Termin va terminologiya. Termin soʻzining interperetsiyasi. O


O‘zbek tilida qo‘llanayotgan ruscha-baynalmilal prefiksoidxalqaro terminelementli terminlar



Yüklə 74,18 Kb.
səhifə23/31
tarix27.07.2023
ölçüsü74,18 Kb.
#137723
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   31
Terminologiya yakuniy javob 1-45

32.O‘zbek tilida qo‘llanayotgan ruscha-baynalmilal prefiksoidxalqaro terminelementli terminlar
O‘zbek tili terminologiyasi tizimida ruscha-baynalmilal prefiksoidlar
yoxud xalqaro terminelementlar (Madvaliyev, 2017, 34-54) yordamida
hosil qilingan kalkalar faol qo‘llanadi (Begmatov 1985; 181; Doniyorov
1977; 145-146). Bunday usulda yasalgan terminlar sirasiga quyidagilami
kiritish o‘rinli:
avia-: civiaaloqa (aviasvyaz), aviaqism (aviachast), aviato‘p (aviapushka), aviasanoat (aviapromishlennost), aviakorxona (aviazavod)
avto-: avfo/joz/r (avtokontrolyor), avtoyo 7 (avtodoroga), avtoyuklagich
(avtopogruzchik), avtohavoskor (avtolyubitel), avtotirkama (avtopritsep),
avtosug'orgich (avtopolivshik), avtomaktab (avtoshkola), avtopoyga (avtogonki), avtopoygachi (avtogonshik), avtoulov (автомашина) va sh.k.;
aero-: aeropurkagich (aeroopriskivatel), aerochanglagich (aeroopilitel), aerotadqiqot (aeroissledovaniye), aerosurat (aerosnimok) va sh.k.;
agro: agrosanoat (agropromishlennost), agrokimyo (agroximiya),
agromadaniyat (agrokultura), agroiqlim (agroklimat), agroo 'rmon (agroles) va sh.k.;
anti-: antizarra (antichastitsi), antimodda (antiveshestvo), antidunyo
(antimir), antijismlar (antitela) va sh.k.;
geo-: geosiyosat (geopolitika), geokimyo (geoximiya), geoiqlim
(геоклимат) va sh.k.;
gidro-: gidroinshoot (gidrosoorujeniye), gidroko ‘targich (gidropodyomnik), gidrokuchaytirgich (gidrousilitel) va sh.k.;
giper-: gipertekislik (giperploskost), gipertovush (giperzvuk), giperchiziq (giperliniya), giperloyiha (giperproyekt) va sh.k.;
izo- : izochiziqlar (izolinii), izomoy (izomaslo) va sh.k.;
kvazi-: kvaziyulduz (kvazizvezda), kx’aziquloq (kvaziuxo), kvaziqavariq (kvazivipuklost), kvazidavlat (квазигосударство) va sh.k.;
infra-: infratovushlar (infrazvuki), infraqizil (infrakrasniy), infratizim
(infrastruktura) va sh.k.;
makro-: makroiqlim (makroklimat), makrosanoat (makropromishlennost), makrokoinot (makrokosmos), makrotuzilma (makrostruktura), makromavdon (makropole), makroiqtisodiyot (makroekonomika), makromatn
(makrotekst va sh.k.;
rnikro-: mikroiqlim (mikroklimat), mikrofotonusxa (mikrofotokopiya),
mikrotuzilma (mikrostruktura), mikromaydon (mikropole), mikrotuman
(mikrorayon), mikromatn (mikrotekst), mikrojarrohlik (микрохирургия)
moto-: motoaravacha (mototelejka), motopoyga (motogonki), motopoygachi (motogonshik) va sh.k.;
pnevmo-: pnevmoboshqarish (pnevmoupravleniye), pnevmobolg ‘a
(pnevmomolotok), pnevmoyuklagich (pnevmogruzchik), pnevmoqisish
(pnevmodavleniye);
tele-: teledastur (teleprogramma), teleminora (telebashnya), teleboshqaruv (teleupravleniye), telealoqa (telesvyaz) , telequrilma (teleustanovka),
teleloyiha (teleproyekt), teleusta (telemaster) va h. k.
Ayni chog‘da ba’zi prefiksoid-xalqaro terminelementlar ishtirokida
yuzaga chiqqan terminlar donor tilda qanday shaklda bo‘lsa o‘zbek tiliga
aynan o‘zlashadi: vidiokamera, vidiotelefon, vidioselektr, vidiokonferensiya, vidioseminar, ideogramma, kakografiya, avtoradio, avtopilot, avtoshturman, kibertexnologiya, neyrolingvistika,mikrobiologiya,mikrosemantika, anifashizm, antisionizm, sossyurologiya va sh.k.
Aksariyat monosemantik xarakterdagi avto-, anti-, gemato-, inter-,makro-, mikro-, poli-, ultra-, mono-, bi-, tri- singari propozitiv, ya’ni prefiksal, -bus, -drom, -log-, -navt, -trop; -fob, -for, -skop kabi postpozitiv, ya’ni
postfiksal yoki gen, gon, gramma singari ham prepozitiv, ham postpozitiv
terminelementlar o‘zbek tilida tarjimasiz, aynan qo‘llanadi: avtopoyga,
antiteza, gemotologiva ,interferensiya, polisemiva, poliartrit, ultratovush,
monogrmma, monoteizm, biling\’izm, makromatn, mikrobiologiya, aerobus,
svetafor, motodrom, teleskop, ixtiolog, seysmolog, turkolog, astronavt, kosmonavt, monogramma, grammafon va sh.k.
Arxi-, giper-, inter-, infra-, super-, ultra-, ekstra- kabi prepozitiv terminelementlar sifat belgisining meyordan oshiqligi yoxud o‘zakdan anglashilgan ism ma’nosining oliy darajasini ifodalaydi: arxisema, gipertovush, interfevs, intervent, interlingvistika, infraqizil, ultrabinafsha, ekstraktiv, superkubok va sh.k.
Xalqaro terminelementlar aniq ma’noni ifodalashga xoslangani bilan xarakterlanadi. Chunonchi, -log elementli terminlar biron fan sohasi mutaxassisini anglatishga xizmat qiladi: fonolog, nevrolog, terminolog, leksikolog, seysmolog, antropolog, formokolog, travmatolog, tekstolog, dialektolog va sh.k. - log elementli ayrim o‘zlashmalar —shunos affiksli matnshunos, shevashunos, terminshunos singari terminlar bilan sinonimik
uyani shakllantirishda qatnashadi.
Antonim, antroponim, gidronim, kosmonim, astroponiim, meronim,
omonim, oronim, sinonim, toponim, xolonim singari terminlaming onim
postfiksal terminelementi zaminida shakllangani va muayyan munosabatlarni ifodalashga yo‘naltirilganiga shubha yo‘q.
Xalqaro prepozitiv terminelementlami maxsus tadqiq etgan A.Madvaliyev (2017,40) ulami quyidagi uch guruhga bo‘lish mumkinligini
ta’kidlaydi: 1) donor tillar, ya’ni lotin va yunon tillarida mustaqil ma’noli
so‘zlar sanalgan va terminologik sistemalarda ma’nosi tushunarli bo‘lgan
terminelcmcntlar: avto-, agro-, alio-, antropo-, astro-, biblio-, bio-, gastro-, geo-, getero-, gibro-, gomo-, zoo-, ixtio-, karbo-, kardio-, kosmo-,
kripto-, lito-, makro-, mezo-, mikro-, nevro-, neo-, nitro-, poli-, radio-, sulfa-, tele-, tio-, elektro-, eritro- va sh.k.; 2) lotin va yunon tillarida sanoq
va tartib sonlami anglatuvchi terminelementlar: Ы-, geksa-, gepta-, detsi-,
di-, milli-, попа-, penta-, proto- va sh.k.; 3) lotin va yunon tillariga xos
yuklama hamda pristavka (old qo‘shimcha yoxud old ko‘makchi) xarakteridagi terminelementlar: a-, an-, ana-, apo-, de-, dis-, in-, inter-, kontr-,
meta-, para-, per-, pre-, pro-, re-, sin-, sim-, sub-, trails-, ultra-, eks-, en-,
epi- va sh.k.



Yüklə 74,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin