Mavzuga doir didaktik topshiriqlar 1. 1-4-sinf matematika darsligidan foydalanib sodda grafiklar, diagrammalar, jadvallar ko‘rinishdagi masalalarni toping.
2. Masalalarni 2 usulda ishlang.
3. Mavzuga oid didaktik topshiriqlar to‘plamini tuzing.
4. Mavzuga doir dars parchasi tuzing.
Quyidagi jadvalda dunyo okeanlarining yuzi berilgan. Undan foydalanib doiraviy diagramma quring.
2. 4- rasmda Yer yuzida quruqlik va okean suvlari egallagan maydonlar diagrammasi tasvirlangan. U asosida Yer yuzining qanday qismini ocean suvlari va qanday qismini quruqlik tashkil qilishini aniqlang.
3. Mevadan tayyorlanadigan ichimlikning tarkibi 800 g meva, 1200 g suv va 400 g shakardan iborat. Bu ma’lumotlardan foydalanib, ichimlik tarkibini ko‘rsatuvchi doiraviy diagramma quring.
4. Sinf o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovda, 36 o‘quvchining 12 tasi yashil rangni, 6 tasi qizil rangni, 8 tasi oq rangni, 4 tasi ko‘k rangni, qolganlari esa sariq rangni xush ko‘rishlari aniqlandi. Bu ma’lumotlardan foydalanib, so‘rov natijalarini ko‘rsatuvchi doiraviy diagramma tuzing.
5. Avtosalon bir oyda 20 ta «Spark», 12 ta «Lasetti», 16 ta «Neksiya», 24 ta «Kobalt» va 18 ta «Matiz» rusumidagi yengil avtomobilni aholiga sotdi. Avtosalonning oylik sotuv tarkibini ko‘rsatuvchi doiraviy diagramma tuzing.
6. 5- sinf o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovda, 180 o‘quvchining 60 tasi futbolga, 45 tasi kurashga, 15 tasi shaxmatga, 30 tasi gimnastikaga, qolganlari esa volleybolga qiziqishi aniqlandi. Bu ma’lumotlardan foydalanib, so‘rov natijalarini ko‘rsatuvchi doiraviy diagramma tuzing..
7. So‘rov natijalariga ko‘ra sinfdagi 36 nafar o‘quvchining 6 tasi – adabiyot, 8 tasi – matematika , 4 tasi – fizika, 3 tasi – kimyo, 7 tasi – ingliz tili, 6 tasi – informatika va 2 tasi iqtisod fani bo‘yicha tashkil qilingan to‘garaklarda shug‘ullanishadi. Bu ma’lumotlar asosida bu sinf o‘quvchilarining fan to‘garaklariga qatnashishini ifodalovchi doiraviy diagramma quring.
8. O‘smirlar har kuni vaznining har bir kilogrammiga mos ravishda 2,5 g oqsil, 2,2 g yog‘ va 10,3 g uglеvodlar istе’mol qilishi lozim. Vazni 40 kg bo‘lgan o‘quvchi har kuni qanchadan oqsil, yog‘ va uglеvodlar istе’mol qilishini grammlarda hisoblang va doiraviy diagramma tuzing. Diagrammaga nom qo‘ying.
9. 3-«V» sinfda 32 nafar o‘quvchi o‘qiydi. Ulardan 3/4 qismi Respublika bolalar kutubxonasiga a’zo bo‘lishdi. Necha nafar o‘quvchi bolalar kutubxonasiga a’zo bo‘lishdi? Masala yechimini doiraviy diagrammada ifodalang.