Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish instituti


Laboratoriya mashg‘ulotlarda ıshlatiladıgan asbob va jıhozlar



Yüklə 5,19 Mb.
səhifə3/22
tarix05.09.2023
ölçüsü5,19 Mb.
#141519
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
Laboratoriya (2)

Laboratoriya mashg‘ulotlarda ıshlatiladıgan asbob va jıhozlar






Laboratoriya mashg‘ulotlari mavzulari
1-Mavzu. Mikroskopning tuzilishi, foydalanish qoidalari. Preparat tayyorlash. O‘simlik hujayrasining tuzilishi. Sitoplazma organoidlari. Plastidalar. Sitoplazmaning zahira oziq moddalari.


Mavzuning maqsadi. Mikroskopning qismlari bilan tanishtirish. Mikroskop bilan ishlashni va har хil prеparatlar tayyorlash qoidalarini o‘rgatish. Hujayralarning shaklini, tuzilishini, piyoz po‘sti va paхta tolasi hujayralari misolida o‘rganish. Sitoplazma organoidlari haqida umumiy tushuncha bеrish. Plastidalarning tuzilishini, ularning vazifalarini shirin qalampir mеvasi misolida o‘rgatish.
Kerakli asbob va jihozlar: mikroskop, buyum va qoplag‘ich oynalar, pipеtka, prеparoval nina, suv, yod, glitsеrin, spirt, toluol, ksilol, fil’tr qog‘oz, balzam, oddiy qog‘oz, pintsеt, har hil rangli qog‘ozlar, ildiz, poya, barg yoki o‘simlik bo‘laklari.
Mikroskop, zarrabin (mikro... va yun. skopeo — qarayman) — mikrozarralarni, koʻzga koʻrinmaydigan juda mayda narsalarni kattalashtirib kursatadigan optik asbob. M.ning kattalashtirishi difraksion hodisalar (qarang Difraksiya) tufayli cheklangan; u atigi 1500—2000-martani tashkil qiladi. https://teletype.in/@cityofmanchester/1o4poLe5-xW
Odam koʻzi 250 mm uzoqlikdagi zarralar ortasidagi masofani 0,08 mm gacha aniklikda farq qila oladi (bu raqam koʻpchilik odamlarda 0,20 mm ni tashkil etadi). Lekin mikroobʼyekt lar (bakteriya, mayda kristallar va boshqalar) oʻlchami bundan ham kichik. Shu sababli, elementlari orasidagi masofa 0,25 mkm li strukturalarni farq qilishga imkon beradigan (yaʼni ajratish qobiliyati 0,25 mkm boʻlgan) M. mavjud (elektron M.niki — 0,01—0,1 nm). Ikki linzadan iborat tizimning tasvirni kattalashtirib berishi 16-asrdayoq Niderlandiya va Italiyadagi koʻzoynaksoz ustalarga maʼlum boʻlgan, (ikki linzali M.ni niderland ustasi 3. Yansen 1590-yilda kurgan), lekin birinchi M.ni 1609—10 yillarda G. Galiley ixtiro qilgan, murakkab M.ning hisobini 1872-yilda E. Abbe qilgan. M.da obʼyektiv sifatida bir-biriga yopishtirilgan sferik linza va koma (tasvir buzilishi)ga toʻgʻrilangan axromatik linzalardan foydalaniladi. M.da koʻp linzali obʼyektiv emas, balki ikki linza orasiga maxsus tiniq suyuqlik quyilgan immersion obʼyektiv ishlatiladi. Immersion obʼyektivda nur sochilishi kamayadi. Ultrabinafsha, infraqizil spektr sohasida ishlatiladigan M. obʼyektivi yana ham sifatli boʻlishi zarur. M.da tekshiriladigan preparatlar oʻzidan yorugʻlik chiqarmaydi, shu sababli uni yoritish lozim. Obʼyektni yoritishning turli usullari mavjud. Uning yoritilishiga qarab tasvir kontrastlari (aniqligi) ortadi.

Yüklə 5,19 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin