Ishning bajarilishi: Qovoq ildizining ikkilamchi tuzilishini o’rganish uchun preparat
mikroskopning kichik obyektivi orqali kuzatiladi.Hoch(krest) shaklida joylashgan to’rtta
ikkilamchi ksilema nurlari, kambit va boshqa to’qimalar topiladi. Qovoq ildizi to’qimalarining
rasmi daftarga chizib olinadi. Qovoq kambiy ildizining rasmini chizishda undagi barcha
to’qimalar tartibli ravishda yozib qo’yiladi.
Sabzi, turp va lavlagi ildizmevalari avval ko’z orqali tekshiriladi , songra tayyor
preparatlar mikroskop ostida tekshirilib, rasmi chiziladi va aniq ko’rsatilib yozib qo’yiladi.
Vazifa:Quyidagi topshiriqni bajaring va jadvalni to’ldiring. 1- guruhga. Rezyume metodi
2- guruhga.
Klaster
metodi
3- guruhga. BBB metodi
Bilaman
Bildim
(mavzudan
olingan
yangi
ma’lumotlar)
Bilishni istayman
(qiziqtirgan savollar)
6-AMALIY MASHG’ULOT 6-Mavzu: Bir pallali va ikki pallali o’t o’simliklar poyasining anatomik tuzilishi. (2-soat) Umumiy tushuncha. Poyalar birlamchi va ikkilamchi tuzulushga ega bo’ladi. Birlaamchi
tuzulish prokombiy va poyaning o’sish ko’nusi meristema hujayralarining faoliyati natijasida
hosil bo’ladi. Ikkilamchi tuzilish esa prokombiydan hosil bo’lgan ikkilamchi hosil qiluvchi
to’qima kambiy va pokak kombiysifelogenlarning faoliyati natijasida hosil bo’ladi. Bir pallali
o’simliklarning poyasi, asosan, birlamchi tuzilisha ega bo’lad, ya’ni ular tolali nay bog’lamlarda
kambiy bo’maganligi uchun yopiq bo’ladi. Ko’pchilik bir pallali o’simliklarda tolali naylar
bo’gimlari poyada tarqoq holda joylashadi. Ularning ko’pchilikida birlamchi postloq umuman
rivojlanmaydi.
1-amaliy ish. Kerakli asbob va materiallar:mikroskop va makkajoxori poyasining ko’ndalang kesimidan
tayyorlangan doimiy pereparat. Terak, olma, lipa, siren, o’rik, olchaning novdasi gerbariylar,
olchaning novdasi yoki gerbariysi.