30.Kalkalashning til lug‘at boyligining kengayishidagi o‘rniga baho bering. Kalkalashning til lug‘at boyligining kengayishidagi o‘rniga bahobering.Kalkalash so‘z o‘zlashtirishning oliy shakli bo‘lib, tilning bugungi kundagi lug‘at tarkibi kengayishi va boyishida juda faolligi allaqachon aniqlangan. Kalkalash jarayoni o‘zbek tilining barcha terminologik sistemalariga xos bo‘lib (Shaaxmedov, 1974), asosan ikki ma’lum, ya’ni: a) sturuktur (so‘z yasash), b) semantik kalka turi orqali reallashadi. Bu tizimda, shubhasiz, struktur kalkalar yetakchilik qiladi. Struktur (so‘z yasash) kalkalar sirasiga o‘zbek adabiy tili vositalari yordamida boshqa tillarga oid modellardan, ularning morfologik qismlarini tarjima qilish bilan yasalgan terminlar kiradi. Muayyan tilning leksik – so‘z yasash materiallari negizida hosil qilingan struktur kalkalar tom ma’nodagi o‘zlashma hisoblanmaydi (Tixonov 1991; 136). Hozirgi o‘zbek terminologiyasi tizimida chet tillarga xos elementlarning alohida miqdori mavjud bo‘lib, ularni kalkalashga hech qanday hojat yo‘q. Masalan, telefon, telegraf, traktor, tank, izotop, indikator, orden, bolt, arfa, ring, xokkey, departament, parlament, mina,Semantik kalka (metaforalashish)da kelib chiqishi jihatidan chet tiliga xos bo‘lgan yangi ma’noni o‘zbek tili lug‘at tarkibida ishlatilib kelayotgan so‘z o‘zlashtiradi. Globallashuv, internet va kompyuterlashtirish zamonida o‘zbek tili tomonidan o‘zlashtirilayotgan ruscha-baynalmilal terminlar, xalq turmush tarzining turfa jabhalarini qamrab olgan holda, o‘zbek adabiy tili lug‘at tarkibidan mustahkam o‘rin egallamoqda. O‘zbek tili terminologiyasi, xususan, ilmiy-texnikaviy terminologiya ham semantik kalkalash yordamida muttasil boyib bormoqdaQuyida misol tariqasida keltirilgan terminlar bevosita semantik (metaforik) kalkaning mahsuli hisoblanadi: barmoq (tex.palets), oziqlash//oziqlantirish (tex. pitaniye), quloq (tex. uxo), ko‘ylak (tex. rubashka), yeng (tex. rukav), yostiq (tex. podushkaTerminlarning meforalashishi quyidagi yo‘llar bilan amalga oshiriladi: tashqi yoki shakliy o‘xshashlik asosida: barmoq halqasi, yashil kompyuter, tumshuq (kema tumshug‘i), tuynuk, quti (harb. magazin qutisi), zamburug‘ (tib.), saraton (tib.) va h.k.; vazifalarning o‘xshashligi asosida: elektron hamyon, elektron armiya, manzil niqobi, qalpoq qurilmasi va h.k.; harakat tarzi o‘xshashligi asosida: sun’iy tafakkur, sukut (internet), boshi berk holat, ma’lumotlar bo‘lagi va h.k.; rang-tusdagi o‘xshashlik asosida: yolg‘on simvol, avvalgi iz, qaynoq almashtirish, davriy halqa va h.k.; amaldagi terminni yangi tushunchani ifodalash maqsadida qo‘llash asosida: tezkor xotira (main memory), ko‘zgu (mirror), tarmoq choki (network wearing), elektron aravacha (shopping cart program) singari terminlar internent terminologiyasida keng qo‘llanmoqda (Struktur kalkalash yasama so‘zlar, qo‘shma so‘zlar va so‘z birikmalari chegarasida sodir bo‘ladi