Terminal davrdagi bemorlarda hamshiralik parvarishining xususiyatlari va hamshiralikni



Yüklə 35,96 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/4
tarix13.12.2023
ölçüsü35,96 Kb.
#176132
1   2   3   4
 
 
Proceedings of International Scientific Conference on Multidisciplinary Studies 
Hosted online from Moscow, Russia 
Date: 
11
th
January, 2023 
ISSN: 2835-5733
Website:
econferenceseries.com
297 | 
P a g e
 
datlabki ma’nosi–«insonni samimiylik va mehmonnavozlik bilan qabul qilish», «iliq 
qabul qilishni o’rgatish». Xospis parvarishining falsafasi va g’oyasi–bemor 
atrofdagilarning unga inson sifatida hurmat qilishni sezib–hayotining oxirini 
yashash uchun terminal bemorga jismoniy va ruhiy yordamni ko’rsatishni ko’zda 
tutadi. ∙ 1967 yilda London yaqinida ingliz shifokori Sesili Sonders tomonidan 
avliyo Kristofer nomidagi xospis ochilgan. 
Xospis g’oyasi. ∙ 
Xospis bino yoki muassasani anglatmaydi. ∙ Xospis– bu o’layotgan bemor qolgan 
umrini oxirigacha yashashi uchun kompleksli parvarishni ko’rsatishga yo’naltirilgan 
falsafiy g’oya asosidagi umumlashtirilgan tushuncha. Terminal davrda 
bemorlarning parvarishi Terminal davrda hamshiralik parvarishining maqsadi–
hayotining oxirgi daqiqalarini yashashga imkon beruvchi bemorning odatdagi 
kundalik hayotini qo’llab–quvvatlash uchun va umumiy azoblarni bartaraf qilish 
maqsadida hayotning yakuniy davrida bo’lgan bemor (terminal bemor) ga malakali 
yordam berishdan iborat. SHu bilan birga bemorning oila a’zolariga zaruriy yordam 
ko’rsatish zarur. Bemor va uning oila a’zolarini terminal parvarishni amalga 
oshirayotgan hamshira doimo bemorning yonida bo’lib, ularning himoyachisi 
sifatida ishtirok etib, bemor odatdagi hayot tarzini yashash va hayotiy maqsadlarga 
erishish uchun o’zining imkoniyatlaridan foydalanish uchun boshqa mutaxassislar 
bilan hamkorlikda guruh tashkil qilishi lozim. Terminal davrda hamshiraning tutgan 
o’rni: (1) Bemor bedavo kasalga chalingani va hayot jarayonining yakuniy 
bosqichida ekanligini tushunib, uning hayot tarziga hurmat qo’rsatishi zarur. (2) 
Terminal bemorning jismoniy, ruhiy, ijtimoiy ruhia azoblarining o’zaro murakkab 
aloqasini ifodalovchi umumiy azoblarni tekshirish va ularni bartaraf qilish yoki 
yengillashtirishga harakat qilish lozim. (3) Xolistik yondashuv asosida bemorning 
hayot sifatini oshirishda malakali yordam ko’rsatish. (4) Himoyachi nuqtai–
nazaridan yordam ko’rsatib bemorning hohish–irodasini hurmat qilish. (5) Terminal 
bemorning oila a’zolarining azoblarini tushunish va yordamni ko’rsatish. (6) 
Buyruqli davolash usulida hamshiralik parvarishi bo’yicha mutaxassis sifatida o’z 
vazifalarini amalga oshirish. O’lim mazmuni va mohiyati. Inson uchun o’lim ∙ 
O’limga bo’lgan munosabat inson turmushining qaysi tomoniga e’tibor 
berishimizga ko’ra farq qiladi. ∙ Odatda har qanday tirik jonga o’lim yozilgan. O’lim 
biologik organizm sifatida hayot faoliyatining tugashini anglatmaydi, insonning 
hayot faoliyatining tugashi va xulosalari chiqarishni ifodalab, ancha chuqur 
ahamiyatga ega. ∙ Insonning individuum sifatida o’limi zaruriy va muqarrar hodisa 



Yüklə 35,96 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin