Terminal davrdagi bemorlarda hamshiralik parvarishining xususiyatlari va hamshiralikni



Yüklə 35,96 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/4
tarix13.12.2023
ölçüsü35,96 Kb.
#176132
1   2   3   4
 
 
Proceedings of International Scientific Conference on Multidisciplinary Studies 
Hosted online from Moscow, Russia 
Date: 
11
th
January, 2023 
ISSN: 2835-5733
Website:
econferenceseries.com
298 | 
P a g e
 
bo’lib hisoblanadi, individuum yo’qolib ketishi mumkin, lekin uning genlari esa 
keyingi avlodlarga o’tadi. (1) O’lim mohiyati
1.
Qon aylanishining muqarrar to’xtashi Yurakdan otilayotgan qon qon tomirlari 
orqali butun organizm bo’yicha aylanib, organlar va to’qimalarni kislorod hamda 
glyukoza ko’rinishidagi ozuqa moddalari bilan tahminlaydi. Qon aylanishi to’xtagan 
taqdirda darhol kislorod yetishmovchiligi yuzaga keladi va bu holat to’qima 
hujayralari ishlashining to’xtashiga olib keladi. Agar bu holat belgilangan vaqtdan 
uzoqroq davom etsa, hujayralar ishlashining tiklanishi qaytmas bo’lib, o’limga olib 
keladi.
2.
Ruhning tanadan chiqib ketishi Qadimgi vaqtlarda odamlar o’lim kelishi bilan 
ruh tanadan umrbod chiqib ketishiga ishonganlar. Ruh psixologik va emotsional 
funktsiyalar sifatida ko’rilgan (ruh insonning fikr va hatti–harakatlari asosiy omili 
bo’lib hisoblangan). Bemor xususida qon aylanish to’xtashi bilan ruhi tanadan 
chiqib ketadi deb hisoblashgan, biroq o’sha vaqtlarda o’limning asosida qon 
aylanishi to’xtashini emas, balki ruh chiqib ketishini ko’rishgan.
3.
Organizmning yagonalik qobiliyatining qaytmas yo’qolishi Inson 
organizmining ishlashi uchun markaziy asab tizimi tananing har bir qismi harakatini 
boshqarishi va tana bir–biriga mos bo’lib harakatlanmog’i zarur. Tibbiy texnologiya 
sohasidagi taraqqiyot insonning yurak, buyrak va boshqa muhim organlarini sunhiy 
organlarga almashtirishga imkon berdi, bu holat hatto organlar bo’lmaganda ham 
inson hayotini tahminlashga yordam bergan. Biroq inson organiga o’xshagan bir 
narsa borki, uni almashtirib bo’lmaydi va insonning hayot faoliyati uchun ahamiyatli 
hisoblanadi. Bu organlar funktsiyasini boshqarishning yagonalik qobiliyatidir. 
Ushbu yagona qobiliyat markaziy nerv tizimi, xususan bosh miyaning asab tizimi 
bilan boshqariladi, shuning uchun miya funktsiyalarining yagonalik qobiliyati inson 
uchun eng muhim hisoblanadi.
4.
Ijtimoiy hamkorlikka bo’lgan qobiliyatning qaytarib bo’lmaydigan 
yo’qolishi. Insonning boshqa jonzotlardan farqi shundaki, insonda ong bor va u 
ijtimoiy hayotni yuritadi. Agar inson ongini va shu bilan birgalikda ijtimoiy 
hamkorlik ko’nikmalarini yo’qotsa, shaxsning nuqtai–nazariga ko’ra bu holat o’lim 
sifatida ko’riladi. 

Yüklə 35,96 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin