Informatsion texnologiyalar-estetik tarbiyaning global vositasi. Bir paytlar tabiiy va texnika bo’yicha mutaxassislar tayyorlaydigan oliy ta’lim muassasalari talabalariga “ Sizning idealingiz asosan qaysi sohalarda aks etadi?”, degan savolga ularning ko’pchiligi san’at, adabiyot va ma’rifat sohasida ko’proq aks etadi, degan javob berishgani ham fikrlarimizni isbotlaydi. Aytish mumkinki, axborot va kommunikatsiya texnologiyasi bugungi kunda insoniy va iqtisodiy taraqqiyotning muhim vositasiga aylanishi natijasida odamlarning turmush tarzini, o’zaro aloqasini hatto tashqi ko’rinishi ham tubdan o’zgarishiga olib keldi. Mahalla-estetik tarbiyaning muhim vositasi. Mahallaning shaxs estetik tarbiyasi ta’siri nihoyatda katta. Modomiki, mahalla jamiyat ichidagi kichkina jamiyat bo’lib, u bugun shaxsning ijtimoiy- siyosiy faolligini oshirishga, uning ijtimoiy- huquqiy madaniyatini shakllantirishga ko’mak beruvchi makon sifatida ham yuksak ahamiyat kasb etadi. Shuningdek, mahalla shaxs nafosatli tarbiyasiga yaqindan ta’sir ko’rsata olishi bilan boshqa omillardan ajralib turadi. Shu jihatdan mahalla o’z navbatida o’z oldiga qo’ygan ezgu maqsadlarni bajarishi bilan zamonaviy insonni nafosatli jihatdan tarbiyalaydi.
Estetik tarbiyaga tahdidning ikkinchi jihati insonning tashqi va ichki ko’rinishidagi bog’liqlikni o’rganishga bo’lgan zaruriyat bilan belgilanadi. Bu ilm bugungi kunda biologiya va tibbiyotda fizionomiya nomi bilan mashhur. aholangki, o’tmishda bu sohaga jiddiy e’tibor berilib, qator risolalar yaratilgan. Jumladan, olmon mumtoz faylasufi I.Kant bu ilmga “ichki olamni o’rganuvchi ilm” deb ta’tif bergan bo’lsa, sharq allomalari bu borada “Risolai fil farosa” (X asr), “Farosatnoma” (XVI asr) kabi asarlarni yozib qoldirganlar.