Termiz – 2020 mund а r I j а


Rivojlangan Sharq mamlakatlari ijtimoiy-iqtisodiy hayotini modernizatsiyalashda fuqarolik jamiyati instutlarining o‘rni



Yüklə 480,36 Kb.
səhifə112/128
tarix02.01.2022
ölçüsü480,36 Kb.
#41656
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   128
Fuqoralik Jamiyati maruza

3. Rivojlangan Sharq mamlakatlari ijtimoiy-iqtisodiy hayotini modernizatsiyalashda fuqarolik jamiyati instutlarining o‘rni

Yaponiyada fuqarolik jamiyatini aniq belgilarini namoyon etuvchi qarashlar asosan XIX asrning oxirlaridan boshlab ilgari surilgan. Yaponiyada fuqarolik jamiyati institutlari faoliyati asosan 1960 yildan boshlab rivojlangan bo‘lsada aynan 2006 yildan boshlab rivojlangan G‘arb davlatlaridan farq qiladigan o‘ziga xos fuqarolik jamiyati modelini takomillashtirishga alohida e’tibor qaratilgan.

Yaponiyada rivojlantirilayotgan fuqarolik jamiyati “ongli va mas’uliyatli faoliyat yuritish” tamoyiliga asoslangan. Shuningdek, “davlat-iqtisod (bozor)-fuqarolik jamiyati” modeli ustuvor ahamiyat kasb etadi. Yaponiyada joylardagi davlat hokimiyati organlari NNTlar orasida ijtimoiy ahamiyatga ega muammolarni hal etishga qaratilgan turli dastur va loyihalarni e’lon qilishni ko‘zda tutuvchi tanlovlarni o‘tkazish huquqiga ega.

Hozirgi davrda Yaponiyada fuqarolik jamiyati institutlari asosan quyidagi vazifalarni bajaradi:

1.Ijtimoiy sarmoyalarni shakllantirish va ko‘paytirish;

2.Aholiga nisbatan qo‘llanilayotgan ijtimoiy xizmatlarni kengaytirishni qo‘llab quvvatlash;

3.Jamiyatdagi turli maqsadli faoliyat bilan shug‘ullanayotgan muayyan guruhlarni qo‘llab quvvatlash va mehnat uyushmalari faoliyatini kengaytirish;

4.Yaponiyada hududiy assotsiatsiyalar faoliyatini kuchaytirish va ularni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashga erishish;

5.Yaponiyada mavjud siyosiy tizim va partiyalar faoliyatini takomillashtirish;

6.Davlat va bozor munosabatlaridan mustaqil bo‘lgan iste’molchilar jamiyatini rivojlantirishga erishish;

7.Atrof-muhitni muxofaza qilish, axoli salomatligini yaxshilash va mavjud demografik muammolarni oqilona hal etish;

8.Global moliyaviy-iqtisodiy inqiroz va ekologik muammolarni tadqiq etuvchi muassasalar faoliyatini takomillashtirish va h.k.

Yaponiyadan farqli ravishda Xitoyda fuqarolik jamiyatini rivojlantirishning retrospektiv xususiyatlari va siyosiy islohotlar tadriji bu hududa yashovchi insonlarni fuqarolik madaniyatini shakllantirishda muhim o‘rin tutadi. Bu yerda eng muhim narsa shuki Xitoyda fuqarolik jamiyati tizimida "bozor" va "ijtimoiy" sohani o‘zaro aloqadorlikda bosqichma-bosqich rivojlanishi alohida ahamiyat kasb etadi. Xitoyda davlat va jamiyat o‘rtasidagi munosabatlarni rivojlantirish asosan 1949 yildan boshlab asosiy bosqichni bosib o‘tgan bo‘lsada, avvalo fuqarolik jamiyati institutlarining dastlabki tuzilmalari faoliyati asosida Xitoy ma’muriy tizimini mustahkamlashga e’tibor qaratilgan. 1989 yildan boshlab Xitoyda fuqarolik jamiyati institutlari faoliyati keng miqyosda tashkil etilgan.

Xitoyda fuqarolik jamiyatining rivojlanishida bir qancha to‘siqlar mavjud, ulardan biri – xitoy madaniyatida fuqarolik jamiyati an’analarining oldin mavjud bo‘lmaganligi. Buning yechimi, kaliti Xitoy “xalq jamiyati”ni “fuqarolik” jamiyatiga – “xalq”ni “fuqaro”ga almashtirish kerak. Xitoyning siyosiy jihatdan rivojlanishi fuqarolarda fuqaroviy ong va fuqarolik madaniyatini tarbiyalash, siyosiy tizimni isloh qilish va demokratiyani rivojlantirish bilan xarakterlanadi. Xitoy sotsiologlarining fuqarolik jamiyati tushunchasiga munosabati ham o‘ziga xosdir. Chunki bu mamlakatda fuqarolik jamiyati nodavlat va davlatdan tashqari tashkilotlar sifatida jamoaviy o‘z-o‘zini boshqarish asosni tashkil qiladi.

Ularning fikricha, fuqarolik jamiyati – asta-sekin qudratli davlatning bozor va ijtimoiy munosabatlar sohasidan chetlashtirilishi, fuqarolik jamiyatining muhim komponentlaridan biri fuqaroviy-ijtimoiy tashkilotlar kabi shakllarinishi va rivojlanishi bilan bog‘liqdir. Xitoyda fuqarolik jamiyati shakllanishi tarixi – buyuk va qudratli davlatning iqtisod va ijtimoiy munosabatlar sohasidan chetlashishi, fuqarolik jamiyatining yana bir muhim komponenti, fuqaroviy-ijtimoiy tashkilotlarning paydo bo‘lishi va rivoji bilan bog‘liq. Shu sababli, bugungi xitoy olimlari Xitoyda siyosat va ma’muriy boshqaruvda yangi tendensiyalarni shahar va qishloq joylariga tadbiq qilish orqali fuqarolik jamiyatini rivojlantirish mumkinligini alohida ta’kidlab o‘tmoqdalar .

Xitoyda mavjud bo‘lgan barcha shahar va mikrorayonlarni jamoat tashkilotlari sayi harakatlari bilan rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Shuning uchun ham bu tashkilotlarning demokratik o‘z-o‘zini boshqarish asoslarining yaratishdagi o‘rni beqiyos hisoblanadi. Oxirigi o‘n yilliklarda Xitoy siyosiy boshqaruvida jiddiy o‘zgarishlar ro‘y bermoqda. Xususiy sektor va nodavlat tashkilotlarning xitoyliklar hayotida tobora ahamiyati oshib borayotganligi sababli davlat siyosiy boshqaruv sohasida jiddiy o‘zgarishlar sodir bo‘lmoqda. Xususan, partiya va hukumat rahbarlarining demokratik asosda saylanishi tartibi XXR hududlarida samarali davlat boshqaruvini amalga oshirishga ko‘maklashmoqda. O‘z navbatida Xitoy davlati boshqaruvida qayta aloqa tamoyilini amalga oshirishga harakat qilinmoqda. Bunda alohida e’tibor har nima bo‘lgan ham davlatning umumiy siyosiy barqarorligiga erishishga qaratilmoqda .

Uzoq Sharqda konfutsichilik ana’analarini saqlab qolgan va milliy qadariyatlar tizimiga qat’iy amal qiladigan davlat Janubiy Koreya hisoblanadi. Bu davlatda fuqarolik jamiyati jamoaviylik tamoyiliga asoslangan holda rivojlantirib borilmoqda. Fuqarolik jamiyati institutlari ijtimoiy-siyosiy barqaorlikni ta’minlashga xizmat qilishi bilan bir qatorda davlat va jamiyat munosabatlarini modernizatsiya qilishda muhim o‘rinni egallaydi. Janubiy Koreyada fuqarolik jamiyatini rivojlantirish maqsadida liberal demokratik tamoyillarni ana’naviy jamiyat boshqaruvi me’yorlari bilan uyg‘un holda tadbiq qilishga alohida e’tibor qaratilgan. Shuning bilan bir qatorda bu mamlakatda rivojlanayotgan fuqarolik jamiyati instutlari “xukumat-fuqaro-huquq” modelidan kelib chiqqan holda faoliyat yuritadi.

Insoniyat tarixida katta hududlarni egallagan rivojlangan mamlakatlar bilan bir qatorda kichik davlatlar ham mavjud. Singapur aynan shunday shahar-davlat hisoblanadi. Singapur qishloq xo‘jaligi yoki biror tabiiy resurslariga ega emas, ammo suvni ham import qilishga majbur bo‘lgan Singapur o‘z mahsulotlarini Rossiyadan uch barobar ko‘p miqdorda eksport qiladi. Daromadi bo‘yicha aholi jon boshiga 45 ming dollardan ziyodni tashkil qilayotgan bu mamlakat jahonda yetakchilik qilmoqda. Xalqaro ilmiy tadqiqot markazlari tomonidan o‘tkazilgan so‘rovlar natijasida Singapurda korrupsiya va jinoyatchilik ko‘rsatkichi jahonda eng quyi darajada ekanligi aniqlangan. Singapur respublikasi – qirq yillik milliy suverenitetidan keyin rivojlanayotgan emas, “rivojlangan mamlakat” maqomini olgan Janubiy-Sharqiy Osiyodagi yagona mamlakatlardan biri hisoblanadi .

Hozirgi davrda Singapur – yuqori farovonlikdagi hayot tarziga ega yirik ishlab chiqarish markazidir. Bu yerda siyosiy jarayon uch ketma-ket bosqich bo‘yicha rivojlanib borgan. Birinchi bosqichda avtoritar rejim joriy etilgan bo‘lsa, ikkinchi bosqichda esa iqtisodiy rivojlanishga urg‘u berilgan, shuningdek jiddiy siyosiy masalalar ayni shu bosqichda hal etilgan. Uchinchi bosqichda 14 – ishlab chiqarish modernizatsiyasi amalga oshirilgan va siyosiy tizim yanada takomillashtirilgan.

Siyosiy jarayoning asosiy ishtirokchisi sifatida davlat, fuqarolik jamiyati, siyosiy partiya va jamoat tashkilotlarining samarali hamkorligi bu davlatda yaxshi yo‘lga qo‘yilgan. Singapur davlatida ijro hokimiyati qonun chiqaruvchi hokimiyat ustidan nazorat o‘rnatgan. Chunki aynan davlat vazirliklar orqali muhim strategik qarorlarni qabul qilish va boshqa ijtimoiy-iqtisodiy sohalar ustidan nazoratni amalga oshirish va monopoliya huquqlaridan foydalanadi. Hukumat va jamiyat bilan vositachi sifatida aynan siyosiy partiyalar faoliyat olib boradi. Singapurda Yevropa namunasi asosida ko‘p partiyaviylik va xalq harakati ustunlik qiladi. Singapurda barcha partiyalar konstitutsion-huquqiy rasmiylashtirilgan va qonuniy maqomga ega bo‘lib siyosiy jarayon va demokratiyaning ajralmas atributi hisoblanadi .

Singapur davlatining keyingi rivoji jamiyatni demokratlashtirish bilan bog‘liq. Oxirgi yillarda bu yerda demokratiyani takomillashtirish davlat strategiyasi aniqlab olindi. Bular quyidagi islohotlarni amalga oshirishda o‘ziga xos o‘rinni egallaydi:

- jamiyatning ijtimoiy yaxlitligini mustahkamlash;

- yagona singapur millatini shakllantirish;

- iqtisodiy taraqqiyot, ta’lim tizimini modernizatsiyalash;

- korrupsiya bilan kurash.

Mazkur yo‘nalishlar demokratik jamiyat qurishning asosiy sharti hisoblanadi. Davlat bilan birga siyosiy tuzilma tashqarisida shakllanuvchi fuqarolik jamiyati bu davlatda katta o‘rin tutadi. Singapur hukumati demokratik, biroq o‘ta markazlashgan va qat’iy boshqariluvchi davlat doirasida xalq mandatini saylovlar orqali qo‘lga kiritib borgan. Ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot esa demokratik qadriyatlarning shakllanishiga asos bo‘lgan, hukumat tepasiga yangi siyosiy yetakchilar avlodining kelishi bu davlatda o‘ziga xos fuqarolik jamiyatini rivojlantirishga sharoit yaratib berishi mumkin .

Singapurda samarador davlat boshqaruvi va fuqarolik jamiyatini rivojlantirishda quyidagi islohotlarga alohida e’tibor qaratilgan:


Yüklə 480,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   128




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin