Termiz davlat pedagogika instituti Magistratura bo’limi Xorijiy tillar nazariyasi va metodikasi kafedrasi 70111801- xorijiy til va adabiyoti (ingliz tili)



Yüklə 20,37 Kb.
səhifə2/4
tarix11.09.2023
ölçüsü20,37 Kb.
#142679
1   2   3   4
2-semestr Hisobot

OYLIK HISOBOTI (Mart)
Ushbu oyda II bobning 2-rejasi bo’yicha to’plagan ma’lumotlarimni ilmiy rahbarimga ko’rsatdim va xato va kamchiliklari ustida ishlashni boshladim. Mavzuga to’g’ri va atroflicha yondashish uchun dissertatsiya mavzuyimga oid bo’lgan adabiyotlarni ko’proq o’qib o’rganishim kerakligini anglab yetdim va ushbu bobga oid bo’lgan kitoblarni izlay boshladim.
Ilmiy rahbarim ushbu rejamda nimalarga ko’proq e’tibor qaratishim kerakligini aytib o’tdilar va bir nechta xorij va o’zbek adabiyotlarini o’qib tahlil qilib chiqishimni maslahat berdilar. Ushbu oy davomida quyidagi adabiyot va maqolalarni o’qib o’rganib chiqdim:
1.Бегматов Э. Ўзбек тили антропонимикаси. – Тошкент: Фан, 2013. – 264 б.
2.Даниленко В.П. Русская терминология: Опитлингвистичекого описания. -M.:Наука, 1977. -C157
3.И. А. Иcмоилов.Туркий тилларда Қавмариндошлик терминлари;1966.-4-жилд.
4.Калинин А.В. Лексика русского языка:, 1971. – с. 141.
5.Лотте Д.С. Основы построения научно- технической терминологии. Вопросы теории и методики. М., 1961. – с. 29.
6.Мусаев К. М. Формирование, развитие и современные проблемы терминологии. 1986. -с.163.
Ilmiy rahbar: PhD. O.Uralova
Kafedra mudiri: PhD. M.Qodirova
Magistrant: F. Husanova

Termiz davlat pedagogika instituti Magistratura bo’limi Xorijiy tillar nazariyasi va metodikasi kafedrasi 70111801- Xorijiy til va adabiyoti (ingliz tili) 22-07 guruh magistranti Husanova Fazilat Jahongirovnaning 2022-2023-o’quv yilining 2-choragi davomida ilmiy-tadqiqot ishi va magistrlik dissertatsiyasi tayyorlash dasturi bo’yicha tayyorlagan
OYLIK HISOBOTI (Aprel)
Aprel oyida shu vaqtgacha o’qib o’rganib chiqqanlarim va to’plagan ma’lumotlarimdan foydalanib, institutimiz ma’muriyati tomonidan tashkil etilgan “Ilm-ma’rifatli yoshlar- Yangi O’zbekiston bunyodkorlari” nomli magistrlarning II an’anaviy ilmiy-nazariy konferensiyada “Ingliz va o’zbek tillarida qarindoshlik terminlarining leksik-semantik xususiyatlari” nomli ilmiy maqolam bilan ishtirok etdim va nashrga taqdim etdim. Ilmiy-nazariy konferensiya Termiz davlat pedagogika institutida bo’lib o’tdi va magistrlar o’zlarining maqolalari bilan ishtirok etishdi. Har bir sho’ba bo’yicha yozilgan maqolalardan 3 ta o’rin belgilanib, konferensiya so’ngida g’olib bo’lgan magistrlar taqdirlandi. Men ham 201-xonada ushbu ilmiy-nazariy konferensiyaga yozgan maqolamni kafedramiz o’qituvchilari qarshisida taqdimot qilib berdim va ilmiy rahbarim yozgan maqolamga oid bir nechta savollar berdi. Boshqa magistrlarning ham ushbu konferensiyaga yozgan maqolalarini tingladik va ko’plab foydali ma’lumotlarga ega bo’ldik.
Men uchun ushbu ilmiy-nazariy konferensiya juda ham manfaatli bo’ldi va men ham ushbu konferensiyada o’z maqolam bilan ishtirok etganimdan mamnun bo’ldim.

Yüklə 20,37 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin