Termiz davlat pedagogika instituti boshlang’ich ta’lim fakulteti boshlang‘ich ta’lim metodikasi kafedrasi matematika o‘qitish metodikasi fani bo‘yicha raqamli uslubiy ta’minot


Mavzuga doir didaktik topshiriqlar



Yüklə 15,75 Mb.
səhifə52/85
tarix24.10.2023
ölçüsü15,75 Mb.
#160229
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   85
Matematika o\'qitish metodikasi MAJMUA

Mavzuga doir didaktik topshiriqlar

1. 1-4-sinf matematika darsligidan foydalanib simmetrik shakllarga doir misol va masalalarni toping.


2. Topgan masalalaringizni har xil usullarda ishlang.
3. Mavzuga doir didaktik topshiriqlar to‘plamini tuzing.
4. mavzuga oid dars parchasi yarating.
Berilgan (a) shaklda nechta uchburchak va nechta to'rtburchak bor? Shaklda nechta simmetriya o'qini o'tkazish mumkin?
a) b)
Tarozining ikki pallasiga (b) tarozi toshlari va o'lchanayotgan yuk qo 'yilgan. Noma'lum x va sonlar ishtirokida tenglama tuzing va uni yeching. Yuk massasi necha kilogramm bo’lganida tarozining ikki pallasi simmetrik joylashib qoladi?
.
Amaliy topshiriqlar
1. Toshbaqa ertalab 17 metrli chuqurlikka tushib ketdi. Har kuni kunduzi 5 metrga ko‘tariladi, kechasi esa 2 metrga sirg‘alib pastga tushadi. Toshbaqa necha kunda chuqurlikdan chiqadi?
2. Tomoni 35 mm bo‘lgan kvadrat chizing. Uning simmetriya o‘qlarini o‘tkazing. Kvadratga nechta
simmetriya o‘qini o‘tkazish mumkin?
3. 5 cm li to‘g‘ri chiziq chizing. Uning simmetriya o‘qini toping.
4. Aylana chizing. Aylana markazidan diametr o‘tkazing. Aylana diametri uning simmetriya o‘qi bo‘lishini tushuntiring.
5. Simmetriya o‘qiga nisbatan simmetrik bo‘lgan ikkita uchburchak chizing. Uchburchaklarning o‘zaro simmetrik bo‘lgan burchaklarini kesmalar yordamida tutashtiring.
6. a) Teng tomonli uchburchak chizing. Uning simmetriya o‘qini toping.
b) Teng yonli uchburchak chizing. Unga nechta simmetriya o‘qi o‘tkazish mumkin?
d) Turli tomonli uchburchak chizing. Unga simmetriya o‘qi o‘tkazish mumkinmi?
7. a) 9 ta cho‘pdan 4 ta teng a) 9 ta cho‘pdan 4 ta teng tomonli uchburchak yasang.
b) 9 ta cho‘pdan 5 ta teng tomonli uchburchak yasang.
8. a) Tomoni uzunligi 3 cm bo‘lgan kvadrat chizing. Uning qarama-qarshi burchaklarini birlashtirib, qanday uchburchak hosil bo‘lganligini tahlil qiling.
b) Tomonlari 2 cm va 4 cm bo‘lgan to‘g‘ri to‘rtburchak chizing. Qarama-qarshi ikkita burchaklarini birlashtiruvchi kesma o‘tkazing. Qaysi turdagi uchburchaklar hosil bo‘ldi?
9. ABCD va BKLC to‘rtburchaklar yuzini kataklar hisobida toping. DB diagonal o‘tkazilgach, hosil bo‘lgan ABD va DBC uchburchaklar yuzlarini taqqoslang. DBL uchburchak yuzini toping.




Yüklə 15,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   85




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin