Termiz – 2020 mund а r I j а


Jinoiy jazolarni liberallashtirish – qonun ustuvorligining muhim sharti



Yüklə 480,36 Kb.
səhifə47/128
tarix02.01.2022
ölçüsü480,36 Kb.
#41656
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   128
Fuqoralik Jamiyati maruza

3. Jinoiy jazolarni liberallashtirish – qonun ustuvorligining muhim sharti.

Mustaqillikka erishgandan keyin Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov tomonidan insonparvarlik, adolatparvarlik g‘oyalariga asoslangan jinoyat, jinoyat protsessual qonunlarini takomillashtirishga, jinoiy jazolarni liberallashtirishga qaratilgan bir qator qonun loyihalari Oliy Majlisga kiritildi. Ularning qabul qilinishi esa mamlakatimiz ijtimoiy hayotida o‘zining ijobiy samarasini bermoqda.

Ayniqsa, jinoiy jazolarni liberallashtirish borasida jinoiy jazo tizimidan o‘lim jazosini chiqarib tashlash borasidagi say’-harakatlar muhim o‘rin tutadi. Sud-huquq tizimini liberallashtirish to‘g‘risida Prezidentimiz “Sud-huquq tizimini liberallashtirish borasida biz hal etishimiz lozim bo‘lgan yana bir masala – bu jazolash tizimidan o‘lim jazosini chiqarib tashlashdir” deganda aynan shu harakatlarni nazarda tutgan edi.

Ma’lumki, 1995 yilgacha amal qilgan Jinoyat Kodeksida 33 ta jinoyatga o‘lim jazosi qo‘llanilar edi. Keyingi Jinoyat Kodeksida esa ularning 13 tasi saqlanib qoldi, ya’ni 20 ta turdagi jinoyatdan o‘lim jazosi olib tashlandi. Jumladan, ayollar, oltmish yoshdan oshgan erkaklar va voyaga yetmaganlarga nisbatan bu jazo qo‘llanilmaydi. Shuningdek, o‘lim jazosi avf etish tartibida yigirma besh yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish bilan almashtirilishi mumkin (JK ning 51-moddasi). Ana shu ustuvor vazifadan kelib chiqib, 1998 yilda Jinoyat Kodeksidagi 5 ta moddadan o‘lim jazosi olib tashlandi. 2001 yilda yana to‘rtta moddaga jazo qisqartirildi. 2004 yilda esa bu jazo bor-yo‘g‘i ikkita, ya’ni aybni og‘irlashtiruvchi holatda qasddan odam o‘ldirish va terrorizm jinoyatlari uchun tatbiq etiladigan bo‘ldi. Bular mamlakatimizning xalqaro huquq sub’ekti sifatida xalqaro hujjatlarga zikr etilgan majburiyatlarni so‘zsiz bajarishga inti-layotganining amaldagi isbotidir. Hozirgi kunda 100 ga yaqin davlatning qonunchiligida o‘lim jazosi bekor qilingan. Jumladan, Shvetsiya va Finlandiya 1972 yilda, Germaniya1949 yilda, Fransiya 1981 yilda, 1990 yillardan boshlab Irlandiya, Vengriya, Ruminiya, Chexiya, Slovakiya, Shveysariya, Gretsiya, Polsha, Moldova, Italiya, Ispaniya davlatlari o‘lim jazosidan voz kechgan. Bundan tashqari, 30 dan ortiq davlatning qonunchiligida o‘lim jazosi mavjud bo‘lsada, amaliyotda qo‘llanilmaydi.

O‘lim jazosini bekor qilish o‘ta murakkab masala bo‘lib hisoblanishini Prezident Islom Karimov ta’kidlab, “Birinchi navbatda aholi o‘rtasida tushuntirish ishlarini olib borish lozim, chunki bugungi kunda ularning ko‘pchiligi, o‘lim jazosining bekor qilinishiga qarshi. Ikkinchidan, o‘lim jazosi o‘rniga umrbod yoki uzoq muddatli jazoni o‘tashga hukm qilinadigan shaxslar uchun tegishli joylar qurish kerak”, degan fikrga alohida e’tibor qaratish lozim. O‘lim jazosini bekor qilish masalasini aholiga tushuntirib berish ham anchagina murakkab jarayon bo‘lib, bu ishga huquqshunoslar, mutaxassislar, siyosatshunos, psixolog va boshqa ko‘pgina mutaxassislar jalb qilinishi lozim. Shuningdek, Prezidentimiz yuqorida ta’kidlaganidek, o‘lim jazosi o‘rniga sud tomonidan umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan mahbuslar jazosi alohida koloniyada o‘tashi lozim bo‘lganligi sababli ularni saqlash bilan bog‘liq jazoni o‘tash muassasasini qurib bitkazish uchun budjetdan tegishli mablag‘ ajratilishi va binoni tayyorlash ham ma’lum muddat talab etadi. Shu sababli ham davlatimiz rahbari o‘lim jazosini bekor qilish bilan bog‘liq barcha tashkiliy-huquqiy jarayonlar 2-3 yil ichida amalga oshirish mumkinligini bildiradi.

Xulosa o‘rnida aytish mumkinki, inson hayoti dunyodagi eng oliy qadriyat hisoblanadi. Zero, hayot har bir insonga bir marotaba beriladi, shuning uchun ham undan mahrum etishga hech kim qodir emas, degan tushunchani barchaning ongiga singdirish lozim. Shu bois barcha islohotlar va qonunlar inson manfaatlariga xizmat qilishini nazarda tutsak, o‘lim jarayonining jazo tizimidan olib tashlanishi har tomonlama adolatlidir.

Binobarin, davlatimiz rahbarining 2005 yil 1 avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasida o‘lim jazosini bekor qilish to‘g‘risida”gi Farmoni mamlakatimizda inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ustuvor qadriyat sifatida mustahkamlash yo‘lida qo‘yilgan navbatdagi xayrli qadam bo‘ldi.

2001 yil 29 avgustda qabul qilingan “Jinoiy jazolarning liberallashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining jinoyat, Jinoyat protsessual kodekslari hamda Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi Qonun bilan jinoyatlarni tasniflash, yengillashtirish ma’nosida takomillashtirildi, yarashtiruv instituti joriy etildi. Jinoyat kodeksida o‘lim jazosini nazarda tutuvchi moddalar soni keskin kamaytirildi, mol-mulkni musodara qilish jinoiy jazo sifatida bekor qilindi va shu kabi inson huquqlarini himoya qilishga qaratilgan qator chora-tadbirlar qo‘llanildi.

Yurtboshimiz tomonidan “Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi”ning e’lon qilinishi esa bu boradagi islohotlarning yangi bosqichni boshlab berdi.

Mazkur konsepsiyaning ikkinchiustuvor yo‘nalishi sud-huquq tizimini isloh etishga bag‘ishlangan bo‘lib, bu borada ham tizimda bir qator islohotlar amalga oshirildi. Jumladan, Odil sudlovning yangi tizimi shakllantirildi va sudlar ixtisoslashtirildi.

Shular qatorida Advokatura instituti ham isloh etildi.O‘zbekiston Respublikasi Advokatlar Palatasi tashkil etildi. Advokatlarga qo‘yiladigan kvalifikatsion talablari va advokatlik faoliyatiga ta’sir o‘tkazishga qaratilgan harakatlar uchun javobgarlik kuchaytirildi. Mamlakatimizda mazkur yo‘nalishda olib borilayotgan islohotlarning barchasi qonun ustuvorligi – fuqarolik jamiyatini shakllantirishning asosiy tamoyillaridan biri ekanligining yorqin dalilidir.


Yüklə 480,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   128




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin