Termin va terminologiya. Termin soʻzining interperetsiyasi. O


Tilshunoslik terminlari lug‘atlarini tuzish bo‘yicha qilinayotgan



Yüklə 74,18 Kb.
səhifə25/31
tarix27.07.2023
ölçüsü74,18 Kb.
#137723
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   31
Terminologiya yakuniy javob 1-45

34. Tilshunoslik terminlari lug‘atlarini tuzish bo‘yicha qilinayotgan
sa’y- haraktlar
O‘zbek lug‘atshunosligida tilshunoslikka oid terminologik lug‘atlar yaratish borasida ayrim ishlar qilindi. Chunonchi, A.Hojiyevning“Tilshunoslik terminlarining izohli lug‘ati” hamda N.Mahkamov va I.Ermatovlar hammuallifligidagi “Tilshunoslik terminlarining izohli lug‘ati”(-Toshkent: Fan, 2013)da bugungi kunda til sohasida faol qo‘llanayotgan
terminlaming izohi berilgan.D.Xudayberganovaning “Lingvokulturologiya terminlarining qisqacha izohli lug‘ati” (Toshkent, Turon zamin ziyo, 2015)da tilshunoslikning
yangi sohalaridan hisoblanmish lingvokulturologiyaga oid 100 ga yaqin
terminlar izohini topgan va sh.k.
35. Tibbiy terminlar aksini topgan lug‘atlar
Respublikamizda tibbiyot sohasida qo‘llanayotgan terminlar lug‘atlarini tuzish borasida ulkan tajriba va yutuqqa erishildi. 1999- yilda 0 ‘zbekiston FA akademigi Y.X.To‘raqulov bosh muharrirligi ostida “Kamalak”-“Hamshira” nashriyotida chop etilgan “Ruscha-lotincha-o‘zbekcha tibbiy terminlar lug‘ati”da tibbiyot sohalariga oid terminlar alifbo tartibida keltirilgan, ularning o‘zbekcha muqobillari va izohlari berilgan. 2010-yilda A.Usmonxo‘jayev, V.Y.Avakov, E.I.Basitxanova hammuallifligida “Noshir” nashriyotida e’lon qilingan “Katta tibbiy etimologik lug‘at (mscha-lotincha-o‘zbekcha)
(Bolshoy meditsinskiy etimologicheskiy slovar (russko-latinsko-uzbekskiy)
yurtimizda etimologik lug‘atlar yaratish borsidagi harakatlami yuqoriroq bosqichga olib chiqdi. Shu yilda Usmonxo‘jayev A., Basitxanova Е.1., Nazirov P.H., Turaxanova M.S) hamkorligida “Sug‘diyona” nashriyotida bosilgan “Tibbiy terminlar ensiklopedik lug‘ati (Ensiklopedicheskiy slovar meditsinskix terminov)” ikki jildan iborat bo‘lib, hozirgi tibbiyotda qo‘llanilayotgan 20000 dan ortiq terminlar va tushunchalami izohlashga yo‘naltirilgan. Lug‘atdan o‘rin olgan terminlar kirill hamda yangi o‘zbek yozuvida
keltirilgan. Kezi kelganda, tibbiy terminlar lug‘atlarini tuzishda jonbozlik ko‘rsatayotgan A.Usmonxo‘jayev ishlarining alohida e’tirofga molikligini ta’kidlash lozim bo‘ladi. Olimning 2013-yilda “Navro‘z” nashriyotida lotin alifbosi asosidagi yangi o‘zbek yozuvida dunyo yuzini ko‘rgan “Katta tibbiy o‘quv lug‘ati (ruscha-lotincha-o‘zbekcha) (Bolshoy meditsinskiy uchebniy slovar (russko-latinsko-uzbekskiy) asari 10000 atrofidagi klinik terminlar va tibbiy tushunchalami o‘z ichiga qarnrab olgani bilan qimmatlidir. Tibbiy terminlarga doir lug‘atlar xususida so‘z ketganda, A.Qosimovning to‘rt jilddan iborat “Tibbiy terminlar izohli lug‘ati”ni ham e’tibordan qochirmaslik zamr.Ushbu lug‘atda yakka ishlatiladigan o‘zbekcha va baynalmilal terminlar alohida-alohida, shuningdek, o‘zbekcha va baynalmilal elementlardan yasalgan birikma terminlar ham alohida-alohida berilgani bois uning hajmi kengayib ketgan (Qosimov, 2003-2008)


Yüklə 74,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin