30 % li giрosulfit, 10 % li kalsiy glukonat
eritmalari yuboriladi.
Antigistamin preparatlardan dimedrol,
lorid (loratadin), suprastin, tavegil, diazolin, diрrazin va
boshqalar,
B va C guruh vitaminlari, nikotin kislotasi
buyuriladi. Shu bilan birga mahalliy davo ham qilinadi.
Kasallikning o‘tkir davrida 0,25 % li
kumush nitrat,
1 % li
rezorsin, 1:1000 nisbatda tayyorlangan rivanol,
1 % li
rux sulfat, 1:5000 nisbatda tayyorlangan furatsillin,
2 % li
borat kislotasi eritmalaridan foydalanib, sovuq


148
primochkalar qo‘llaniladi. Pufaklar yorilib, o‘tkir yallig‘-
lanish jarayoni bosilib qolganidan keyin, 5 % li
dermatol
malhami,
Unna kremi hamda 2 % li ixtiol pastasi buyuriladi.
Antimikotik malhamlardan
klotrimazol, kandiderm, miko-
zolon, mikospor, jarayon ikkilamchi infeksiya bilan
asoratlanganda esa
triderm buyuriladi.
Oyoq mikozi uzoq muddat va og‘ir holda kechganda
sistemli antimikotiklar (
teknazol, terbinoks va boshqa-
lar) buyuriladi. Bu kasallikni davolashda
terbinoks eng
afzali hisoblanib, 1 tabletka (250 mg)dan kuniga 1 mahal,
14 kun davomida ichiladi.
Intertriginoz va disgidrotik epidermofitiyalar ikkilamchi
infeksiya bilan asoratlanib, limfangit va limfadenitlar bilan
kechganida antibiotiklar va sulfanilamid preparatlari tavsiya
etiladi. Allergik toshmalar bo‘lsa, desensibilizatsiyalovchi
va antigistamin preparatlar qo‘llash bilan bir qatorda,
kasallikning klinik ko‘rinishiga qarab, mahalliy davo sifatida
chayqatma suyuqlik va indifferent upalar qo‘llaniladi.
Chov epidermofitiyasida teri ta’sirlanmasligi uchun
ehtiyot bo‘lib davo qilish talab etiladi. Keyinchalik tarkibida
2—3 % li salitsilat va benzoat kislotalari bor malhamlardan
foydalanish tavsiya etiladi.
P r o f i l a k t i k a s i. Oyoq ko‘p terlashi tufayli
epidermofitiya bot-bot qo‘zib turadigan bo‘lsa, ozodalikka
bekam-u ko‘st amal qilish, paypoqni tez-tez almashtirib
turish, oyoq kaftiga 3 % li formalin eritmasi surtish, vaqti-
vaqti bilan upa sepib turish tavsiya etiladi. Epidermofitiya-
ning tarqalishiga qarshi kurashish maqsadida hammom,
dushxona hamda suv havzalarida ozodalik va tegishli sanita-
riya talablariga mos profilaktik chora-tadbirlarni amalga
oshirish talab etiladi. Joylardagi pol, o‘rindiq hamda boshqa
jihozlarni

Yüklə 1,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin