Termiz davlat pedagogika instituti boshlang’ich ta’lim fakulteti boshlang‘ich ta’lim metodikasi kafedrasi matematika o‘qitish metodikasi fani bo‘yicha raqamli uslubiy ta’minot


Mavzuga doir didaktik topshiriqlar



Yüklə 15,75 Mb.
səhifə55/85
tarix24.10.2023
ölçüsü15,75 Mb.
#160229
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   85
Matematika o\'qitish metodikasi MAJMUA

Mavzuga doir didaktik topshiriqlar

1. 3- 4 – sinf matematika darsligidan foydalanib soda va murakkab masalalarni toping.


2. Sodda va murakkab masalalarning yechish rejasini tuzing.
3. Masalalarni har xil usullarda yeching.

1. Tarozining bir pallasida konfet solingan uchta bir xil paket va ikkita 3 kg lik tosh bor. Ikkinchi pallasida esa konfet solingan bitta shunday paket va ikkita 5 kg lik tosh bor. Agar tarozi muvozanatda bo‘lsa, konfet solingan bitta paketning og‘irligi qancha?


2. Tarozining bir pallasida bir xil uch banka olma sharbati va bitta 5 kg lik tosh bor. Ikkinchi pallasida esa shunday ikki banka sharbat va to‘rtta 2 kg lik tosh bor. Agar tarozi muvozanatda bo‘lsa, bir banka olma sharbatining og‘irligi qancha?


3. Bir kishi 4 kg olma sotib oldi. Pul to‘laganda sotuvchidan 40 so‘m qaytim oldi. Agar bu kishi 6 kg olma olganda edi, yana 40 so‘m to‘lashi kerak bo‘lar edi. 1 kg olma qancha turadi?
4. Avtobazada turgan yuk mashinalar avtobuslarga qaraganda 46 ta kam. Agar avtobazadagi yuk mashinalar avtobuslarga qaraganda 3 marta kam bo‘lsa, yuk mashinalar nechta?
5. Arqon ikki bo‘lakka shunday bo‘lindiki, birinchi bo‘lagi ikkinchisidan 4 marta uzun bo‘ldi. Agar birinchi bo‘lagi ikkinchisidan 18 m uzun bo‘lsa, har qaysi bo‘lakning uzunligi qancha?
6. 2 ta avtobusda 69 ta yo‘lovchi bor. 1- avtobusdan 5 ta, 2- avtobusdan 7 ta yo‘lovchi tushgandan keyin, 1- avtobusda 2- sidan 2 marta kam yo‘lovchi qoldi. Har bir avtobusda qancha yo‘lovchi bo‘lgan?
7. Agar har bir uyning oldiga 7 tupdan daraxt ko‘chati o‘tqazilsa, u holda 50 tup ko‘chat yetmaydi. Agar 5 tupdan o‘tqazilsa, 10 tup yetmaydi. Ko‘chada nechta uy bor?
8. 4- sinf o‘quvchilari futbol to‘pi sotib olishmoqchi bo‘lishdi. 5 so‘mdan pul yig‘ishganda to‘plangan pul futbol to‘pi narxidan 15 so‘m kam bo‘lib qoldi. 6 so‘mdan yig‘ishganda, to‘plangan pul futbol to‘pi narxidan 7 so‘m ortiq chiqdi. Sinfda nechta o‘quvchi bor va to‘pning narxi necha so‘m?
9. Otasi 41 yoshda, katta o‘g‘il 13 yoshda, qizi 10 yoshda, kenja o‘g‘li 6 yoshda. Necha yildan keyin otasining yoshi bolalari yoshlari yig‘indisiga teng bo‘ladi?

Yüklə 15,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   85




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin