Teri lotin 84x108 format p65. p65



Yüklə 1,2 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/16
tarix06.04.2023
ölçüsü1,2 Mb.
#94217
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Тери ва таносил касалликлари, Эшбоев, 2017

terfalin, (terbinafin)
nizoral, kandiderm kabi dorilar ham qo‘llanilmoqda.
Тrixofitiyani davolashda terfalin eng afzal vosita hisoblanib,
uni har kuni 250 mg dan 14 kun davomida ichish
tavsiya etiladi. Lamizil bemor vazniga qarab belgilanadi.
20 kg gacha bo‘lgan bolalarga 62,5 mg dan 1 mahal;
20—40 kg vaznli bolalarga 125 mg dan; 40 kg dan ortiq
vaznli va katta yoshdagi odamlarga 250 mg dan tavsiya
etiladi. Mahalliy davo trixofitiyani davolash kabi olib boriladi.
Silliq teri trixofitiyasida kasallik o‘choqlariga 5 % li
yod eritmasi surtiladi, 7—10, ba’zan undan ko‘proq
kun davomida
Vilkinson malhami, 10—15 % li otlingugurt
yoki
qoramoy malhami qo‘yiladi.
Kattalarning surunkali trixofitiyasida esa yuqorida
aytilganlardan tashqari, organizmning umumiy quvvatini
oshiradigan
biostimulatorlar, vitaminlar, autogemoterapiya
tavsiya etiladi.
Maddalagan — infiltrativ trixofitiyada esa dastlab moyli
boylamlar qo‘yib, qoraqo‘tir po‘stlar tushiriladi, so‘ngra
5—10 % li
ixtiol, 0,25—0,5 % li kumush nitrat eritmasi
qo‘llaniladi;
Burov suyuqligi, 1:5000 nisbatdagi sulema
hamda
etakridin laktat eritmasi va boshqalar bilan ho‘l
— qurituvchi bog‘lamlar qo‘yiladi. Shundan so‘ng qo‘lda
epilatsiya qilish ancha oson bo‘ladi. Agar fluktuatsiya juda
ham rivojlangan bo‘lsa, o‘choqlar steril holda yorib tozala-
nadi. O‘tkir yallig‘lanishdan so‘ng esa Vilkinson malhami
qo‘llaniladi. Mahalliy davo sifatida
terfalin 1 % li kremini
yoki
kandiderm, klotrimazol, triderm malhamlarini va ter-


155
binoks (terbinafin) kremini 14 kun davomida surtish yuqori
samara beradi. Òirnoqlar trixofitiyasini davolash tirnoqning
boshqa mikozlarini davolashdan deyarli farq qilmaydi.
P r o f i l a k t i k a s i. Kasalligi aniqlangan bemor
boshqalardan ajratib qo‘yiladi, uning ust kiyimlari, choy-
shab va ko‘rpalari zararsizlantiriladi. Ichki kiyim va yostiq
jildlari oldin qaynatilib, so‘ng yuviladi. Bemor turgan
uyning poli dastlab 5 % li xloramin yoki lizol eritmasi
bilan, so‘ng qaynoq suv bilan yuviladi. Òrixofitiyadan
tuzalgan bolada 3 haftagacha kasallik belgilari aniqlanmay,
mikologik tekshirish natijalari 3 martagacha manfiy bo‘l-
gandagina unga bog‘chaga borishga ruxsat etiladi. Shuningdek,
bolalar muassasasidagi barcha xodimlar muntazam ravishda
rejali tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib turiladi.
Kasallik o‘z vaqtida aniqlanishi lozim. Kasal bola oila-
sidagilar hamda uning atrofidagi barcha bolalar tekshi-
ruvdan o‘tkaziladi. Chuqur maddalangan trixofitiya topil-
gudek bo‘lsa, kasallik manbayi bo‘lgan joydagi hayvonlarni
ham tekshirish lozim.
Mikrosporiyaga M i c r o s p o r u m turkumiga kiruvchi
iðsimon zamburug‘lar sabab bo‘ladi. Ikkita asosiy turi:
odamdan yuqadigan (antropofil) M i c r o s p o r u m
f e r r u g i n e u m (zangsimon mikrosporum) va mushuk,
goho itlardan yuqadigan (zooantropofil) M . l o n o s u m ,
M . s a n i s (tukli mikrosporum; mushuk mikrosporumi)
tafovut qilinadi.
Mikrosporiyalar silliq teri hamda sochlarni zararlaydi.
Kasallik yuza joylashish xususiyatiga ega, chuqur formasi
kam uchraydi.
Mikrosporiya bilan ko‘proq maktabgacha va maktab
yoshidagi bolalar kasallanadi. Kattalarda, asosan, silliq
teri mikrosporiyasi uchraydi. Jinsiy yetilish davriga kelib
mikrosporiya odatda o‘tib ketadi.
Zooantropofil mikrosporiyasi. K l i n i k a s i .
Boshning sochli qismida diametri 3—4 sm keladigan 2—3
ta yirik va bir nechta mayda kasallik o‘choqlari paydo bo‘ladi.


156
Yirik o‘choqlar dumaloq bo‘lib, keskin ajralib turadi
(shtamplangan o‘choqlar) va asbestsimon yupqa tanga-
chalar bilan qoplanadi, yallig‘lanish belgilari deyarli
kuzatilmaydi. Kasallik o‘chog‘idagi sochlar bir xil uzun-
likda bo‘lib, teri damidan 3—5 mm tepadan sinib ketadi;
soch siniqlari kulrang oqish mufta bilan o‘ralib turadi.
Kasallik o‘chog‘ida sog‘lom sochlar kam bo‘ladi, ba’zan
qoraqo‘tir vujudga keladi. Kamdan kam hollarda yal-
lig‘lanish zo‘rayib, teri qizaradi, follikulitlar paydo bo‘lib,
kasallik manzarasi yiringli trixofitiyaga ( K e r i o n C e l c i )
o‘xshab ketadi. Boshning sochli qismi luminessent lampa
yordamida tekshirilganda mikrosporum bilan zararlangan
sochlar yashil bo‘lib tovlanadi. Bu omil muhim diagnostik
ahamiyatga ega bo‘lib, bolalar maskanlari hamda jamoalarni
profilaktik ko‘rikdan o‘tkazishda keng qo‘llaniladi.
Silliq teri mikrosporiyasida — yuz, lunj, qo‘lning silliq
terisi, badan va oyoqlarda keskin ajralib turadigan qizg‘ish,
dumaloq, yallig‘lanish dog‘lari bo‘lib, ular kepaksimon
tangachalar bilan qoplanadi, markazi biroz ochroq rang-
dagi halqa shakliga o‘xshash bo‘ladi, cheti esa ko‘tarilib
pufakchalar bilan qoplanib turadi, bu manzara silliq teri
trixofitiyasiga juda o‘xshaydi.
Zangsimon mikrosporum ( M i c r o s p o r u m f e r -
r u g i n e u m ) tufayli kelib chiqadigan mikrosporiya
yuqorida keltirilgan klinik manzaradan biroz farq qiladi.
Bunda boshning sochli qismida bir talay mayda o‘choqlar
bo‘lib, yuza trixofitiyaga o‘xshaydi. Kasallik o‘chog‘ida
singan sochlar bilan bir qatorda talaygina sog‘lom soch-
lar saqlanib qoladi. Zararlangan sochlar teri damidan
5—8 mm yuqoridan sinib tushadi. Soch siniqlari spora-
lardan iborat g‘ilof bilan qoplangan bo‘ladi. Kasallik
o‘choqlarining shakli noto‘g‘ri, ular bir-biriga qo‘shilib
ketishga moyil bo‘lib, tarqalib boradi va boshning sochli
qismidan ko‘pincha soch chetlaridagi silliq teriga o‘tadi.
Òeri pushti rangda bo‘lib, po‘st va tangachalar bilan qop-
lanadi. Kasallik o‘ta yuqumli.


157
Silliq terining zararlanishi doiralar ko‘rinishidagi
o‘choqlar paydo bo‘lishi bilan ifodalanadi, bir doira ichida
yangi dog‘ paydo bo‘lib, keyin u ham doiraga aylanib
qoladi (iris formasi). Mikroskop ostida ko‘rilganda soch
xuddi g‘ilofga o‘xshab zamburug‘ sporalari bilan o‘ralgan
bo‘ladi, ular tarqoq holda joylashadi. Òeri po‘stchalarida
zamburug‘ mitseliylarini, ba’zan segmentlarga bo‘lingan
holda ko‘rish mumkin.
D a v o s i. Òalaygina patologik o‘choqlari (3 tadan
ortiq) bo‘lgan yoki boshning sochli qismi zararlangan
bemorlar kasalxonada davolanishlari zarur. Bemorning har
bir kg vazniga 22 mg dan grizeofulvin tavsiya etiladi va shu
miqdor tekshiruv natijalari manfiy bo‘lgunga qadar (la-
boratoriya tekshiruvlari har kuni o‘tkaziladi) davom
ettiriladi. So‘ngra grizeofulvin hafta davomida kunora va
keyinchalik esa haftada ikki marotaba ichiladi. Kasallik
alomatlari yo‘qolib, laboratoriya tekshiruvidan uchta man-
fiy natija olingach (har 5—7 kun ichida) grizeofulvinni
ichish to‘xtatiladi. Lamizil bemor vazniga qarab belgila-
nadi. 20 kg gacha bo‘lgan bolalarga 62,5 mg dan 1 mahal,
20—40 kg vaznli bolalarga 125 mg dan va 40 kg dan yuqori
va katta yoshdagilarga 250 mg dan tavsiya etiladi. Mahalliy
davo trixofitiyani davolash kabi olib boriladi.
Favus kasalligiga A c h o r i o n S c h o n l e i n i i
(Shenleyn axorioni) zamburug‘i sabab bo‘ladi. Asosan,
boshning sochli qismi, silliq teri va tirnoqlar zararlanadi.
Kasallik bevosita kasal kishilardan yoki ular tutgan
buyumlar (bosh kiyim, taroq va boshqalar) orqali yuqadi.
Hayvonlarni bu zamburug‘ zararlamaydi. Favusning
yuqishida organizmning umumiy ahvoli katta ahamiyatga
ega. Yasli va maktabgacha yoshdagi bolalar, madorni
quritadigan surunkali kasalliklar bilan og‘rigan kishilar
bu kasallikka ko‘proq moyil bo‘ladilar. Favus trixofitiya
va mikrosporiyaga qaraganda kam yuqumli.
Zamburug‘ bilan zararlangan soch mikroskop ostida
ko‘rilganda uning ichida mitseliyning ko‘ndalang to‘siqlar


158
bilan segmentlarga bo‘lingan iðlari ko‘rinib turadi, soch
tanasida havo pufakchalari va naqshdor shakldagi kichik-
roq sporalar to‘plami joylashadi.
K l i n i k a s i. Boshning sochli qismidagi favusning
klinik manzarasi o‘ziga xos bo‘lib, favus qalqonchalari yoki
skutulalari va undan keyin qolgan chandiqlar (atrofiya-
langan joylar) hamda zararlangan sochlar bo‘ladi.
Favus skutulasi boshning sochli qismiga tushganidan
keyin soch xaltachasi og‘zi (follikul)da ko‘payib, likop-
chasimon sariq rangli quruq qoraqo‘tir po‘st hosil qiladi.
Skutula markazidan soch chiqib turadi. Avvaliga skutula
to‘g‘nog‘ich boshidek, keyinchalik kattalashib diametri
1,5 sm ga yetadi va bundan ham ortadi. Skutula olib tash-
langandan keyin uning o‘rnida botiq och pushti rangli yuza
qoladi. Skutula uzoq vaqt turadigan bo‘lsa, uning atrofida
atrofik chandiq paydo bo‘lib, bu joyda soch o‘smaydi.
Skutulalar ko‘pincha to‘p-to‘p bo‘lib joylashadi, ular-
dan qo‘lansa hid kelib turadi. Skutulalar asta-sekin qurib
uvalanadi va to‘zg‘ib sochlarni qoplab oladi. Zamburug‘
zararlagan sochlar odatdagi rangini, pigmenti, shuningdek,
mayinligi va jilvasini yo‘qotib, xira, mo‘rt bo‘lib qoladi;
teri sathidan yuzada sinadi. Sochlardan ham qo‘lansa hid
kelib turadi.
Favusga o‘z vaqtida davo qilinmaydigan bo‘lsa, kasallik
yillab davom etishi mumkin. Atrofik chandiqli joydagi
sochlar nobud bo‘lib, boshqa chiqmaydi. Favus bosh
sochli qismining hammayog‘ini zararlashi mumkin, faqat
chetlaridagina jiyakka o‘xshab o‘sadigan sochlar saqlanib
qoladi.
Ko‘pincha favusning atiðik xili kuzatiladi. Favusning
impetiginoz xilida sochlar bir-biriga yopishib qolib, impe-
tigoli qoraqo‘tir bilan qoplanadi. Qoraqo‘tir olib tashlan-
gandan keyin, atrofiyaga uchrab o‘zgarib qolgan teri ko‘ri-
nib turadi. Kasallikning uzoq davom etishi, o‘tkir yallig‘-
lanish alomatlarining bo‘lmasligi va chandiqlanib atrofiya-
langan joylar borligi favusni aniqlab olish imkonini beradi.


159
Favusning skvamoz xili bir talay po‘st ajralib turishi,
oqish-sarg‘imtir tangachalarning ustma-ust qalashib tu-
rishi bilan ifodalanadi; go‘yo chang bosgan va «za’faron»
bo‘lib ko‘rinadigan kulrang sochlar bilan bir qatorda chan-
diqlanib, atrofiyaga uchragan joylarning bo‘lishi, kasallikka
to‘g‘ri tashxis qo‘yish imkonini beradi.
Favusda silliq terining zararlanishi, birmuncha kam
uchraydi, bunda silliq terida kattaligi yasmiqdek keladi-
gan dumaloq shaklli, kepaksimon po‘stchalar bilan qop-
langan qizg‘ish-pushti dog‘lar yoki likopsimon tiniq sariq
skutulalar paydo bo‘ladi.
Qo‘l va oyoq tirnoqlari favusi ikkilamchi tartibda vu-
judga keladi. Lekin ba’zan barmoq terisida o‘zgarishlar bo‘l-
masa ham, tirnoqlar zararlanishi mumkin. Òirnoqlar plas-
tinkasining bag‘rida kattaligi to‘g‘nag‘ich boshidek keladigan
dog‘lar paydo bo‘ladi, keyinchalik tirnoq plastinkasi tagida
shoxsimon modda to‘planib, tirnoq qalin tortadi, uvala-
nuvchan, xira bo‘lib qoladi va kulrang-qo‘ng‘ir tusga kiradi.
D a v o s i. Òrixofitiyani davolashda ishlatiladigan dori-
darmonlar qo‘llaniladi.
7.4. Kandidoz (CANDIDOSIS)
Kandidozga Candida turkumiga kiruvchi achitqisimon
zamburug‘lar sabab bo‘ladi. Bunda teri, shilliq qavatlar,
tirnoq va ichki a’zolar zararlanadi.
E t i o l o g i y a s i v a p a t o g e n e z i. Bu turkumga
kiruvchi zamburug‘lar shartli patogen bo‘lib, sog‘lom
kishilar organizmida hamma vaqt saprofit holda yashaydi,
lekin bu zamburug‘larning patogen xususiyati oshishida
makroorganizm holatining roli katta. Odam immunite-
tini pasaytiruvchi kasalliklarda kandidozlar tez rivojla-
nadi. Me’da-ichak xastaliklari, moddalar almashinuvi
(qandli diabet) hamda vitaminlar muvozanatining bu-
zilishi, leykoz, shuningdek, antibiotik va steroidlar bilan
tartibsiz davolanish zamburug‘lar faoliyatini oshirib,
kasallik vujudga kelishiga sabab bo‘ladi.


160
K l i n i k a s i. Kasallikning klinik kechishiga qarab yuza
(shilliq qavat va teri kandidozi, kandidozli onixiya va
paranixiyalar) va sistemali (visseral) shakllari tafovut qili-
nadi. Shu bilan birga surunkali generalizatsiyalangan (gra-
nulematoz) bolalar kandidozi ham alohida qayd qilinadi.
Yirik burmalar kandidozi (intertriginozli kandidoz)
bolalar (chov va dumba orasidagi burmalarda) va kattalarda
(qo‘ltiq va ko‘krak bezi ostida, semizlarda chov sohasida)
uchraydi. Bu joylarda yuza namlanib yaltirab turadigan,
to‘q qizil rangli, aniq chegaralangan, usti oqish gard bilan
qoplangan eroziyalar paydo bo‘ladi. O‘choqlar atrofida
epidermis qoldiqlaridan iborat hoshiya va asosiy o‘choqqa
o‘xshagan mayda joylar ko‘zga tashlanadi.
Barmoqlar orasidagi kandidozli eroziya — ko‘proq kasbga
oid bo‘lib, qandolatchilar, idish-tovoq yuvuvchilar va
boshqalarda uchraydi. Patologik jarayon 3 va 4-barmoqlar
orasida joylashib, to‘q qizil rangli, aniq chegaralangan va
o‘rtasida seroz suyuqlik bo‘lgan eroziya borligi bilan
ifodalanadi.
Kandidozli paronixiya. Òirnoq bolishida infiltrat, shish,
giðeremiya va tirnoq usti po‘stlog‘ining tushib ketishi bilan
kechadi. Bunda tirnoq xira, mo‘rt bo‘lib qoladi, chetlari
qayrilib, g‘adir-budur, ko‘ndalang egatchalarga ega va turli
xil qalinlikda bo‘ladi; o‘rnidan ko‘chadi, tirnoq bilan et
orasiga yiring yig‘iladi; tirnoq bosilsa, atrofidan yiring
chiqadi.
Og‘iz burchaklari kandidozi, asosan, keksalarda uch-
raydi. Og‘iz burchaklarida chuqur burmalar va matserat-
siya bo‘lishi kandidozlar rivojlanishi uchun qulay sharoit
tug‘diradi. Og‘iz burchagidagi teri matseratsiyalangan,
nam va salga ko‘chadigan oqish gard bilan qoplangan
bo‘lib, u olib tashlansa eroziyalangan yuza kuzatiladi. Pa-
tologik jarayon simmetrik bo‘lib, ba’zan u lablarning qizil
hoshiyasiga o‘tishi mumkin; bemor og‘zini ochganda
og‘riydi. Kandidozli jarayonni streptokokkli eroziya, si-
filitik papula va shankrlardan farqlash kerak.


161

Yüklə 1,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin