Sizlarni 2023-yil 22-23-sentabr kunlari Farg‘ona shahrida bo‘lib o‘tadigan “Farg‘ona vodiysida turizmni rivojlantirishning hududiy jihatlari va istiqbollari” mavzuidagi Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyada ishtirok etishga taklif qilamiz.
Konferensiyaning maqsadi -geografiya va ekologiya fanlarining jadal rivojlanayotgan yo‘nalishlaridan biri bo‘lgan rekreatsiya va turizm sohasini rivojlantirish istiqbollari va mavjud muammolari bo‘yicha o‘zaro fikr almashishdir. Shuningdek, xorij va respublikada olib borilayotgan so‘ngi ilmiy tadqiqotlar, qo‘llanadigan zamonaviy usullar, ishlab chiqilayotgan maxsus dasturlar bilan tanishish, mintaqada sohaning istiqbolli yo‘nalishlarini rivojlantirish bo‘yicha xulosa hamda takliflar tayyorlash ham nazarda tutilgan.
Konferensiya ishining asosiy yo‘nalishlari:
Turizmni shakllanishi va rivojlantirishga ta’sir etuvchi (tarixiy, tabiiy, iqtisodiy-ijtimoiy, siyosiy, diniy-madaniy) omillarni tadqiq etishning nazariy masalalari;
Turizmning xalq xo‘jaligini rivojlantirish va aholi bandligini ta’minlashdagi o‘rni va ahamiyati;