dulae sebaccae
- alpveolyar (katakcha holida) tuzilgan
bo’ladi. Bu bezning chiqarish yo’li jun, jun ildizining qiniga ochiladi. Bez ishlab
chiqargan quyuqlik teri yuzasiga chiqib, uni moylab turadi, surishdan saqlaydi,
teri doim elastik holda bo’ladi.
Ter bezlari – glan
dulae sudoriferae
- kalava shaklida bo’lib, jun ildizining
qiniga yoki to’g’rirogpi epidermisga ochiladi. Ter bezlari yog’ bezlaridan ancha
chuqur joylashgan. Bu bezlar ter –
sudor,
u bilan birga, har xil tuzlar, oqsil
moddalar ajratib chiqaradi. Terda oqsil borligi sababli u ko’piradi. Ter chiqqanda
organizm har xil keraksiz moddalardan tozalanadi, jun namlanadi, organizm
soviydi.
Sut bezlari –
glandulae lactiferae
- juda muhim organ bo’lib, faqat sut
emizuvchi hayvonlarda rivojlangan. Sut bezlari har ikkala jinsda ham bo’ladi,
ammo urg’ochi hayvonlarda yaxshi rivojlanadi, chunki ular tug’ib, bolasini sut
bilan boqadi. Sut bezlarining har qaysi bo’lagi tana –
corpus uberis
va so’rg’ich –
papilla uberis
dan iborat bo’ladi.
Sigirlarning sut bezi juda yaxshi rivojlangan. Bezning har qaysi bo’lagi bir –
biridan ariqchalar orqali ajralib turadi. Sut yo’llari sisterna –
s. lactiferus
ga
ochiladi. Sut bezining har bir bo’lagida so’rg’ichlar (emchaklar) bo’lib, ularning
uzunligi 6 – 9 sm, shakli silindrsimondir. Har qaysi so’rg’ichning bittadan teshigi
bor.
Sut bezlari aslida teri bezlaridir. Ayrim hayvonlarda, masalan, it va
mushuklarda ular ham erkak ham urg’ochi hayvonlarda mavjud, ammo erkak
hayvonlarda ular rivojlanmagan. Sut bezlari qorin va ko’krak devorlarida, oq
liniyaning ikkala tomonlarida joylashadi. Urg’ochi itda 5 juft, mushukda esa 4 juft
sut bezlari bo’ladi. Har bir sut bezi bezli to’qima va stromadan tuzilgan bo’lib,
alveolalari ichidan sekretor epiteliy bilan qoplangan. Drenajli kanallarga ishlab
chiqarilgan sut cho’ntaklar to’ri orqali yelin so’rg’ichiga tushadi. Itlarda har bir sut
bezida bitta so’rg’ich bo’lib, unda bir nechta teshiklar ochiladi.
Dostları ilə paylaş: |