Termiz – 2020 mund а r I j а


Sohibqiron fikricha, davlat



Yüklə 480,36 Kb.
səhifə16/128
tarix02.01.2022
ölçüsü480,36 Kb.
#41656
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   128
Fuqoralik Jamiyati maruza

Sohibqiron fikricha, davlat boshqaruvida yana bir muhim qonuniyat – qonun ustuvorligi. “Qat’iy tartib va qonunlarga amal qilishim baxt-saodatim kaliti bo‘ldi”.

Bosh qonunlar sifatida diniy ahkomlarni va ular asosida yozilgan fikrlarni bilgan. Buning barchasi buyuk Temur adaolatli va fozil boshqaruvga alohida e’tibor qaratganligini ko‘rsatib turibdi.

Komil insonlar jamiyati haqidagi g‘oyalar Alisher Navoiy (1441–1501) siyosiy va adabiy faoliyati asosi bo‘lib xizmat qildi. A.Navoiy ideal ijtimoiy-iqtisodiy tuzum haqidagi qarashlarini o‘zining “Saddi Iskandariy”, ― “Mahbub ul qulub”, “Payg‘ambarlar” va “donolar tarixi” va b. asarlarida yoritgan.

Ijtimoiy-iqtisodiy tuzum muammolarini faqat adolatli hukmdor boshqarayotgan va qonun ustuvor bo‘lgan mamalkatda amalga oshishi mumkin. Shunday qilib, A.Navoiy uchun adolat va qonun ijtimoiy taraqqiyotning asosi hisoblanadi.

Uning konsepiyasida hukumdor shaxsi alohida ahamiyat kasb etadi. Fazilatli va ideal shaxs haqida mulohaza yuritar ekan Navoiy o‘ziga xos insonparvar nazariyani yaratadi. O‘z nazariyasida mutafakkir, bir tomondan hukumdor va bog‘bonni, boshqa tomondan davlat va bog‘ni solishtiradi. Unga ko‘ra, agar bog‘bon aqlli va mehnatsevar bo‘lsa, uning bog‘i gullab-yashnaydi. Huddi shunday agar mamlakatning aqlli, dono, adolatli, xalqi uchun qayg‘uradigan va uni sevadigan hukumdori bo‘lsa, u rivojlnib farovonlashadi.

U nazariyotchi va amaliyotchi sifatida davlat siyosatining adolatli asoslari va uning ma’naviy mezonlarini rivojlantirishga katta hissa qo‘shadi. Ayniqsa, adolatsizlik va zulm davlatni tanazzulga, jamiyatni jaholatga olib kelishi to‘g‘risidagi qarashlari o‘z ifodasini topadi: «...davlat ishi bilan mashg‘ul bo‘lgan amaldorlik chog‘larimda ko‘ngil mulkini turli odamlarning hujumi bulg‘aladi. Goh amirlik o‘rnida o‘tirdim va hukumat mahkamasida xalqning arz-dodini so‘rdim va goh podshoh yonida vazirlik qildim va menga umidvor nazar bilan qarab turgan elga muruvvat ko‘rsatdim» deydi.



Adolatli jamiyat shakllanishining asosiy omili sifatida Navoiy insoniy fazilatlar: adolatlilik, rahmdillik, mehnatsevarlik, rostgo‘ylik, vatanparvarlik, vijdonlilik, insonparvarlik va jasoratni keltirib o‘tadi.


Yüklə 480,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   128




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin