Termiz davlat pedagogika instituti boshlang’ich ta’lim fakulteti boshlang‘ich ta’lim metodikasi kafedrasi matematika o‘qitish metodikasi fani bo‘yicha raqamli uslubiy ta’minot



Yüklə 15,75 Mb.
səhifə49/85
tarix24.10.2023
ölçüsü15,75 Mb.
#160229
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   85
Matematika o\'qitish metodikasi MAJMUA

Uyga topshiriq. Mavzuga doir masalalarni ishlab kelish.


6- AMALIY MASHG‘ULOT: GRAFIK KO‘RINISHDAGI OB’EKTLAR USTIDA ISHLASH METODIKASI. (2 soat)


Mashg‘ulot maqsadi: Grafik ko‘rinishdagi ob’ektlar ustida ishlash.Sodda grafiklar, diagrammalar, jadvallar bo‘yicha amaliy ko‘nikma hosil qilish.
Mashg‘ulot jihozi: Boshlang‘ich sinflar uchun DTS, dastur, darsliklar, kalendar reja.

. Amaliy ishlash uchun topshiriqlar:


1.Mavzu haqida qisqacha ma’lumot.
2.Mavzuga doir didaktik topshiriqlar.
3.Uyga topshiriq.
Mavzu haqida qisqacha ma’lumot.

Ma’lumotlarni doiraviy diagramma ko‘rinishida ham tasvirlash mumkin. Odatda, doiraviy diagrammalar bir butun narsaning tarkibiy qismlari orasidagi munosabatlarni ko‘rgazmali qilib tasvirlash uchun tuziladi.


Masalan, maktab jami o‘quvchilari sonining sinflar bo‘yicha taqsimlanishi, mamlakat aholisining milliy tarkibi, oilaning jami xarajatlaridagi turli xil xarajatlarning ulushi, qotishmadagi turli metallar ulushini tasvirlovchi doiraviy diagrammalar va hokazo.
1- misol. Massasi 12 kilogramm bo‘lgan aralashmaning 2 kilogrammini tuz, qolganini suv tashkil qiladi. Bu ma’lumotlar asosida doiraviy diagramma tuzing.
Yechish. Doira markazini yoyiq burchakning uchi deb olsak, butun doirani ikkita 1800 li yoyiq burchak qoplaydi (1- rasm).



Demak, butun doiraning gradus o‘lchovini 2 · 1800 = 3600 deb olsak bo‘ladi. Masala shartiga ko‘ra, 12 kg aralashmani butun doira (3600) kabi tasvirlaymiz. U holda, 1 kilogrammlik aralashmaga 360 : 12 = 300 li burchak mos keladi. Unda, 2 kg tuz 2 · 300 = 600 li burchak bilan tasvirlanadi. Aniqlangan qiymatlar asosida doiraviy diagramma quramiz. Buning uchun doira chizib, uchi doiraning markazida bo‘lgan 600 li burchak bo‘ylab ikkita radius o‘tkazsak, hosil bo‘lgan doira bo‘lagi tuzning miqdorini aniqlaydi (2- rasm).
Ravshanki, doiraning qolgan bo‘lagi aralashmadagi suvning miqdorini aniqlaydi. Hosil bo‘lgan shakl aralashmadagi tuz va suv miqdorini ko‘rsatuvchi doiraviy diagrammadan iborat bo‘ladi.
Ba’zi hollarda diagramma tuzishda butun doirani ko‘proq bo‘laklarga bo‘lishga to‘g‘ri keladi.


2- misol. Qishloq fuqarolari yig‘iniga o‘tkazilgan saylovda jami 12 000 saylovchi qatnashdi. Ularning 5400 tasi A nomzodga, 2100 tasi B nomzodga, 3300 tasi D nomzodga, 1200 tasi E nomzodga ovoz berishdi. Saylov natijalarini ko‘rsatuvchi doiraviy diagramma tuzing.
Yechish. Butun doira (ya’ni 3600) – barcha 12 000 ta saylovchilar sonini tasvirlasin.
Unda bitta saylovchiga 3600 : 12 000 = 0,030 gradusli burchak mos keladi. Endi har bir nomzodga ovoz bergan saylovchilar soniga mos kelgan burchak kattaliklarini topamiz:
A nomzod uchun: 5400 · 0,03 = 1620
B nomzod uchun: 2100 · 0,03 = 630
D nomzod uchun: 3300 · 0,03 = 990
E nomzod uchun: 1200 · 0,03 = 360
Doira markazini burchaklarning uchi deb olib mos burchaklarni transporter yordamida chizsak, tegishli diagrammani hosil qilamiz (3- rasm).


Yüklə 15,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   85




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin