kabi tadbirlar ham texnogen favqulodda vaziyatlarning oldini olish, aholi va hudular xavfsizligini ta’minlash, favqulodda vaziyat yuz berganda harakatlanishga oid tayyorgarlik darajalarini oshirishda katta ahamiyatga ega.
Yong’in xavfsizligini ta’minlash bo’yicha amalga oshirilayotgan tadbirlar:
Yong’in xavfsizligini ta’minlash bo’yicha amalga oshirilayotgan tadbirlar:
Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida mamlakatimizda yong’in xavfsizligini ta’minlash, nazorat qilib bo’lmayotgan yong’inlarning oldini olishga doir keng ko’lamli profilaktika ishlarini bajarish, yong’in o’cherish xizmatini texnik va texnologik jihozlash, bu borada yuqori malakali muttaxasislarni tayyorlash, yong’inlarning oldini olishga va ularni bartaraf etishga doir samarali, iqtisodiy jihatdan maqadga muvofiq va texnik asoslangan vositalarni joriy etish bo’yicha salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda.
2009-yil 29- sentabrda O’zbekiston Respublikasining “Yong’in xavfsizligi to’g’risida”gi qonuni qabul qilindi.
2009-yil 29-martda Vazirlar Mahkamasining “Yong’in xavfsizligi to’g’risidagi O’zbekiston Respublikasi qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida”gi qarori e’lon qilindi.
Ozbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 18-noyabr kuni “Har yili yong’in xavfsizligi oyligini o’tkazish to’g’risida”gi qarori qabul qilindi.
Ishlab chiqazish sohasida faoliyat yuritayotgan har bir ishchi halokatlar yuz berganda harakatlanish qoidalarini mukammal o‘zlashtirgan bo‘lishi zarur.
Ishlab chiqazish sohasida faoliyat yuritayotgan har bir ishchi halokatlar yuz berganda harakatlanish qoidalarini mukammal o‘zlashtirgan bo‘lishi zarur.
Misol uchun, elektr energiyasini tarmoqdan uzishning ham o‘ziga xos talablari, gaz, bug‘ apparatlarini o‘chirishning ham o‘ziga xos qonun qoidalari mavjud bo‘lib, agar texnologik jarayonlar va texnika xavfsizligi qoidalariga amal qilinmasa, inson hayotiga ju-da katta xavf solishi yoki juda katta moddiy talofatlar keltirishi mumkin.