Termiz davlat pedagogika instituti boshlang’ich ta’lim fakulteti boshlang‘ich ta’lim metodikasi kafedrasi matematika o‘qitish metodikasi fani bo‘yicha raqamli uslubiy ta’minot


-AMALIY MASHG’ULOT: KOORDINATABURCHAGI, NUQTA KOORDINATASI BILAN TANISHTIRISH METODIKASI



Yüklə 15,75 Mb.
səhifə47/85
tarix24.10.2023
ölçüsü15,75 Mb.
#160229
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   85
Matematika o\'qitish metodikasi MAJMUA

15-AMALIY MASHG’ULOT: KOORDINATABURCHAGI, NUQTA KOORDINATASI BILAN TANISHTIRISH METODIKASI
Mashg‘ulot maqsadi: Koordinata burchagi, nuqta koordinatasi, bo‘yicha amaliy ko‘nikma hosil qilish.
Mashg‘ulot jihozi: Boshlang‘ich sinflar uchun DTS, dastur, darsliklar, kalendar reja.

. Amaliy ishlash uchun topshiriqlar:


1.Mavzu haqida qisqacha ma’lumot.
2.Mavzuga doir didaktik topshiriqlar.
3.Uyga topshiriq.
Mavzu haqida qisqacha ma’lumot.
Ko‘pgina amaliy masalalarda biror yer maydoni, devor, pol yuzini o‘lchashga to‘g‘ri keladi. Bunday hollarda oldin yuz o‘lchov birligini tanlash lozim bo‘ladi. Yuz o‘lchov birligi sifatida tomoni uzunlik birligiga teng bo‘lgan kvadrat olinadi. Masalan, agar tomoni 1 m ga teng kvadrat olinsa, yuz o‘lchov birligi 1 m2 (1 kvadrat metr) bo‘ladi. Agar tomoni 1 sm ga teng bo‘lgan kvadrat tanlansa, yuz o‘lchov birligi 1 sm2 (1 kvadrat santimetr) bo‘ladi. Biror shaklning yuzini hisoblash deganda, uni nechta birlik kvadrat bilan qoplash mumkinligini topish tushuniladi.
Rasmdagi meva sharbati qutisi, o‘chirg‘ich, g‘isht va taxta bo‘lagi shakliga qarab to‘g‘ri burchakli parallelepiped haqida tasavvurga ega bo‘lish mumkin.

To‘g‘ri burchakli parallelepipedning sirti 6 ta to‘g‘ri to‘rtburchakdan iborat (2- rasm). Ular to‘g‘ri burchakli parallelepipedning yoqlari deb ataladi. To‘g‘ri burchakli parallelepipedning qarama-qarshi yoqlari o‘zaro teng bo‘ladi. To‘g‘ri burchakli parallelepiped sirtining yuzi uning barcha yoqlari yuzlarining yig‘indisidan iborat bo‘ladi. To‘g‘ri burchakli parallelepiped yoqlarining tomonlari parallelepipedning qirralari, uchlari esa parallelepipedning uchlari deb ataladi.


To‘g‘ri burchakli parallelepipedning 8 ta uchi, 12 ta qirrasi va 6 ta yog‘i bor.
To‘g‘ri burchakli parallelepipedning har bir uchidan uning uchta qirrasi chiqadi. 2-rasmda A uchidan chiquvchi qirralar uzunligi a, b va c harflar bilan belgilangan. Bu qirralar mos ravishda to‘g‘ri burchakli parallelepipedning eni, bo‘yi va balandligi deb ataladi. Shunday qilib, har qanday to‘g‘ri burchakli parallelepiped uch o‘lchamga: a – eni, b – bo‘yi va c – balandligiga ega.
Hamma qirralari teng bo‘lgan to‘g‘ri burchakli parallelepiped kub deb ataladi (3- rasm). Ravshanki, kubning hamma yoqlari bir-biriga teng bo‘lgan kvadratlardan iborat bo‘ladi.



Yüklə 15,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   85




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin