Termiz davlat universiteti amaliy matematika va informatika kafedrasi «axborot tizimlari»



Yüklə 1,95 Mb.
səhifə44/96
tarix15.06.2023
ölçüsü1,95 Mb.
#131047
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   96
umk aXBOROT TIZIMI 7-SEMESTR

Tizim

Tizim elеmеntlari

Tizimning bosh maqsadi

Firma

Odamlar, jihozlar, matеriallar, binolar va boshqalar

Tovarlar ishlab chiqarish

Kompyutеr

Elеktron va elеktr mеxanik elеmеntlar, aloqa liniyalari va boshqalar

Ma'lumotlarga ishlov bеrish

Tеlеkommunikatsiya tizimi

Kompyutеrlar, modеmlar, kabеllar, tarmoq dasturiy ta'minoti va boshqalar

Axborot uzatish

Axborot tizimi

Kompyutеrlar, kompyutеr tarmoqlari, odamlar, axborot va dasturiy ta'minot

Profеssional axborot ishlab chiqarish

«Tizim» tushunchasi kеng tarqalgan va juda ko`plab ma'nolarda qo`llaniladi. Axborot tizimlariga nisbatan qo`llanilganda aksariyat hollarda tеxnik vositalar va dasturlar to`plami nazarda tutiladi. Kompyutеrning faqat apparat qismini tizim dеb atash mumkin.


Ammo, Informatikada «tizim» tushunchasi texnik vositalardan tashqari dasturlar to’plamiga nisbatan ham ishlatiladi. Kompyuterning texnik qismini «tizim» deb tasavvur etish mumkin. Shuningdek, hisobotlarni tayyorlash va elektron hujjatlar oqimini boshqarish kabi amaliy vazifalarni hal qilishga mo’ljallangan dasturlar to’plamini ham «tizim» deb hisoblash mumkin. Xo’sh, bunday vaziyatda «Bu axborotlardan qanday foydalanish kerak?» degan tabiiy savol turadi. Bunday savolga javob berishda ma'lum ketma-ketlikda ish yuritishimiz lozim bo’ladi. Shuning uchun ishni axborotni olish, uni saqlash va bir joydan boshqa joyga uzatishdan, ya'ni axborot tizimlaridan boshlaymiz. “Belgilangan maqsadga erishish uchun axborotlarni shakli va mazmuniga ko’ra turlarga ajratish, ularni saqlash, izlash va qayta ishlash printsiplariga, qayta ishlashda qo’llaniladigan usullar, shaxslar hamda vositalarning o’zaro bog’langan majmuiga axborot tizimi (AT) deyiladi.”
Axborot tizimining asosiy vazifasiga berilgan turdagi axborotni izlash, uni qayta ishlash va qisqa vaqt ichida kerakli joyga uzatish masalalarini hal qilish kiradi. Kompyuter axborot tizimi bilan samarali ishlaydigan elektron qurilmadir. Shaxsiy kompyuterlar hisoblash texnikasining yangi turdagi vositasi hisoblanadi. Ular yuqori darajada pishiqligi, ixcham ko’rinishi, kam energiya sarflashi va mobilligi bilan ajralib turadi. Ularning bu xususiyati avtomatlashtirilgan ishchi joylari yaratish imkonini beradi. Bunday avtomatlashtirilgan ishchi joylari davlat boshqaruv organlari, loyiha-konstruktorlik byurolari, sanoat va qishloq xo’jaligi tashkilotlari, tibbiyot va o’quv muassasalarida keng qo’llaniladi.

Axborot tizimida qo’llaniladigan vositalar namunalari a) CD-ROM, b) Video adapter yuqoridagi rasmda keltirilgan.
XX asrning ikkinchi yarmi, xususan 60-yillarda fan-texnika taraqqiyoti misli ko’rilmagan darajada tezlashib ketdi. Bu esa, o’z o’rnida axborot oqimining ko’payishiga olib keldi. Masalan, XX asrning oxirgi yillariga kelib, dunyoda bir kunda chop etiladigan gazeta va jurnallar soni 100000 dan oshib ketadi. Tasavvur etish qiyin emaski, bularni o’qib chiqishga inson umri etmaydi. Kompyuterlar esa axborotlarni o’qish, eshitish, ko’rish va qayta ishlashda foydalanuvchiga maksimal qulayliklar yaratadi.
Kompyuterlarning takomillashuvi dunyodagi barcha o’zgarishlarni o’z ichiga qamrovchi yagona axborot tizimini yaratishga imkoniyat yaratdi. Agar o’tgan asrning 60—70- yillarida axborotlar turiga qarab alohida-alohida qayta ishlangan bo’lsa, 80-yillar oxiriga kelib ular yaxlit bir ko’rinishda —integrallashgan axborot tizimlariga birlashtirildi, 1983-85 yillarda yaratilgan va hozirda keng tarqalgan integrallashgan tizimlar —Symphony, Framework, Lotus 1, 2, 3 va boshqalar bunga misol bo’ladi.
Korxonaning ma'lumotlar omborida korxonaning shtat ro’yxati, ishchi va xizmatchilar haqidagi ma'lumotlar, ish jadvallari, moddiy boyliklar, xom ashyo va kerakli qismlarni keltirish, ombordagi jamg’armalar, tayyor mahsulotlarni chiqarish, buyruqlar, farmoyishlar va boshqa ma'lumotlar saqlanadi. Agar ma'lumotlar bir omborda bo’lsa, ularni ma'lumotlar omborini boshqarish tizimlari yordamida qayta ishlash mumkinligi oldingi mavzuda aytib o’tildi. Lekin ma'lumotlar bir nechta kompyuterlarda, hatto turli joylardagi kompyuterlarda joylashgan bo’lsa-chi? Bunda biror ma'lumotdagi kichik o’zgarish boshqa joydagilarining keskin o’zgarishiga olib kelishi mumkin. Masalan, biror ishchi mansabini ko’tarish haqidagi buyruq, nafaqat shu ishchining shaxsiy ishidagi o’zgarishga, balki ish haqini to’lash qaydnomalari, korxonaning ish haqlaridagi ma'lumotlar, dam olish ta'tili grafiklari va shu kabi hujjatlarning o’zgarishiga olib keladi.
Axborotlar turli joylardagi kompyuterlarda saqlanganda taqsimlangan ma'lumotlar omboridan foydalaniladi. Bunda biror axborotdan foydalanish uchun kompyuterlar bir-biri bilan axborot tarmog’i deb ataluvchi aloqa tizimlari orqali birlashtiriladi.
Barcha axborot tizimlarida axborotlarni saqlash, o’zgartirish va qayta ishlash uchun keyingi mavzuda o’rganiladigan ma'lumotlar omboridan foydalaniladi. Axborot tizimlari va ma'lumot omborlari o’rtasida qat'iy chegara yo’q. Har qanday axborot tizimida biror-bir maqsad uchun yaratilgan ma'lumotlar ombori ishlatiladi.
Ma'lumotlar omborini yaratishning eng muhim xossalaridan biri axborotning aniqligidir. Albatta, kompyuterga kiritilayotgan ma'lumotlarda xatoliklar ro’y berishi mumkin. Shu bois, axborot tizimi xatolarni tuzatish va tashxis qilish vositalarira ega bo’ladi. Ko’pgina ma'lumotlar bir yoki bir necha faylga kiritilishiga qaramay, o’zaro mantiqan bog’lanishga ega bo’ladi.
Har bir axborot tizimida standart nazariy vositalar mavjud bo’lib, ularning vazifasiga kiritilayotgan ma'lumotlardagi mantiqiy va sintaktik xatolarni aniqlash va ular haqida foydalanuvchiga xabar berish kiradi.
Axborotlar tizimida muayyan satrga kiritiladigan ma'lumotlar uchun u qabul qiladigan qiymatlarning shartlari ko’rsatiladi.
Kiritiladigan elementlar ushbu shartni qanoatlantirmasa, tizim bu haqda ma'lumot beradi va uni omborga kiritmaydi. Bunday holga ma'lumotlarni chegirish deyiladi.
Bundan tashqari, arifmetik xatoliklar ham uchrab turadi. Arifmetik xatoliklar darajasini belgilash ancha murakkab ish hisoblanadi. Biror amal natijasini hisoblashda uning aniqlik darajasi (kasr qismi, verguldan so’ng nechta raqam olinishi)ni belgilash foydalanuvchining xohishiga bog’liq va u tez-gez o’zgarib turadi. Shuningdek, matnli ma'lumotlarni kiritilayotganda, Muhamedov A.T. o’rnira Muhamedov A.P. yozib ketilishi mumkin. Bunday holda axborot tizimining ishonchliligi pasayishi mumkin. Bunday hollarning oldini olish uchun maxsus dasturlarni qo’llashga to’g’ri keladi.
Demak, muayyan amaliy vazifalarni bajarish uchun hujjatlarni yuritish va hisob-kitoblarni boshqarish jarayonlari bilan to`ldirilgan ko`plab dasturlarni ham tizim dеb hisoblash mumkin.
Har bir tizim to`rt asosiy qismdan iborat:

  • Kiritish:

  • Ishlov bеrish;

  • Chiqarish;

  • Tеskari aloqa.


1-rasm. Tizimlar, ularning elеmеntlari va maqsadlariga misollar.





Yüklə 1,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   96




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin