IATP programmasining internet grantlari natijasida tashkil qilingan va 2002 yildan faoliyat ko`rsatib kelgan "Masofaviy ta'lim portali" (http://dl.freenet.uz) yoki ko`plab Respublikamiz Universitet va Institutlari tomonidan o’zlarining veb sahifalarida tashkil qilingan "Masofaviy ta'lim kurslari"ni ham alohida aytishimiz zarur (masalan http://nuu.uz O`zbekiston Milliy Universiteti saytida tashkil qilingan kurslar). Ta'lim sohasiga tegishli ko`plab foydali va qizikarli veb saytlar yaratilmoqda, (http://www.bilim.uz, http://www.bilimdon.uz, http://www.ilm.uz, http://www.student.uz, http://www.study.uz va boshqalar). Eng quvonarli esa internetda nafaqat universitet, institut, kolledj va akademik litseylar balki maktablar ham o’zlarining veb sahifalariga ega bo’lishmoqdalar.
Nazorat savollar: Ta'lim tizimida masofadan o`qitish uslubi shakllari qullanilishini aytib bering.
Masofadan o`qitishning afzalliklarini aytib bering.
Masofadan o`qitish uslubiy materiallari sanab bering?
Masofadan o`qitish qanday amalga oshiriladi?
Foydalanilgan adabiyotlar:
Околесов О. П. Системный подход к построению электронного курса для дистанционного обучения // Педагогика. -1999. -№ 6. -С. 50-56.
Полат Е. С. Петров А.Е. Дистанционное обучение: каким ему быть? // Педагогика. - 1999. -№7. -С. 29-34.
Пидкасистый П.И. Тыщенко О.Б. Компьютерные технологии в системе дистанционного обучения // Педагогика. -2000. -№5. -С. 7-12.
3-MAVZU: AVTOMATLASHTIRILGAN AXBOROT T TЕXNOLOGIYALARI BILAN TANISHUV, TUZILMASI VA TA’MINOTI VA TIZIMNING HAYOTIY SIKLI HAQIDA MA’LUMOT.
Amaliy MASHG’ULOT REJASI: 1. Ta'lim tizimida kopyutеrlardan foydalanishning qanday ahamiyati bor?
2. Avtomatlashtirilgan ta'lim tizimlari
3. O’rgatuvchi ekspеrt tizimlar
4. Multimеdia tizimlari
5. «Virtual rеallik» tizimlari
6. Kompyutеrli tеlеkommunikatsion ta'lim tarmoqlari