1.Ijtimoiy innovatsiya iborasining mazmun-mohiyati
Ijtimoiy innovatsiyalar xususidagi qarashlar XX asrning 60 yillarida Piter Druker va Maykl Yang singari olimlarning qarashlarida muhokama qilina boshlandi.
70 yillarga kelib esa ushbu termin fransuz olimlarining ilmiy-ijodiy ishlarida ham ishlatila boshlangan. Shunday bo‘lsada ijtimoiy innovatsiya xususidagi qarashlar va uning konsepsiyalari ushbu olimlarning ilmiy ishlaridan birmuncha oldin tadqiq etila boshlagan. Jumladan, Benjamin Franklin kundalik muammolarni hal qilishda yordam beradigan kichik ijtimoiy tashkilotlarning o‘rni muhim ekanligini ta’kidlab o‘tgan bo‘lsa, kasaba uyushmalarining asoschisi va ijtimoiy sohada amalga oshirilayotgan yangiliklrni rag‘batlantirish tarafdori Robert Oven, Karl Marks, Maks Veber va boshqa shu kabi ijtimoiy soha vakillari ijtimoiy yangiliklar jamiyat tarraqqiyotining muhim omili ekanligini ta’kidlab o‘tganlar.
Dostları ilə paylaş: |