5-AMALIY MASHG’ULOT
5-Mavzu: Ildizning birlamchi va ikkilamchi anatomik tuzilishi. Ildizmevalar
anatomiyasi. (2-soat)
Ildizning birlamchi anatomik tuzilishi.Ildizlar anatomik tomondan birlamchi, ikkilamchi va
uchlamchi tuzilishga ega bo’ladi. Ildizning birlamchi tuzilishi ildiz o’suv konusidan meristema
hujayralarining faoliyati natijasida hosil bo’ladi. Bunday tuzilish barcha yopiq urug’li va ochiq
urug’li o’simliklarning so’ruvchi hududida uchraydi. Bu ba’zi o’zgarishlar bilan bir pallali va
ochiq urug’li o’simliklarning o’tkazuvchi hududida ikkilamchi hosil qiluvchi to’qima(kambiy
va po’kak kambiysi) hosil bo’ladi va undan ildizning ikkilamchi tuzilishi shakllanadi.
Sho’radoshlar oilasida (lavlagi va boshqalarda) kambiy bir necha marotaba hosil bo’ladi va
natijada ildizning uchlamchi tuzilishi yuzaga keladi.
So’ruvchi hududning ko’ndalang kesimida uchta qism farqlanadi: epiblema, birlamchi
po’stloq vaq markaziy silindr. Epiblema bir qator hujayralardan iborat bo’lgan qoplovchi
to’qima bo’lib, ularning ko’pchiligida ildiz tuklari hisobiga so;’ruvchi hududning hajmi bir
necha barobar kengayadi. Ildiz tuklari va epiblemaning ayrim hujayralari orqali suv va suvda
erigan mineral moddalar ildizga suriladi. Bu moddalarni birlamchi po’stloq qabul qiladi va uni
markaziy silindrga o’tkazadi.
Birlamchi po’stloq quyidagi uch qismdan iborat bo’ladi: tashqi - ekzoderma; o’rta -
mezoderma va ichki- endoderma. Ekzoderma hujayralari bir yoki bir necha qator bo’lib
joylashadi va bir-biriga yaxshi yopishgan bo’ladi, ularning ayrimlarmmg qobig’i po’kaklangan
yoki yog’ochlashgan bo’ladi. Mezoderma po’stloqning katta qismini egallagan bo’lib, uning
hujayralari g’ovak bo’ladi.
Endoderma markaziy silindrni mustahkamlaydi, suv va unda erigan mineral moddalarni
markaziy silindrga o’tishini ta’minlaydi. U bir va bir necha qator hujayralardan tashkil topgan.
Ularning hujayra qobig’i po’kaklangan yoki ko’pincha yog’ochlashgan bo’ladi. Endoderma
qavatida o’zidan suv va havoni o’tkazadigan yupqa po’stli hujayralar ham uchraydi, bu
hujayralar o’tkazuvchi hujayralar deb ataladi. Po’stloq mana shu hujayralar orqali markaziy
silindr bilan munosabatda bo’ladi. Endodermaning ichki tomonida bir qator yupqa po’stli
peritsikl hujayralari joylashadi (bu yon ildiz hosil qiluvchi qavat ham deb ataladi).
Peritsikldan yon ildiz o’sib , dastlabki po’stloqdagi hujayralar orqali o’tib, tashqariga
chiqadi.
Markaziy silindrda halqasimon va spiral naylar joylashgan. Bu naylar ildiz markaziga
yetganda yiriklashadi. Yog’och naylar oralig’ini galma-gal joylashgan dastlabki lub tolalari
egallaydi. Ildiz markazini o’zak to’ldirib turadi. Binobarin, ildizda yog’ochlik va lub har xil
radiusda joylashadi, bular asosiy parenximadan foydalanib turadi. Ildiz kesmasining rasmi
daftarga chizib olinadi, undagi to’qimalar ko’rsatiladi. a.
amaliy ish.
Dostları ilə paylaş: