Ta'limni isloh qilinishi. o’zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgach maktab ta'limiga juda ham katta e'tibor berildi. Jumladan 1997 yil 29 avgust kuni o’zbekiston oliy majlisining IX sessiyasida ta'lim to’g’risidagi qonunga asoslagan kadrlar tayyorlash milliy dasturi qabul qilindi. Bu qabul qilingan qonunga ko’ra uzluksiz ta'lim tizimining faoliyati davlat ta'lim standartlari asosida, o’z ichiga quyidagi ta'lim turlarini oladi.
Maktabgacha ta'lim, boshlang’ich ta'lim, umumiy o’rta ta'lim, o’rta maxsus kasb-hunar ta'limi, oliy ta'lim, oliy o’quv yurtidan keyingi ta'lim, kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash, maktabdan tashqari ta'lim.
Kadrlar tayyorlash niilliy modelining o’ziga xos xususiyati mustaqil ravishdagi to’qqiz yillik umumiy o’rta ta'lim hamda uch yillik o’rta maxsus, kasb-hunar ta'limini joriy etishdan iboratdir.
Bu esa umumiy ta'lim dasturlaridan o’rta maxsus, kasb-hunar ta'limi dasturlarigaizcb.il o’tilishini ta'minlaydi. Umumiy ta'lim dasturlari: maktabgacha ta'lim, boshlang’ich ta'lim (I-IV sinflar), umumiy o’rta ta'lim (V-IX sinflar), o’rta maxsus va kasb-hunar ta'limini qamrab oladi.
Maktabgacha ta'lim bola sog’lom, har toraonlama kamol topib shakllanishini ta'minlaydi, unda o’qishga intilish xissini, uyg’otadi, uni muntazam bilim olishga tayyorlaydi. Maktabgacha ta'lim bola olti-etti yoshga etguncha davlat va nodavlat makgabgacha tarbiya, bolalar muassasalarida hamda oilalarda amalga oshiriladi.
Umumiy o’rta ta'litn I-IX sinflar o’qishidan iborat bo’lgan majburiy ta'limdir. Ta'limni bu turi boshlang’ich sinfhi (I-IV sinflar) qaimab oladi hamda o’quvchilarning fikrlashlari bo’yicha muntazam bilim olishlarini, o’quv-ilmiy va umummadaniy bilimlarni, milliy umumbashariy qadriyatlarga asoslangan ma'naviy-ahloqiy fazilat-larni, mehnat ko’nikmalarini, hamda kasb tanlashni shakllantiradi. Umumiy o’rta ta'lfan tugaHanganidan keyin ta'!irn fanlari va ular bo’yicha olingan baholar ko’rsatilgan hamda davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi attestat beriladi.
O’rta maxsus, kasb-hunar ta'limi umumiy o’rta ta'lim negizida o’qish muddati uch yil b6'lgaii majburiy bo’lgan uzluksiz ta'lim tizimining turidir. o’rta maxsus, kasb-hunar ta'limi yo’nalishi akademik litsey yoki kasb-hunar kolleji o’quvchilar tomonidan ixtiyoriy tanlanadi.
Akademik iitsey daviat ta'iim standartiariga muvofiq o’rta maxsus ta'lim beradi. O’quvchilami imkomyatlari va qiziqishlarini hisobga olgan holda ularning jadal intelektual rivojlanishi chuqur, sohalashtirilgan, kasbga yo’naltirilgari ta'lim olishini ta’minlaydi.
Kasb-hunar kolleji tegishli davlat ta'lim standartlari darajasida o’rta maxsus, kasb-hunar ta'limi beradi, bunda o’quvchilarning kasb hunarga moytlligi, bifim va ko’nikmalarni chuqur rivojlantirish, tanlab olgan kasb-hunar bo’yicha bir yoki bir necha ixtisosni egallash imkonini beradi.
Oliy ta'lim o’rta maxsus, kasb-hunar ta'limi negiziga asosla-
nadi harnda ikki bosqichga ega. .
1. Bakalavriat - mutaxassisliklar yo’nalishi bo’yicha fundamental va amaliy bilim beradigan, ta'lim muddati kamida to’rt yil bo’lgan tayanch oliy ta'limdir. Bakalavrlik dasturi tugagandan so’ng bitiruvchilarga davlat attestatsiyasi yakunlariga binoan kasb bo’yicha «bakalavr» darajasi beriladi.
Magistratura - aniq mutaxassislik bo’yicha fiindamental va amaliy bilim beradigan bakalavr negizidagi ta'lim muddati kariiida ikki yil bo’lgan oliy ta'limdir. Magistr darajasini beradigan davlat malaka attestatsiyasi magistrlik dasturining nihoyasidir.
Magistrlarga davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi, kasb-hunar faoliyati bilan shug’ullanish huquqini beradigan diplom beriladi.
Oliy o’quv yurtidan keyingi ta'limni oliy o’quv yurtlarida, ilmiy tadqiqot muassasalarida aspirantura, doktorantiira, mustaqil tadqiqotchi ko’rinishlaridagi bosqichlar asosida davom ettirish mumkin. Oliy o’quv yurtidan keyingi ta'lim bosqichlari dissertatsiya himoyasi bilan yakunlanadi. Yakuniy davlat attestatsiyalarining natijasiga ko’ra tegishli ravishda fan nomzodi va fan doktori ilmiy darajasi berilib, davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi diplomlar beriladi.
Kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash mutaxassis-liklarning kasb bilimlari va ko’nikmalarini yangilash hamda chuqur-lashtirishga qaratilgan. Kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash ta'lim muassasalaridagi o’qish natijalariga ko’ra davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi guvohnoma va sertifikat topshiriladi.