Termiz davlat pedagogika instituti Tabiiy fanlar fakulteti 3-kurs amaliyotchi-talabasi Aminqulov Otabekning Surxondaryo viloyati Angor tumani 44-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabining 7- sinfida Biologiya fanidan o‘tkazgan bir soatlik sinov darsining



Yüklə 14,78 Kb.
tarix11.05.2023
ölçüsü14,78 Kb.
#111826
Amaliyotchi-talabaning bir soatlik ochiq dars bayonnomasi 2


Termiz davlat pedagogika instituti Tabiiy fanlar fakulteti 3-kurs amaliyotchi-talabasi Aminqulov Otabekning Surxondaryo viloyati Angor tumani 44-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabining 7- sinfida Biologiya fanidan o‘tkazgan bir soatlik sinov darsining
BAYONNOMASI
2023- yil 17-fevral Surxondaryo viloyati Angor tumani
Raislik qiluvchi: Maktab direktori: A.N.Fayzullayev
Qatnashdi: Fan o‘qituvchi: Z.Ibragimova
KUN TARTIBI: 7-sinfda “Umrtqali hayvonlarning qon aylanish sistemasini modellashtirish va taqqoslash” mavzusida o‘tilgan dars muhokamasi haqida
Eshitildi: Raislik qiluvchi : A.N.Fayzullayev
“Umrtqali hayvonlarning qon aylanish sistemasini modellashtirish va taqqoslash” mavzusini o‘tish uchun amaliyotchi talaba Aminqulov Otabek darsga tayyorlanib kelgan. Dars jarayonini quyidagicha rejalashtirgan:
O‘quvchilar bilan salomlashish, davomat olish (1 minut)
Darsning ma’naviy qismini o‘tish (2 minut)
O‘tilgan uyga vazifani so‘rash (10 minut)
Yangi mavzu bilan tanishtirish va ma’lumot berish (20 minut)
Darsni yanada qiziqarli o‘tkazishi uchun o‘quvchilarni guruhlarga bo‘lib qisqa savol javoblar,testlar,tarqatma savollar orqali olgan bilimini mustahkamlash (10 minut) o‘quvchilarni baholash (1 minut) uyga vazifa berish va o‘quvchilarning olgan baholarini e’lon qilish (1 minut) dan iborat.
So‘zga chiqdilar:
Maktab direktori A.N.Fayzullayev
Amaliyotchi talaba Aminqulov Otabek darsning tashkiliy qismini yaxshi rejalashtirgan.Yangi mavzu bayoni haqida o‘quvchilarga yetarlicha ma’lumot bera oldi. O‘quvchilarni darsga jalb qilish uchun ularni guruhlarga bo‘lib savol javoblar o‘tkazdi. Belgilab olgan vaqt taqsimotidan unumli foydalandi. Darsdagi kamchilik o‘quvchilar orasida ozroq shovqin ko‘tarildi.
QAROR QILADI:
1.Amaliyotchi-talaba Aminqulov Otabek 7-sinfda Biologiya fanidan
“Umrtqali hayvonlarning tayanch harakatlanish sistemasi” mavzusida bir soatlik ochiq darsi ma’lumot uchun qabul qilinsin va «yaxshi» deb baholansin.
2. Dars yuzasidan bildirilgan kamchiliklarni bartaraf qilish va navbatdagi darslarda yo‘l qo‘ymaslik amaliyotchi talaba Aminqulov Otabekga yuklatilsin.

Fan o‘qituvchi: ____________ Z.Ibragimova


(imzo)

Maktab direktori: ____________ A.N.Fayzullayev (imzo)




Yüklə 14,78 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin