Termiz davlat universiteti amaliy matematika va informatika kafedrasi «axborot tizimlari»



Yüklə 1,95 Mb.
səhifə13/96
tarix15.06.2023
ölçüsü1,95 Mb.
#131047
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   96
umk aXBOROT TIZIMI 7-SEMESTR

Fayl tizimlari. Flesh-xotiraning asosiy zaif joyi - qayta yozish davriyligining kamligidir. Vaziyat OS ma’lumotlarni ko‘pincha bir xotira maydoniga yozib borishi natijasida yanada og‘irlashadi. Masalan, fayl tizimi jadvali juda tez yangilanib turadi, shuning uchun xotiraning oldingi sektorlari o‘z zahirasini ancha erta tugatadi. Yuklamani taqsimlash esa xotirani ishlash muddatini sezilarli darajada oshiradi.
Bu muammoni hal qilish uchun maxsus fayl tizimlari: exFAT Microsoft Windows operasion tizimlari uchun va JFFS2 va YAFFS GNU/Linux operasion tizimlari uchun ishlab chiqilgan.
USB flesh xotira modullari va xotira kartalari SecureDigital va CompactFlash o‘rnatilgan kontrollerga ega bo‘lib, u xatoliklarni topish va tuzatishni amalga oshiradi. Flesh-xotira modullari axborotni qayta yozish zahirasidan bir maromda foydalanishga harakat qiladi. Bunday qurilmalarda maxsus fayl tizimini qo‘llash maqsadga muvofiq emasligi bois oddiy FAT fayl tizimidan foydalaniladi.
Flesh-xotira modullarining qo‘llanish sohalari. Flesh-xotira modullari qo‘llanish sohasining kengligi bilan boshqa xotira qurilmalaridan ajralib turadi. Flesh xotira modullarining NAND turi keng ishlatilmoqda. U raqamli qurilmalarning USB interfeys portlariga yengil ulanadi hamda kompyuterlarga o‘rnatilgan zamonaviy operasion tizimlarning barchasida qo‘llab quvvatlanadi.
Xotiraning NOR turi ko‘pincha kompyuterlarda, DSL tipidagi modemlar va marshrutizatorlarning BIOS va ROM xotira modullarida keng qo‘llanilgan.
Katta tezlikga, hajmi va fizik o‘lchami jihatidan ixchamligi tufayli USB flesh-xotira qurilmalari bozordan oddiy disketlarni sekin siqib chiqarmoqda. Masalan, Dell kompaniyasi 2003 yildan boshlab 3.5 dyumli disklarni yurituvchi qurilmalarni o‘z kompyuterlariga o‘rnatishni to‘xtatib qo‘ygan.
Bugungi kunda USB flesh-xotira modullari keng assortimentda, ajoyib dizaynlarda va turli shakl va o‘lchamlarda ishlab chiqarilmoqda.
Hozirgi kunda dunyoning elektronika sohasida yetakchi bo‘lgan firmalari tomonidan qattiq disklarni flesh-xotira modullari (qurilmalari) bilan almashtirish borasida ham izlanishlar olib borilmoqda. Buning hisobiga birinchidan kompyuterlarning narxi arzonlashsa ikkinchidan operasion tizimni xotiraga yuklash tezligi keskin oshadi. Masalan, uchinchi dunyo mamlakatlari uchun narxi 100$ atrofida bo‘lgan noutbuk rusumli kompyuterlarini ishlab chiqish loyihasida qattiq diskning o‘rnida 1 Gb hajmga ega bo‘lgan flesh xotira modullarini o‘rnatish ko‘zda tutilgan.

Yüklə 1,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   96




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin