TERMINLARNING YASALISHI Reja:
Sohaviy terminlarning morfologik, sintaktik, semantik usul bilаn yasalishi
Terminlarning strukturaviy tuzilishi.
Sodda terminlarning xususiyatlari.
Yasama terminlar.
Qo’shma terminlar.
Birikmali terminlar.
Soddaterminlar - tarkibida so‘z yasovchi va so‘z o‘zgartiruvchi affikslarning bor-yo‘qligiga qaramay, yolg‘iz bir o‘zakdan yoki negizdan paydo bo‘lgan, birgina lug‘aviy ma’noli qism bo‘lgan so‘z hisoblanadi. Masalan: qo‘shin, shtab, avtomat (harbiy); panjara, shpal, yog‘och (yog‘ochsozlik); voris, guvoh (yuridik).
Sodda terminlar ikki guruhga bo‘linadi:
1. Tub terminlar – yolg‘iz o‘zakdan hosil bo‘lgan terminlar: bola, jiyan, tog‘a (qarindoshlik); mebel, go‘sha, eshik (yog‘ochsozlik); jarima, huquq, jazo (yuridik).
2. Yasama terminlar – tub terminlarga biror yasovchi affiksning qo‘shilishi bilan hosil bo‘lgan terminlar: mebelsozlik, duradgorlik (yog‘ochsozlik); dalolatchi, jinoyatchi (yuridik).
Qo‘shma termin - ikki va undan ortiq sodda terminlarning birikuvidan tuzilgan terminlar.
Qo‘shma terminlar ham qo‘shma so‘zlar kabi o‘z qatlam so‘zlaridan, boshqa til materiallaridan hamda har ikkala manbaning o‘zaro qo‘shilishidan yasaladi. O‘zbek tili materiallari asosida yuzaga kelgan qo‘shma terminlar asosan umumiste’moldagi tayyor qo‘shma so‘zlarning ilmiy termin yoki nomen sifatida terminologik tizimlarga qabul qilinishi mahsulidir. Bunday ikki planda qo‘llanuvchi leksik birliklar ko‘proq xalq tili bilan bog‘liq holda rivojlangan terminologik sistemalarda tez-tez uchraydi. Shuningdek, o‘z tilimiz materiallaridan tuzilgan qo‘shma terminlar ayni ruscha terminlarni to‘liq kalkalash jarayonida ham yuzaga keladi1.
Ma’lumki, o‘zbek xalqi qadimdan boshqa xalqlar bilan hamkorlikda, qo‘shnichilikda yashab kelgan. Shunga ko‘ra, tilimizda ayrim komponentlari arabcha, forscha yoki ruscha-baynalmilal bo‘lgan, hatto har ikkala qismi ham muayyan (o‘zbek tilidan boshqa) til materialidan yasalgan qo‘shma so‘zlar va terminlar uchraydi. Demak, qo‘shma terminlarning komponentlari genetik materialiga ko‘ra turlicha. Shunga ko‘ra, ya’ni qo‘shma terminlarni ularni tashkil etgan komponentlarining kelib chiqish materialiga ko‘ra ikki guruhga ajratish mumkin: 1) bir tildagi qatlamga mansub so‘z birliklaridan hosil etilgan qo‘shma terminlar; 2) turli tillarga mansub so‘z birliklaridan hosil etilgan qo‘shma terminlar.
1. Komponentlari bir leksik qatlamga mansub so‘z birliklaridan hosil etilgan qo‘shma terminlar.Bunday qo‘shma terminlar ham, o‘z navbatida, ikkiga bo‘linadi: