Konferensiya o‘tkaziladigan joy – Farg‘ona shahar, Murabbiy ko‘chasi, 19-uy, Farg‘ona davlat universiteti Tabiiy fanlar fakulteti Geografiya kafedrasi
Konferensiyaning rasmiy tillari: o‘zbek, rus, ingliz
Konferensiyada ishtirok etish shakllari: - Yalpi majlisda ma’ruza (20 daqiqagacha)
- Sho‘ba yig‘ilishida ma’ruza (10 daqiqagacha)
- Konferensiya majlislarida ishtirok etmasdan, maqola chop ettirish.
Ishtirok etish uchun talabnoma va maqolalarni qabul qilish muddati: - Konferensiyada ishtirok etish uchun talabnoma (1-ilova), maqolani taqdim qilish va badalini to‘lash muddati – 2023-yil 1-sentabrgacha. Maqolalar to‘plamining nashr harajatlarini qoplash maqsadida mualliflar har bir maqola uchun 100 ming so‘mdan badal to‘lashi lozim. Konferensiyaning madaniy tadbirlari haqidagi ma’lumot va taklifnomalar ikkinchi axborot xatida yuboriladi.
Maqolalarni rasmiylashtirish talablari: 1. Maqolaning hajmi – 5 betdan 10 betgacha (2-ilova)
2. Matn formati: MSWord – 2003/2007. Bet formati: A4 (210x297 mm). Har tomondan 2,5 smdan qoldiriladi. Matn faqat TimesNew Roman garniturasida, 14 kegl, 1,5 interval bilan teriladi.
3. Maqola matni quyidagi tartibda rasmiylashtiriladi:
- Muallif (hammualiflar)ning familiyasi, ismi, sharifi, ish joyi (14 kegl);
- maqolaning katta harflar bilan 14 keglda yozilgan nomi o‘rta qismiga joylashtiriladi (o‘zbek, rus va ingliz tillarida);
- maqolaning qisqacha annotatsiyasi (12 kegl, kursiv; o‘zbek, rus va ingliz tillarida) kenglik bo‘yicha tekislanadi;
- kalit so‘zlar (12 kegl, kursiv; o‘zbek, rus va ingliz tillarida) kenglik bo‘yicha tekislanadi;
- rasm va jadval nomlanishi va arab raqamlari bilan raqamlanishi (1-rasm, 1-jadval va x.k.) shart, maqola matnida ularga havola etish lozim; jadvallar ichidagi yozuvlar 11 kegldan kichik bo‘lmasligi kerak;
- foydalanilgan bibliografik manbalar “Foydalanilgan adabiyotlar” sarlavhasi ostida raqamlangan ro‘yxat tarzida maqolaning oxirida keltiriladi (12 kegl); raqamlanish – alifbo tarzida; matn ichida bibliografik havolalar faqat kvadrat qavslar ko‘rinishida ([1]) bo‘lishi lozim.
Konferensiya materiallari to‘plamida chop ettirish uchun maqolalarni, yuqorida ko‘rsatilgan talablarga moslashtirib, quyidagi elektron manzilga yuborishingizni so‘raymiz: h.a.abduvaliyev@gmailcom, h.abduvaliyev@mail.ru.