455-sonli qarorining ilovasiga ko‘ra texnogen tusdagi FVlar vujudga kelish sabablariga qarab quyidagi FVlarga tasnif qilinadi:
Gidrotexnik halokatlar bu: suv omborlarida, daryo va kanallardagi buzilishlar, baland tog‘lardagi ko‘llardan suv toshib ketishi natijasida vujudga kelgan hamda suv bosgan xududlarda odamlar o‘limiga sanoat va qishloq xo‘jaligi ob’ektlari ishining, aholi hayot faoliyatining buzilishiga olib kelgan va shoshilinch ko‘chirish tadbirlarini talab qiladigan halokatli suv bosishlari Ijtimoiy yo‘nalishdagi ob’ektlardagi xodisa va halokatlar bu: odamlar o‘limi bilan bog‘liq bo‘lgan va zudlik bilan avariya-qutqaruv o‘tkazilishini hamda zarar ko‘rganlarga shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatilishini talab qiladigan maktablar, kasalxonalar, kinoteatrlar va boshq., shuningdek uy-joy sektori binolari konstruksiyalarining to‘satdan buzilishi, yong‘inlar, gaz portlashi va boshq.
Radioaktiv va boshqa xavfli va ekologik jihatdan zarar bo‘lgan moddalarni ishlatilishi yoki saqlanishi bilan bog‘liq bo‘lgan halokatlar bu:
sanitariya - himoya hududi tashqarisiga chiqarib tashlanishi natijasida paydo bo‘lgan yuqori darajadagi radioaktivlik odamlarning yo‘l qo‘yiladigandan ko‘p miqdorda nurlanishini keltirib chiqargan texnologik jarayonda radioaktiv moddalardan foydalanadigan ob’ektlardagi halokatlar;
atrof-muhit va odamlar salomatligi uchun xavf tug‘diruvchi radioaktiv chiqindilar to‘plagichlardagi, chiqindixonalardagi, shlam to‘plagichlardagi va zaharli moddalar ko‘miladigan joy-lardagi halokatlar (o‘pirishlar);
radioizotop buyumlarning yo‘qotilishi;
biologik vositalarni va ulardan olinadigan preparatlarni tayyorlash, saqlash va boshqa muassasalarda biologik vositalarning atrof-muhitga chiqib ketishi yoki yo‘qotilishi bilan bog‘liq vaziyatlar.