Termin va terminologiya. Termin soʻzining interperetsiyasi. O


Terminlar ma’no-mazmunini anglab yetishda terminologik



Yüklə 74,18 Kb.
səhifə27/31
tarix27.07.2023
ölçüsü74,18 Kb.
#137723
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   31
Terminologiya yakuniy javob 1-45

37. Terminlar ma’no-mazmunini anglab yetishda terminologik
lug‘atlarning roli
O‘zbek terminologik lug‘atlari, ta’bir joiz boTsa, fan sohalarining deyarli barchasini qamrab olgan deyish mumkin. Aniq fan sohalari kabi ijtimoiy-gumanitar fan sohalari doirasida qo‘llanuvchi terminlarning ma’no-mohiyatini ifodalashga yo‘naltirilgan lug‘atnavislik (terminografiya) ishlari respublika ilmiy-tadqiqot institutilari yetakchi olimlari, oliy o‘quv yurtlari professor-o‘qituvchilari tomonidan tuzilgan. Terminologik
lug‘atlaming aksariyati rus tilidan o‘zlashgan terminlarning o‘zbek tilida ifodalanish masalasiga bag‘ishlangan. Albatta, o‘zbek terminografiyasida mavjud asarlaming ko‘lamini hisobga olib, ayrim fan sohalari, chunonchi,tibbiyot, huquqshunoslik, tarix, tilshunoslik, harbiy ish doirasida yaratilgan ba’zi terminologik lug‘atlarga to‘xtalamiz.
O.Usmonov va R.Doniyorov tomonidan 1979-yili “0 ‘zbekiston” nashriyotida 15000 adadda tuzatilgan va toTdirilgan holda ikkinchi marta nashr qilingan “Ruscha internatsional so‘zlar izohli lug‘ati”, mualliflar ta’kidlaganidek, o‘zbek tilining keng ma’nodagi izohli lug‘ati bo’lmay, uning vazifasiga faqat rus tilidan va rus tili orqali boshqa tillardan o‘zlashtirilgan so‘zlami, shuningdek, o‘zbekcha gazeta va jurnallarda, ilmiy-ommabop va ijtimoiy-siyosiy asarlarda uchraydigan ruscha-baynalmilal va ilmiy-publitsistik terminlamigina o‘z ichiga olgan va ularga o‘zbek tilida o‘zlashtirilishi asosida izoh berilgan, izohlanayotganso‘zlaming etimologiyasi (kelib chiqishi) haqida ham ba’zi ma’lumotlar keltirilgan.


38.Tarixiy harbiy terminlar ifodasini topgan lug‘atdagi
o‘zlashmalar
Tarixda qo‘llangan terminlar izohiga bag‘ishlab mamlakatimizda nisbatan katta yoki kichik hajmdagi lug‘atlar nashr qilindi. Shunday lug‘atlar sirasiga X.Y.Bekmuhamedovning “Tarix terminlari izohli lug‘ati” (Pedagogika oliy o‘quv yurtlarining studentlari va o‘rta maktab tarix o‘qituvchilari uchun. Toshkent: 0 ‘qituvchi, 1978), M.Ismoilov, A.Sharopovlamig “Tarix atamalari lug‘ati”.-Toshkent: Akademnashr, 2013, H. Dadaboyevning “Tarixiy harbiy terminlar lug‘ati” (Toshkent, 2007) singari
asarlami kiritish o‘zini oqlaydi. Y.Shermuhamedov va A. Umarov hamkorligida tuzilgan, 1981-yilda “Fan” nashriyotida chop etilgan “Ruscha-o‘zbekcha harbiy terminlar
lug‘ati” umumharbiy va harbiy-siyosiy xarakterdagi terminlar, qurolli kuchlar turlari, ulaming tuzilishi, qurol-yarog‘lari, strategiyasi va taktikasi, ommaviy qirg‘in qurollari, ulardan himoyalanish, zamonaviy harbiy texnika turlari, ustav, harbiy topografiya, shuningdek, harbiy san’at va harbiy ishning boshqa sohalarida qo‘llanuvchi terminlami ichiga olgan. 8000 dan ortiq terminlami qamragan ushbu lug‘atda terminlar qo‘llanishda qanday tartibda uchrasa shundayligicha alifbo tartibida berilgan. Undan tub, yasama terminlar qatori tarkibli terminlar ham o‘rin olgan. Ruscha termin o‘zbek tilida ikki yoki undan ziyod ma’noda ishlatilsa o‘zbekcha variantlar vergul bilan ajratilgan: ispitaniye - sinov, sinash; poxod -safar, yurish va sh.k. Rus tilidagi sifat-termin o‘zbek tiliga bir necha variantda tarjima qilinganda uning o‘zbekcha variantlari yaqqol namoyon bo‘lishi maqsadidaalohida lug‘at maqolasi tarzida berilgan; boyevoy-jangovor, portlovchi,
о ‘qlangan va sh.k. Ruscha omonimlar rim raqami bilan belgilanib, alohida maqola sifatida keltirilgan: armiya I -armiya (jami qo‘shin); armiya II-anniya (harbiy
qo‘shiIma) va sh.k. Ayrim ruscha terminlarning tarjimasini keltirishda termin darajasiga
chiqmagan, ammo ba’zan qo‘llanadigan variant(dublet)lar qavs ichida
qayd etilgan: kambuz-kambuz (kema oshxonasi), katapultirovaniye-katapultirovaniye (irg'itish) va sh.k. Ruscha komanda va komandaga oid iboralar, qisqartmalar, harfiy
shartli belgilar lug‘atga ilova qilingan: ogon-o't och, nazad-orqaga qayt;
BTR-bronetransporter-bronetransporter; VMF-HDF, PVO-HHM va sh.k. Lug‘atdan armata-armata, bastion-bastion, bataliya-bataliya, kadet-kadet singari tarixiy terminlarga ham joy berilgan.



Yüklə 74,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin