Termiz tumani 2023-yil Mundarija Laboratoriya mashg‘ulotlarida ishlashdagi texnika xavfsizligi qoidalari bilan tanishish---------------------------------------------------------------------------------- 3
Laboratoriya mashg‘ulotlari mavzulari Mikroskopning tuzilishi, foydalanish qoidalari. Preparat
tayyorlash. O‘simliklar hujayrasi tuzilishi. Sitoplazma
organoidlari. Plastidalar, sitoplazmaning zahira oziqa moddalari-----------------4
Yadro tuzilishi va hujayraning bo‘linishi. Hujayra
shirasining tarkibi Turgor va plazmoliz hodisasi. Hujayra
po‘stining shakl o‘zgarishlari---------------------------------------------------------11
Ildiz anatomiyasi. Ildizning birlamchi va ikkilamchi
anatomik tuzilishi-----------------------------------------------------------------------18
Novda, poyaning o‘zgarishlari, birlamchi va ikkilamchi anatomik
tuzilishi (makkajo‘xori va bug‘doy misolida)---------------------------------------23
Bargning anatomik tuzilishi, (g‘o‘za va makkajo‘xori misolida)----------------32
Changlanish va urug‘lanish. Qo‘sh urug‘lanish jarayoni-------------------------39
Laboratoriya mashg‘ulotlarida ishlashdagi texnika xavfsizligi qoidalari. Laboratoriya mashg‘ulotlarda ishlashdagı texnıka xavfsızlık qoidaları talabalarga tanishtiriladi va xonaning ko‘rinadigan joyiga osib qo‘yiladi.
Ish jarayonida himoya vositalari bo‘lishi shart.
Uchuvchan moddalar bilan ehtiyotkorlik bilan ishlash lozim.
Moddalarni shisha idishlarda qizdirilganda ularni quruq joyga qo‘ying.
Ohistalik bilan qizdiring. Idish darz ketib, sinishi mumkin.
Qattiq yoqilg‘ini ishlatib bo‘lgach, uni maxsus qopqoq bilan berkitib
o‘chirish lozim.
Himoya ko‘zoynagini taqishni unutmang. Reaksiya jarayonini kuzatayotganingizda probirkani yuzga yaqinlashtirmaslik lozim.
Moddalarni ta’mini tatib ko‘rish ta’qiqlanadi.
Laboratoriya mashg‘ulotlar paytida moddalarni qopqog‘ini almashtirib qo‘yish mumkin emas.
Kislotalar bilan ishlaganda ehtiyot bo‘lish lozim. Sachrab ketib ko‘ngilsiz hodisalar ro‘y berishi mumkin.
Xonada elektr tarmoqlarini sozligini doimiy nazorat qilish lozim. Ishni bajarib bo‘lgach asboblarni tarmoqdan uzishni unutmang.
Laboratoriya mashg‘ulotlar faqat o‘qituvchining nazorati ostida bo‘lishi shart.
Laboratoriya mashg‘ulotlarda idish va asboblarini doimo toza saqlash, tajriba oxirida ularni tozalab o‘z o‘rniga qo‘yish lozim.
Tajriba vaqtida baxtsiz hodisalar ro‘y bersa, darhol birinchi yordam ko‘rsatish uchun xonada zarur dori vositalari, paxta, bint, spirt va h.k. bo‘lishi kerak.
O‘simliklarda kechadigan fiziologik jarayonlarni kuzatish uchun tayyorlanadigan vaqtinchalik preparatlar qoldiqlarini maxsus chiqindi idishga to‘kish lozim.
Tajribani bajarib bo‘lgach asbob va jihozlar tozalanib, ish o‘rnini yig‘ishtirib, tajriba natijasini amaliy mashg‘ulotlar daftarga yozib qo‘yish kerak.