Termiz davlat universiteti botanika kafedrasi


Vazifa: Quyidagi topshiriqni bajaring va jadvalni to’ldiring



Yüklə 0,9 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/30
tarix21.07.2022
ölçüsü0,9 Mb.
#62857
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   30
Botanikadan Amaliy mashg\'ulotlar

Vazifa: Quyidagi topshiriqni bajaring va jadvalni to’ldiring. 
1-guruhga. Sinkveyn metodi
 
2- guruhga. 
Klaster 
metodi 
3- guruhga. BBB metodi 
Bilaman 
Bildim 
(mavzudan 
olingan 
yangi 
ma’lumotlar) 
Bilishni istayman 
(qiziqtirgan savollar) 
 
 
7-AMALIY MASHG’ULOT 
 
7-mavzu: Tuganakildizlar, Ko’p yillik daraxtsimon o’simliklar poyasining 
tuzilishi. (2-soat). 
 
Kerakli materiallar: mikroskop, lupa tayyor preparatlar, gerbariylar va fiksirlangan gulsapsar 
ildizi.
Ishni bajarish tartibi: 
Gulsavsar ildizi birlamchi tuzilishiga ega. Uning tuzilishi bilan tanishish uchun shimish 
zonasidan yupqa ko’ndalang kesim olib suv tomizilgan buyum oynasiga quyiladi. Suvni filtr 
qog’oz bilan shimdirib olib, kesik ustiga floroglyutsin, 2-3 minutdan so’ng xlorid kislota 
tomiziladi. Reaktiv ta’sirida yogochlashgan to’qima elementlari qizil rangga bo’yaladi. Keyin 
preparatga glitserin tomizib, usti yopqich oyna bilan yopiladi. Reaktiv yetishmagan taqdirda, 
oldindan tayyorlab quyilgan preparatdan foydalaniladi. Preparat mikroskopning kichik 
ob’ektivida qaralganda, gulsavsar ildizi po’stloq va markaziy silindrdan tuzilganligi aniq 
ko’rinadi. Ildiz tashqi tomondan qoplagich to’qima-epilema (rezoderma) bilan o’ralgan. 
Epiblema hujayralarining po’sti juda yupqa, o’zidan suvni oson o’tkazadi, epiblema kutikulasiz, 
ustitsasiz bo’ladi. Epiblema hujayralari cho’zilb tukchalar hosil qilish xususiyatiga ega. 
Tukchalar chiziq, uchi berk naycha shakldagi hujayralardir. Yadro va sitoplazma tukchalar 


uchiga joylashgan. Tukchalar tashqi tomondan yelimga o’xshash moddalar bilan bo’ralgan 
bo’lib, ular tuproq zarrachalariga birikishiga imkon beradi. 
Qoplag’ich to’qimadan keyin joylashgan to’qimalar birlamchi po’stloqdir. Birlamchi po’stloq 
ekzoderma, mezoderma, endoderma qatlamlariga bo’linadi. Ekzoderma—birlamchi po’stloqning 
eng tashqi qalami bir yoki bir necha qator zich joylashgan yirik hujayralardan tuzilgan. Hujayra 
po’sti tezda po’kaklashadi, ichki qismini himoya qilish funktsiyasini bajaradi. Birlamchi 
po’stloqning asosiy qismini tashkil etgan, yupqa keng joylashgan govak hujayralar po’stloq 
parenximasi, ya’ni mezodermadir. Mezodermada zapas moddalar-kraxmal, alkaloidlar va boshqa 
moddalar to’planadi hamda tukchalar orqali shimib olingan suv va mineral moddalarini markaziy 
silindrdagi o’tkazuvchi naylarga o’tkazish xususiyatiga ega bo’ladi. Po’stloqning ichki qavati 
endoderma bir qator zich joylashgan o’lik hujayralardan tuzilgan. Hujayralarning ichki po’sty 
yog’ochlashgan yoki po’kaklashgan. Endodermaning ksilema naylari qarshisidagi hujayralar 
po’sti yogochlashmagan, ular tirik o’tkazuvchi hujayralardir. Moddalar birlamchi po’stloqdan 
markaziy sidindr ga shu hujayralar orqali o’tadi, markaziy silindrning tashqi qavati peritsikl 
bo’lib, bu qator tirik parenxima hujayralardan tuzilgan. Peritsikl meristerma xususiyatiga ega, 
undan yon ildizlar, qo’shimcha kurtaklar va ikkilamchi hosil etuvchi felogen hosil bo’ladi. 
Shunga ko’ra peritsikl ildizning hosil qiluvchi qavati deb ataladi. Markaziy silindrni to’ldirib 
turgan to’qimalar o’tkazuvchi to’qimalar bular radial naylar bog’lami tipida joylashgan. 
Ildizning markazini egallagan qizil nayli to’qimalar birlamchi ksilemadir. Birlamchi ksilema 
naylari chetga qarab nur shaklida tarqalgan. Chekkaga (peritsielga) yaqin naylar mayda, 
markazdagi naylar yirik bo’ladi. Birlamchi yogochlik nurlari orasida joylashgan yupqa po’stli 
to’rsimon to’qimalar birlamchi floema (lub) to’qimalaridir. Floema va ksilema turli radius 
bo’ylab joylashgan. Bular asosiy parenxima to’qimalari bilan bir-biridan ajraladi. Ba’zi 
o’simliklar ildizida yogochlik nurlarining markazga yo’nalgan naylari bir-biri bilan 
qo’shilishidan ildiz o’zagida yirik naylar joylashgan bo’ladi. Gulsavsar ildizi o’zagida parenxima 
hujayralar bo’lib, ularda zapas moddalar to’planadi.
Bir pallali o’ismliklarning ildizi hayotining oxirigacha boshlang’ich tuzilishda bo’ladi. Ikki 
pallali o’simliklar yosh maysasining ildizi bir necha kungacha boshlangich tuzilishda bo’ladi, 
so’ng unda o’zgarish ro’y beradi. O’zgarish kambiy va fellogen to’qimalarning hosil bo’lishidan 
boshlanadi. Ildizda birlamchi floemani birlamchi ksilemadan ajratib turgan asosiy parenxima 
hujayralarining bo’linishidan kambiy hosil bo’ladi. Kambiy hujayralari bo’linib, ildizning 
chekkasiga ikkilamchi floema, markaziga ikkilamchi ksilema ajratadi. Hosil bo’lgan floema va 
ksilema tufayli ildiz yo’g’on tortadi (eniga o’sadi). Ildizda o’zak bo’lmaydi. Ildiz markazida 2-3-
4-6 ta nur shaklida birlamchi ksilema to’planadi. Kambiy hosil bo’lishi bilan bir vaqtda peritsikl 
hujayralarining bo’linishidan fellogen yuzaga keladi; fellogen hujayralari bo’linib, ildizning 
chetiga po’kak, markaziga felloderma ajratadi. Po’kak sirtida qolgan to’qimalar qo’rib to’kiladi. 
Qoplagich to’qima-periderma yuzaga keladi. Boshlangich tuzilishida bo’lgan ildizning markaziy 
silindridan ildizning ikkilamchi strukturasi shakllanadi. 
Ishni bajarish tartibi. Qovoq ildizining tuzilishini o’rganish uchun 5-6 mm yo’gonlikdagi yosh 
ildizdan yupqa ko’ndalang kesim kesib, suv tomizilgan buyum oynasiga qo’yiladi. Preparatga 
floroglyutsin hamda xlorid kislota tomiziladi. Reaktiv ta’sirida ksilema elementlari qizil rangga 
bo’yaladi. Preparatga glitserin tomizib, usti qoplagich oyna bilan yopiladi. Ildizning tuzilishi 
o’rganish uchun oldindan tayyorlangan preparatlardan foydalansa ham bo’ladi. Preparatni 
mikroskopning kichik ob’ektiviga quyib qaralganda, qovoq ildizi tashqi tomondan periderma 
bilan o’ralganligi ko’rinadi. Periderma tagida joylashgan yirik parenxima hujayralar ikkilamchi 
po’stloq parenxima, to’rsimon to’siqli to’qimalar floema bo’lib, kambiy hujayralarining 
bo’linishidan hosil bo’ladi. Po’stloqni ildizning markaziy silindridan chegaralab turgan yupqa 
po’stli radial yo’nalishda joylashgan mayda tirik parenxima hujayralari kambiy halqasidir. 
Kambiy hujayralari bo’linib, markazga ikkilamchi ksilema ajratadi. Ildizning asosiy qismini 
tashkil etgan yirik nayli qizil rangdagi to’qimalar ikkilamchi ksilema bo’lib, naylar, traxeidlar, 
yog’ochlik tolalari (libriform), yog’ochlik parenximasidan tarkib topgan. Ildiz o’zagida 
joylashgan to’rt nurli qizil naychalar birlamchi ksilemadir. Birlamchi ksilema markazida bitta 


yirik nay bo’lib, nurlar ichidagi naylar mayda naylar, ularni ba’zan aniqlash qiyin bo’ladi. Qovoq 
ildizida o’zak nurlari (radial nurlar) keng bo’lib, yupqa po’stli parenxima hujayralardan tuzilgan. 
Radial nurlar tufayli ksilema va floema aniq ko’rinib turgan to’rtta o’tkazuvchi boglamga 
ajralgan. Metamorfozlashgan ildizlar 1. Bajaradigan funktsiyasiga bog’liq holda o’simliklar 
ildizi morfologik jihatdan shakli o’zgarishi mumkin. Morfologik o’zgargan ildizlar
metamorfozlashgan ildizlardir. Metamorfozlashgan ildiz turlari ko’p. Bunga zapas moddd 
to’plovchi ildizlar, tayanch ildizlar, havo ildizlari va boshqalar kiradi. Zapas modda to’plovchi 
ildizlar. Ba’zi o’simliklar ildizi asosiy funktsiyasidan tashqari, turli oziq moddalar to’plash 
vazifasini bajaradi. Zapas moddalarning to’planishi bilan ildiz mgonlashadi. Shakli o’zgarishi 
bilan anatomik tuzilishi ham o’zgaradi. Bularga ildiz meva, tugunak ildizlar kiradi. Zapas 
moddalar Qo’shimcha yoki yon ildizlarda to’plansa, bu ildizlar yo’g’onlashib, ildiz 
tugunaklariga aylanadi. Ildiz tugunaklarda qo’shimcha kurtaklar bo’lib, ular vegetativ ko’payish 
funktsiyasini bajaradi. Bunga kartoshkagul (georgina), shirach, batat va b.k-di. Havo ildizlari, 
Tropik mamlakatlarda o’sadigan ba’zi o’simliklarda asosiy ildizlardan tashqari, poyasidan o’sib 
erkin osilib turadigan havo ildizlari ham bo’ladi. Bu ildizlar havo namini tortib olish 
xususiyatiga ega. Masalan, makkajo’xori poyasining pastki bo’gimlaridan o’sib chiqadigan 
ildizlar ko’shimcha ildizlar bo’lib, poyani mustahkam tutishda tayanch vazifasini bajaradi. Bular 
tayanch ildizlardir. 2. Sabzi ildizmevasining tuzilishi. Sabzidan yupqa kundalang kesik 
kesib, ko’z bilan qaralganda uning po’stloq qismini markaziy, silindrdan ajratib turgan ochiq 
rangdagi doira aniq ko’rinadi. Bu doira kambiydir. Kambiyning tashqi keng qismi floema va 
po’stloq, parenximalari bo’lib, uning ostki qismi ikkilamchi ksilemadir. Sabzi ildizining 
po’stloq qavati yaxshi rivojlangan. Zapas moddalar, xromoplastlar lub va po’stloq
parenximasida to’planadi. Ildizni tashqi tomonidan o’rab turgan to’qima pukakdir. 3. Turp 
ildizmevasini tuzilishi. Turpdan tayyorlangan kundalang kesikni ko’z bilan tekshirganda, 
ildizmevaning chekkasiga yaqin joylashgan oziq rangdagi kambiy halqasi aniq ko’rinadi. 
Kambiyning tashqi tor, qatlami ildizning po’stloq qismi, ostki keng qatlami markaziy silindir. 
Zapas moddalar yogochlik parenximasida to’planadi. Shunga ko’ra, yog’ochlik parenximasi 
yaxshi rivojlanmaganligi aniq ko’rinadi. Ikkilamchi ksilemani urab turgan mayda hujayralar 
kambiy, unga tashqi tomondan birikkan, to’qimalar floema va po’stloq parenximasidir. Ildiz 
tashqi tomondan koplovchi to’qima-po’kak bilan o’ralgan. 4.Lavlagi ildizining tuzilishi. Lavlagi 
ildizi tuzilishiga ko’ra sabzi, turp ildiziga o’xshaydi. Ildizning kundalang kesimi bir necha 
qator kontsentrik halqalardan tuzilganligini ko’ramiz. Kontsentrik halqalarning tuzilishi bilan 
tanishish uchun, yosh ildizning kundalang kesimidan tayyorlangan preparat mikroskopda
qaraladi.

Yüklə 0,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   30




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin