2-mavzu:Xulosa chiqarishning umumiy mantiqiy tavsifi.Xulosa chiqarishning tuzilishi
Reja:
1.Xulosa chiqarishning umumiy xarakteristikasi.
2.Bevosita xulosa chiqarish turlari.
3.Deduktiv xulosa chiqarish (sillogizm).
4.Induktiv xulosa chiqarish.
5.Analogiya.
Xulosa chiqarish - tafakkurning asosiy mantikiy shakllaridan biri. Unda mantiqning maʼlum qoidalari yordamida bir yoki bir necha hukmdan yangi hukm chiqariladi. Xulosa chiqarish chin asoslarga tayansa va toʻgʻri mantikiy kridalardan foydalansa, u vaqtda chiqarilgan xulosa ham chin boʻladi. Bu prinsipga amal qilmaslik Xulosa chiqarishda xatoga olib keladi. Masalan, "hamma mustaqil davlatlar BMT ga aʼzo" va "Oʻzbekiston mustaqil davlat" degan chin asoslardan mantikiy qoidalarga rioya qilingan holda "Oʻzbekiston BMT ga aʼzo" degan toʻgʻri xul osa kelib chiqadi.

Xulosa chiqarish deb, bir va undan ortiq chin mulohazalardan ma’lum qoidalar yordamida yangi bilimlarni keltirib chiqarishdan iborat bo’lgan tafakkur shakliga aytiladi.Xulosa chiqarish jarayoni asoslar, xulosa va asoslardan xulosaga o’tishdan tashkil topadi. To’g’ri xulosa chiqarish uchun, avvalambor, asoslar chin mulohazalar bo’lishi, o’zaro mantiqan bog’lanishi kerak.