40. O‘zbek terminologiyasida monosemantik terminlarning o‘rni
E’tirof etish joizki, terminologik sistemadagi terminlarning salmoqli qismi monosemantik hisoblanadi. Terminning tabiati ham ayni shuni talab qiladi. Turli terminlogik sistemalarda qo‘llanayotgan quyidagi terminlar shu jihati bila xarakterlanadi: saylovchi, ko'chirmakash, qarzdor, hissador, daromad.soliq, qo'riqxona, parlament, kansler, kompilatsiya, konstitutsiya, konsul, tintuv, patent, ombudsman, tergov, jinoyatchi, ishonch yorlig ‘i, oliy sud va sh.k. Shu bilan birga, u yoki bu sohada qo‘llanayotgan ayrim terminlardan bir nechta ma’noni ifodalash uchun foydalanilayotgani ham sir emas. Xususan, tilshunoslikda aksentuatsiya o‘zlashmasi 1. so‘z yoki gapdagi ma’lum qismlami urg‘u yordamida ajratish; 2. tilning urg‘u sistemasi; 3. matnda urgLuni belgilash ma’nolarini ifdalash maqsadida ishlatilmoqda (Hojiyev, 2002.24). Huquqshunoslik sohasida akt o‘zlashmasining 1. akt; 2. harakat, ish; 3. dalolatnoma ma’nolarini ifodalashi qayd etilgan (Ahmedov, Bektemirov. 2002.15). Harbiy tenninlar sirasidan o'rin olgan vaxta termini 1. kemada navbatchilik; posbonlik, soqchilik; 2. kema ekipajining navbatda turgan, posbonlik qilayotgan qismi; 3. muhim obyektlardagi navbatchilik, soqchilik ma’nolarini ifodalashga yo‘naltirilgan (RO‘L 1,1983.100). Ayni terminologik sistemada faol qo‘llanuvchi granata termini 1. portlovchi snaryad hamda 2. irg‘itiladigan gimnastika asbobini anglatishda qatnashadi.
41. Terminlarda sinonimiya, dubletlikning mavjudligi Adabiyotshunoslik terminlarining yana bir lingvistik xususiyati ularning muqobilsiz leksika sirasiga kirishidir. Bu fikr albatta, bir til doirasida lekin keyingi paytlarda terminning muqobil variantlari kuchayib ketdi. Terminologiyada bu hodisa salbiy hodisa hisoblanib, bir qancha muammolarni keltirib chiqaradi. Bu esa terminologiyada hal qilinishi lozim bo'lgan dolzarb vazifalardandir. Barcha terminlar kabi adabitotshunoslik terminlari ham aniq bir ma’no ifodalagani uchun ularda sinonimiya, omonimiya, polisemiya kabi hodisalar bo'lmasligi shart. Binobarin, tilimizda ko'p ma’nolilik, omonimiya, sinonimiya hodisalarini nutqning o'ziga xos ko'rinishlari, ko'rkamligi, jozibadorligi, nutqiy ta’sirchanlikni ta’minlovchi ijobiy hodisalar sifatida baholansa, terminlar masalasida bunday baho berib bo'lmaydi. [3]Shunga qaramay terminologiyada ham uning shakllanish davrida, ayniqsa, bir tildagi terminologik tushunchalarni boshqa tilda ifodalash, tarjima qilish jarayonlari bilan bog'liq terminlarning sinonim va dublet variantlari paydo bo'lib qolgan. Masalan, birgina tushunchani ifodalash uchun o'zbek tilida: ramzchi shoir — simvolist; mubolag'a – giperbola; majoz – trap; kinoya – allegoriya; uslub – stil; sufatlash – epitet; burung'ulik – arxaizm; bitim – qofiya; mazmun – syujet terminlari qo'llanmoqda. Bu o'z navbatida, o'qish-o'qitish va axborot almashish jarayonini qiyinlashtiradi. Shu sababli ham ma'lum darajada barqarorlashgan barcha tillarda terminlar doimiy tartibga solib turiladi. U yoki bu soha terminologik tizimining barqarorligini belgilovchi asosiy omil uning tartibga solinganligi va muntazamligidir. Tartibga solish ma'lum terminologik me'yorlar asosida amalga oshiriladi.