Ishni bajarish tartibi:
Mikroskopda epidermani o’rganishda uning bargda joylashishiga, hujayrasidagi moslamalar va
ustitsalarning holatiga e’tibor beriladi. Masalan, hujayrasi necha qavatli ekanligi, kutikulaning
qalinligi, hujayrasining shakllari va ular o’zgarib tukchalarga aylanishi va boshqalar o’rganiladi.
Barg mezofilini ko’rib u yumshoqligi va yaproqning oraliq qismi ekanligi aniqlanadi. Barglar
dorzoventral va izolateral tuzilgan bo’ladi. Dorzoventral barg ko’proq ikki pallali o’simliklarga
xos bo’lib, mezofili ustunchimon hujayralardan iborat buladi. Izolateral tuzilgan barglarda
mezofil ustunsimon va govak xujayralar yig’indisidan tashkil topgan bo’ladi. Barg tomirlari
o’tkazuvchi to’qimadan iborat bo’lib, ular katta-kichik to’da ko’rinishida bo’ladi. Bargda
aksariyat kollateral tipdagi o’tkazuvchi to’qimalar hosil bo’lib, ksilema yaproqning ustki
tomoniga, floema esa pastki tomoniga joylashgan. Ko’pincha bargda o’tkazuvchi to’qimalar
ochiq kollateral va bikollateral to’da (bog’lamlar) ko’rinishida uchraydi. Markaziy va yon
tomirlari yaxshi rivojlanganligi sababli katta-katta o’tkazuvchi to’qimalar to’dasini hosil qiladi.
Bunday holda biz optik qurollarsiz ham bu to’qimalar yo’nalishini aniqlab olamiz. O’tkazuvchi
to’qima barglar mezofili oralig’ida ko’p tarmoqli holda to’r shaklida taralib joylashadi. Bu esa
ular bargining har bir tirik hujayrasini suv va organik moddalar bilan ta’minlashga
moslashganligini ko’rsatadi. Bargda mexanik to’qimalardan kollenxima va sklerenxima
uchraydi. Kollenxima epidermis ostida shakllanib, o’tkazuvchi to’qima atrofida joylashadi. U
parenxima hujayralardan tashkil topgan bo’lib, elastiklik xossasiga ega. Sklerenxima
mustahkamlik berish xossasiga ega bo’lib, o’tkazuvchi to’qima atrofida to’gmgo’p ko’rinishda
joylashadi. Bundan tashqari u o’tkazuvchi naylarni o’ragan holda ham uchraydi. U qalin po’stli
o’lik prozenxima hujayralardan tashkil topgan. Barglar anatomiyasini o’rganishda ular tarkibini
tashkil etgan asosiy to’rt qismga e’tibor beriladi. Bular: qoplovchi to’qima - epiderma, mezofill,
o’tkazuvchi to’qima va mexanik, ya’ni mustahkamlovchi to’qimalardir.
Bargning anatomik tuzilishini o’rganish uchun barg plastinkasidan kesik tayyorlab, unga
floroglyutsin va kaliy yodid ta’sir ettiriladi. Mikroskopda preparatni kuzatsak, epiderma bilan
qoplanganini ko’ramiz. Epidermaning ustki qavati qalin kutikula moddasi bilan
qoplanganini ko’ramiz. Ba’zi hujayralarning shakli o’zgarib bigizsimon tukchalarga
aylangan. Epiderma ikki xil hujayralardan tuzilgan bo’ladi. Birinchi xili uzunchoq va notekis
po’stli bo’lib, ular butun barg sathi bo’ylab joylashgan. Ikkinchisi qisqa, to’tri burchakli
hujayralar bo’lib, tomirlar atrofida joylashgan. Ustitsani o’rab turgan qamrovchi
hujayralar uzun, uchki qismi yumaloqlashgan bo’lib, suvga to’yingan vaqtda hajmi
kattalashadi. Shu sababli ustitsalar asta-sekin ochiladi. Suv yetarli bo’lmaganda ustitsalar qayta
yopiladi. Har bir qamrovchi hujayrani yon tomondan uchburchak shakldagi ustitsa oldi
hujayralar o’rab turadi. Mezofil qismining tarkibi asosan bir xil parenxima hujayralardan tashkil
topgan. Bargning quyoshga qaragan ustki tomonida parenxima hujayralar juda zich bo’lib,
o’tkazuvchi to’qimalar atrofiga borib yetgan bo’ladi. Bargning yirik markaziy tomirlari o’tib
yo’gonlashgan qismida mezofill hujayralar bo’lmasdan, ularning o’rnida rangsiz, oziq moddalar
kam bo’lgan yirik parenxima hujayralar uchraydi. Bargning orqa tomonidagi o’tkazuvchi
to’qimalar esa mezofil hujayralar bilan o’ralgan. Mexanik to’qimadan esa kollenxima epiderma
tagida joylashgan xolda o’tkazuvchi to’qima tomirlarni o’rab turadi. G’o’za barg plastinkasidan
yupqa kesik tayyorlab undagi epiderma, mezofill va o’tkazuvchi to’qimalar aniqlab olinadi.
Barg mezofili dorzoventral tipda bo’ladi.
Dostları ilə paylaş: