Oq Husayni
xalq selektsiyasida etishtirilgan
o‘rtapishar xo‘raki
uzum navi. Vatani
O‘rta Osiyo.
Sharqiy ekologik-
geografik navlar guruhiga kiradi.
O‘zbekiston,
Tojikiston, Turkmaniston, Rossiyaning Stavropol
ь
o‘lkasi va boshqa joylarda tarqalgan.
Parkent
Parakati, Pushti Parkati
—
o‘rtagi mahalliy xo‘raki uzum
navi.
Xalq
seleksiyasi
(Toshkent viloyati Parkent
tumani)da yaratilgan.
Sharqiy
ekologik-geografik
navlar
guruhiga mansub.
Barglari
o‘rtacha va yirik
kattalikda,
keng
panjasimon
yoki
yumaloq shaklda, chetlari
qirrali,
ba’zan qirrasiz. Guli
ikki jinsli. Uzum boshi yirik,
tsilindrsimon,
zichligi
o‘rtacha
Charos
erta
o‘rtapishar mahalliy, xo‘raki uzum navi.
O‘rta Osiyoda keng tarkalgan. Sharqiy
ekologik-geografik navlar guruhiga kiradi.
Tupi kuchli
o‘sadi. Bargi yirik, to‘garak,
o‘rtacha va kam kertikli, usti to‘q, orqasi och
yashil, tuksiz. Guli funktsional
urg‘ochi. Uzum
boshi
o‘rtacha
va yirik, tig‘iz, 300—400 g.
G‘ujumi
yirik,
dumaloq
tuxumsimon,
ko‘kimtir qora, seret, shirin, po‘sti qalin.
Tarkibida qand miqdori 21
—23%, nordonligi
5,5
— 8%, iyulь—avgustda pishadi.
Hosildorligi 80
—100 ts/ga. Asosan, yangiligida
etiladi.
Rag‘aga chidamsiz. Toshkent, Farg‘ona,
Andijon va Namangan viloyatlarida ekiladi.
Oq kishmish
o‘rtapishar, mayizbop uzum navi. Vatani —
Markaziy Osiyo va Yaqin Sharq. Uning
Kishmishi Safed, Bedona mayiz, Kishmish,
Sultonina (Frantsiya), Tompsson Sidlesse
(AQSh) nomlari bor. Sharqiy ekologik-
geografik navlar guruhiga kiradi. Tupi kuchli
o‘sadi. Bargi o‘rtacha kattalikda, dumaloq,
3
—5 bo‘lakchali, guli ikki jinsli. Uzum boshi
o‘rtacha kattalikda (bo‘yi 17, eni 10 sm),
shakli tsilindr-konussimon, shingillari zich.
G‘ujumi urug‘siz, yumaloq, rangi och sariq,
yupqa, karsillaydi. Sentyabr
ь
boshlarida
to‘liq pishadi. Tarkibida 25—26% qand, 4—
4,5 g/l kislota bor. Oq kishmish navi
qurg‘oqchilikka
chidamli,
sovuqqa
chidamsiz. Kul, atrakioz, barg
o‘rovchilardan
zararlanadi. Hosildorligi 200
—250 ts/ga.
Uzumi yangiligida eyiladi, mayiz qilinadi.
O‘zbekistonning
barcha
viloyatlarida
rayonlashtirilgan.
Samarqand
viloyatida
ko‘p ekiladi.