Tayanch so’zlar.
Geologik eralar. Tog` jinslarining yoshi. Arxey, Proterozoy, Paleozoy,
Mezozoy, Kaynazoy. Tetis dengizi. Plita. Geosinklinal. Gertsen burmalanishi.
Kimmeriy burmalanishi. Alp burmalanishi. Kuchli zilzilalar. Tekislik va
pasttekisliklar.Qirlar va platilar. Adirlar va baland Tog`lar. Tyan-Shan. Oloy. Pomir.
Tyan-Shandagi sirtlar. Eng baland cho’qqilar va eng past botiqlar. Turkman-Xuroson
Tog` tizimi. Magmatik, metamorfik va cho’kindi Tog` jinslari. Neft va tabiiy gaz.
Ko’mir. Temir ruda konlari. Rangli va nodir metallar. Mineral tuzlar. Shifobaxsh
minarel suvlar.Qurilish materiallari.
3-MAVZU. MARKAZIY OSIYO HUDUDINING IQLIMI VA ICHKI
SUVLARI
REJA:
1. Markaziy Osiyo hududining iqlimi.
2. Markaziy Osiyo hududining ichki suvlari.
1. Markaziy Osiyo hududining iqlimi.
Markaziy Osiyo Yevroosiyo materigining markazida, okeanlardan ancha
uzoqda joylashgan o’lka. Markaziy Osiyo hududi to’liq mo’'tadil va subtropik
mintaqalarga to’Іri keladi. Uning geografik o’rni o’ziga xos iqlimning vujudga
kelishiga sabab bo’lgan.Quyidagilar Turkiston iqlimini hosil qiluvchi omillar
hisoblanadi: geografik o’rni, atmosfera tsirkulyasiyasi, rel`yefida tekislik va Tog`li
o’lkalarniia mavjudligi.
10
Markaziy Osiyo iqlimga Arktika havo massalari va tropik havo massalari tasir
etadi.
Yuqoridagi omillar ta'sirida Turkiston o’lkasida kontinental va quruq iqlim
vujudga kelgan. Bu iqlimga quyosh nurlarining ko’pligi, havoning quruqligi xos.
Iqlimning kontinentalligi sutkalik va yillik haroratlar o’rtasida katta farq bo’lishiga
sabab bo’ladi.
Markaziy Osiyoning shimoli va g`arbida tabiiy to’siqlarning yo’qligi
shimoldan, shimoli-Іarbdan vag`arbdan keladigan havo massalarining bemalol kirib
kelishiga imkon yaratadi. Markaziy Osiyoga qish faslida shimoli-sharqdan Sibir
(Osiyo) antisikloni bilan sovuq havo va Shimoliy muz okeanidan Arktika havo
massalari kirib keladi. Bu havo massalari Markaziy Osiyoning janubiy qismlarigacha
yetib boradi va u yerlarda qattiq sovuqlarning bo’lishiga sabab bo’ladi.
Yozda cho’llarda havo nihoyatda qizib, past bosim vujudga keladi. Markaziy
Osiyoga qo’shni bo’lgan Eron va Afg`oniston cho’llarida ham xuddi shunday ahvol
ro’y beradi. Bu Markaziy Osiyo tekisliklarida issiq va quruq tropik havoning, ya'ni
termik depressiyaning hosil bo’lishiga olib keladi. Tropik havo quruq, chang-to’zonli
va harorati yuqori bo’lishi bilan ajralib turadi.
Markaziy Osiyo tekisliklari iqlimi o’z xususiyatlariga ko’ra bir-biridan
birmuncha farq qiladi. Shimoliy qismlarida chalacho’l iqlimi ustun bo’lsa, qolgan
qismlarida esa cho’l iqlimi ustundir.
Markaziy Osiyo cho’llari materik ichidagi berk o’lka bo’lganligi sababli keskin
kontinental iqlimga ega. Bu iqlimga ham yozning juda issiq, qishningg`oyatda
sovuqligi, haroratning sutkalik, yillik amplitudalari farqi juda yuqori, fasllar bo’yicha
yoІinlarning notekis taqsimllanishi, havoning quruq va ochiq bo’lishi xosdir.
Markaziy Osiyo cho’llari iqlimini Yer sharidagi eng issiq joylar - Shimoliy Afrika va
Mesopotamiya shimoliga qiyoslash mumkin.
Qizilqum va Qoraqumda qishda eng past harorat – 25C dan 33C gacha
boradi.Qishda Amudaryo va Sirdaryoning quyi qismi muzlaydi. Janubda esa qish
birmuncha iliq keladi.
Markaziy Osiyoning Tog`li o’lkalarida iqlim tekisliklaridagidan birmuncha
farq qiladi, bulutli kunlarning ko’pligi, qorning uzoq yotishi, yoІinlarning ko’pligi,
haroratning past bo’lishidir. 1500-2000 metrdan baland Tog`lar Atlantika okeani va
O’rta Yer dengizidan keladigan nam shamollarni to’sib, yoІinlar yoІishiga sabab
bo’ladi.
Tyan-Shan Tog`larida dengiz sathidan 3500-4000 metr balandlikda yanvar
oyida o’rtacha harorat 170-180, eng past harorat esa -480 gacha boradi.
Pomirda,Qorako’l sohilida eng past harorat -500 gacha boradi.
Markaziy Osiyoda “fyon” (Tog`larda), tekislik va ayrim Tog` yonbaІirlarida
“garmsel” shamollari ko’p bo’ladi. Shuningdek, Tog`larda “Tog` vodiy shamollari”
ham mavjuddir. Bulardan tashqari mahalliy shamollar ham mavjud. Masalan, “afІon”
shamoli, “Bekobod” shamoli, “Qo’qon” shamoli va boshqalar.
2. Ichki suvlari.
Markaziy Osiyo daryo va ko’llarini suv bilan ta'minlab turuvchi manba
Tog`lardagi muzliklar, yer osti, yomІir va qor suvlaridir.
Markaziy Osiyo Tog`larida 4000 ga yaqin muzlik bor. Ularning maydoni
17573 kv.km. muzliklar bitmas-tuganmas suv manbaidir. Markaziy Osiyoda 12
11
mingdan ortiq daryo va 1000 dan ziyod ko’l bor. Ular o’lka hududida notekis
taqsimlangan. Shu narsa diqqatga sazovorki, Markaziy Osiyo hududining 70 foizini
tashkil qilgan chalacho’l va cho’llarda hamda dashtda ko’llar juda oz. 30 foiz Tog`li
qismlarida 10 mingdan ortiq daryo mavjud. Tog`lar Markaziy Osiyo hududining suv
resurslarini to’playdigan asosiy manbai bo’lsa, tekisliklar uni sarflaydigan asosiy
qismidir. Bu Markaziy Osiyo uchun xos bo’lgan eng muhim xususiyat. Markaziy
Osiyoning barcha daryolari (Irtish va uning irmoqlaridan tashqari) berk havzaga
mansubdir. Markaziy Osiyo daryolari turli manbalardan suv oladi. V.L.Shuls ularni
to’yinishiga ko’ra quyidagi 4 guruhga bo’ladi:
1. Muzlik-qor suvidan to’yinadigan daryolar.
2.Qor-muzlik suvidan to’yinadigan daryolar.
3.Qor suvidan to’yinadigan daryolar.
4.Qor-yomgir suvidan to’yinadigan daryolar.
Birinchi guruhdagi daryolarga: Amudaryo, Zarafshon, Isfayramsoy, So’x,
Isfara, Iee, Lepsa va boshqalar, bularning suvi yozda ko’payadi.
Ikkinchi
guruhga:
Norin,
Chu,
Sirdaryo
va
uning
irmoqlari,
Chirchiq,Qoradaryo, Talas, Surxondaryo va boshqalar, bularning suvi iyun va iyulda
toshadi, dekabr va fevral oylarida suvi juda kamayadi.
Uchinchi va to’rtinchi guruh daryolariga Murg`ob, Tajan, Atrek,Qashqadaryo,
ўuzordaryo, Sheroboddaryo, Ohangaron, Sarisuv, To’rІay va boshqalar kiradi.
Tog`lardagi daryolar oqimi tezligi uchun ham muzlamaydi. Tekisliklardagi
quyi qismi esa 1-2 oy muzlaydi.
Markaziy Osiyo daryolari juda katta gidroenergiyaga ham ega. Daryolarga
yirik suv omborlari ham qurilgan.
Ko’llari. Markaziy Osiyoda 1000 dan ortiq ko’l bor. Ular ichida eng yirigi
Orol ko’lidir. Ko’lning maydoni qurimasdan oldin 65458 kv.km.edi.Hozir 38 ming
kv.km. Ko’l egallagan botiq tektonik yo’l bilan hosil bo’lgan, ammo Orolning o’zi
qoldiq ko’ldir. Ko’l sathiga 100 mm. yoІin tushsa, bo’Іlanish esa 1000 mm.ga teng.
Amudaryo va Sirdaryo suvining deyarli hammasining suІorishiga sarflanishi, hamma
suvdan tejab-tergab foydalanmaslik, ko’plab suv omborlarining va kanallarning
qurilishi oxir-oqibatda uning qurib borishiga sabab bo’lmoqda.
Balxash ko’li dengiz sathidan 340 metr balandda joylashgan. Maydoni
17760 kv. km. Ko’lning oa??ee іenie esa tor, chuqur va suvi sho’r. Ko’lning
o’rtacha chuqurligi 6 metr Balxashga; Ili,Qoratol, Oqsuv, Lepsa, Ayaguz va boshqa
kichik daryolar o’z suvini quyadi, lekin bironta ham daryo oqib chiqmaydi.
Issiqko’l dengiz sathidan 1609 metr balandda joylashgan tektonik ko’l,
maydoni 6200 kv. km, eng chuqur joyi 702 metr. Ko’l atrofini Kungay, Terskay
Olatovlari o’rab turadi.
Issiqko’lga 80 dan ortiq daryo va soylar quyiladi, lekin bironta ham daryo
oqib chiqmaydi. Issiqo’l suvi sho’r bo’lib ichishga yaramaydi. Baliqchilik mahalliy
ahamiyatga ega.
Sarez ko’li 1911 yid fevralda Pomirning Usoy degan joyida Murg`ob daryosi
vodiysiga Tog`ning qulashi natijasida vujudga kelgan.Hozir uning uzunligi 100
km.ga yaqin, eni 55 km., chuqurligi 500-600 m. Ko’l dengiz sathidan 3200 metr
balandda joylashgan.
12
Hisor Tog` tizmalarining shimoliy yonbagrida morena to’sishdan hosil
bo’lgan, go’zal tabiatli Iskandarko’l mavjud. Uning maydoni 4 kv.km., chuqurligi 76
metr.
Markaziy Tyan-Shan g`arbida Sonko’l joylashgan, maydoni 250 kv.km.
Markaziy Osiyo Tog`lari va hududning shimoliy qismlarida ko’llar nihoyatda
ko’pdir.
Suv omborlari. O’simliklarni issiq, namga eng chanqoq davrdarida suv bilan
muntazam ta'minlash maqsadida Markaziy Osiyoning bir qancha daryolarida sun'iy
ko’llar - suv omborlari bunyod etilgan. Bu asosiy suv omborlari quyidagilar: Ili
daryosida -QopchiІay, Norin daryosida - To’otaaul, Chirchiq daryosida - Chorvoq,
Ohangaron
daryosida
-
Toshkent,Qi?adaryoda
-
Andijon,
Sirdaryoda
-
Qayroqqum,Chordara,
Zarafshon
daryosida
-
Kattaqo’rІon
vaQo’yimozor,Qashqadaryoda - Chimqo’rІon,Qarshi kanalida - Talimarjon,
Surxondaryoda - Janubiy Surxin, To’polang daryosida - To’polang, Amudaryoda -
To’yamo’yin, Vaxshda - Norak,Qoraqum kanalida -Havuzxon suv omborlari
qurilgan. Suv omborlari ichida eng yiriklari:QopchiІay, To’xtaІul, Tuyamo’yin,
Chordara,Qayraqum, Chorvoq va boshqalar.
Bu suv omborlari faqatgina yerlarni suІorish uchungina ishlatilmasdan, ulardan
GESlar qurish, daryo suv oqimini tartibga solish, rekreaksiya maqsadlarida ham
foydalaniladi.
Yer osti suvlari. Markaziy Osiyo hududi juda katta yer osti suv boyliklariga
ham ega. Iqlimning juda quruq bo’lganligi sababli oqar suvlar bilan bir qatorda yer
osti suvlaridan ham aholini ichimlik suvi bilan ta'minlashda, ekinlarni suІorishda,
chorva mollarini suІorishda keng ko’lamda foydalaniladi.
Markaziy Osiyo hududi tabiiy-geografik va geologik xususiyatiga ko’ra bir-
biridan keskin farq qiladigan 2 ta gidrogeologik kichik o’lka—janubi-sharqiy va
sharqiy burmali Tog`lar va tekisliklardagi platformali artezian suvlari kichik o’lkalari
mavjud.
Tayanch so’zlar.
Mo’'tadil va subtropik iqlim mintaqalari. Keskin kontinental. Arktika havo
massalari. Cho’l va chalacho’l. Absolyut maksimum va absolyut minimum. YoІin-
sochin miqdori. Issiqlik. Mahalliy shamollar. Daryolarning to’yinishi va to’yinishiga
qarab bo’linishi. Ko’llar. Asosiy ko’llar. Suv omborlari. Eng yirik suv omborlari. Yer
osti suvlari. Gidrogeologik jihatdan bo’linishi.
4-MAVZU. MARKAZIY OSIYO HUDUDINING TUPROQLARI,
O’SIMLIK VA HAYVONOT DUNYOSI
REJA:
1. Markaziy Osiyo tuproqlari.
2. Markaziy Osiyo o’simliklari.
3. Markaziy Osiyo o’lkasining hayvonot dunyosi.
1. Markaziy Osiyo tuproqlari.
Tuproq juda murakkab tabiiy hosiladir. Bu geografik komponentning hosil
bo’lishi Tog` jinslari yuzasining yemirilishidan boshlanadi.Harorat, namlik va tirik
13
organizmlar ta'sirida yemirilgan Tog` jinslarida o’simlik paydo bo’ladi. O’simliklar
nobud bo’lar ekan, tuproqda organik modda qoldiradi. Tuproq hosil bo’lishida
iqlimning roli, reluyefning roli, mikroorganizmlarning roli, o’simliklarning roli,
hayvonlarning roli, inson faoliyatining roli va shuningdek o’lka yoshi ham muhim
ahamiyatga ega.
Tuproqlar mexanik tarkibiga ko’ra gilli tuproqlar, loyqa tuproqlar, qumoq va
qumloq toproqlarga bo’linadi.
Strukturaga ega bo’lgan tuproq strukturali tuproq deb ataladi. Strukturali
tuproq unumdor bo’ladi.
Changsimon tuproq strukturasiz tuproq hisoblanadi va kam unumdor bo’ladi.
Markaziy Osiyo tabiati va rel`yefining xilma-xilligi, o’simlik va hayvonot
dunyosining rang-barangligi bu o’lkada xilma-xil tuproqlarning hosil bo’lishiga
sabab bo’lgan.
Markaziy Osiyoning tekislik qismida tuproqlar kenglik bo’ylab zona-zona
bo’lib joylashgan. Chala cho’l va cho’llarning asosiy zonal tuproqlariga kashtan,
qo’nІir, nur, qo’nІir, taqir, qumli, bo’z, sho’rlangan tuproqlar kiradi. Chala cho’l va
cho’l zonasi tuproqlarida chirindi oz.
Markaziy Osiyoning sharqiy va janubiy Tog`li qismida balandlik mintaqalari
mavjudligi tufayli tuproq hosil qiluvchi omillar mutlaqo boshqacha. Markaziy
Osiyoning Tog`li qismida quyidagi balandlik tuproq mintaqalari ajratiladi:
1. Bo’z tuproq mintaqasi (Tog` oldi qiyaliklari va Tog` etagidagi tekisliklar);
2. Jigarrang va qo’nІir o’rmon tuproqlar mintaqasi (o’rtacha balandlikdagi
Tog`lar);
3.Qora va och tusli qo’nІir tuproqlar mintaqasi (baland Tog` o’rmon-o’tloq
dashtlar);
4. Tog`-o’tloq tuproqlar mintaqasi (subali va alp o’tloqlar).
Rel`yef, iqlim, gidrogeologik va shu kabi faktorlarning o’zgarishi bilan zonal
tuproqlar orasida azonal tuproqlar - o’tloq, allyuvial-o’tloq, o’tloq-botqoq, botqoq,
sho’rxok va turli darajada sho’rlangan kashtan va bo’z tuproqlar ham uchraydi.
Markaziy Osiyoning (Qozog`istonning) shimoliy qismi dasht zonasiga to’Іri
keladi va bu yerlarda qora tuproqlar tarqalgan. Janubroqda, ya'niQozog`iston past
Tog`larining markaziy qismlari, MuІojar Tog`lari chalacho’l zonasida joylashgan shu
sababli bu yerlarda, och tusli kashtan va qo’nІir tuproq ko’p uchraydi.
Chalacho’l zonasining janubida qo’nІir tuproqlar uchraydi, chalacho’l
zonasining daryo bo’ylarida, sizot suvlari yaqin bo’lgan joylarda o’tloq, o’tloq-
botqoq, botqoq-allyuvial, sho’rxok tuproqlar uchraydi. Turkiston shimolidagi
cho’llarda Katta Bo’rsiq, Kichik Bo’rsiq qumlari, Orol bo’yiQoraqumi, Mo’yinqum,
Balxash bo’yi qumli cho’llarida ishqori ko’proq bo’lgan och tusli qo’nІir tuproqlar
tarqalgan.
Јoraqum, OrqaungizQoraqumi,Qizilqum,Qarshi, Karnob cho’llari, Kaspiy
bo’yi sohili cho’llari janubiy cho’llar tipiga mansub va shu tufayli sur-qo’nІir, qum-
taqir, o’tloq-botqoq tipli tuproqlardan, sho’rxoklardan iborat.
Јumli cho’llarda tuproq hosil bo’lish jarayoni juda sust davom etadi, shu
sababli uchib yurmaydigan qumlarda cho’l-qum tuproqlari hosil bo’lgan.
14
Јadimgi allyuvial tekisliklarda taqirlar va taqir tipli tuproqlar paydo bo’lgan.
Taqir tipli tuproqlar daryo vodiylarining qadimgi terrasalarida, Tog` etaklaridagi qiya
tekisliklarda ham uchraydi.
Turkiston Tog` etaklaridagi eng quyi mintaqada bo’z tuproqlar keng tarqalgan.
Bu mintaqa och tusli, to’q tusli bo’z tuproqlar bilan boshlanib yuqoriga ko’tarilgan
sari ularning turlari o’zgarib boradi. Bo’z tuproqlarni atroflicha o’rganishda mashhur
rus geografi I.P.Gerasimovning xizmatlari katta. Bo’z tuproqli yerlar 300-500
metrdan 1200-1400 m. balandlikkacha uchraydi.
2. Markaziy Osiyo o’simliklari.
Markaziy Osiyo rel`yefi va iqlimining xilma-xilligi bu o’lkada o’simliklar
olamining rang-barang bo’lishiga sabab bo’lgan. Bu o’lkada Kavkaz, Eron, Sibir,
O’rta Yer dengizi bo’ylariga xos bo’lgan o’simlik va hayvonlar uchraydi.
Markaziy Osiyoda 9000 dan ortiq o’simlik turi uchraydi. Mavjud
o’simliklarning atigi 10 foizi chalacho’l va cho’l zonasida, qolgan 90 foizi esa Tog`li
rayonlarda tarqalgan. Markaziy Osiyo o’simliklarini tarqalish xususiyatiga ko’ra 4 ta
geografik o’lkaga: dasht; chalacho’l; cho’l; Tog`lar o’lkasiga ajratish mumkin.
Dashtda qalin har xil o’tlar o’suvchi o’tloqlar mavjud bo’lsa, chalacho’lda
dasht va cho’lga xos o’simliklar o’sadi.Dashtda asosan boshoqli o’t o’simliklari, bir
yillik va ko’p yillik efemer o’tlar keng tarqalgan. Daryo vodiylari va pastqam
yerlarda past bo’yli daraxtlarni uchratish mumkin.Chalacho’l shimolida boshoqli
o’simliklar, janubida esashuvoq va sho’ra ko’plab o’sadi. Chalacho’lda o’simliklar
siyrak bo’lib, ularning bo’yi past, barglari tikanli, ildizlari chuqur ketgan. Chalacho’l
shimolining asosiy o’simliklari betaga, qiltanoq, chalov, oq shuvoq, qora shuvoq,
izen (supurgi) va boshqalardan iborat. Bahorda ko’plab efemer va efemeroidlar; lola,
chuchmoma, gulsafsar, ravoch, ayiqtovon va boshqalar.
Chalacho’lning pastqam suvli joylarida tol, Tog`terak, zarang, qayin, qaraІay
kabi daraxtlar o’sadi. Chalacho’l shimolidagi Tog`lar yonbaІirlarida qayin, Tog`terak,
qaraІay daraxtlari ko’plab o’sadi. Chalacho’l zonasi eng avvalo yaylov sifatida keng
foydalaniladi, vohalarida obikor dehqonchilik yaxshi rivojlangan.
Markaziy Osiyo cho’llari ham shimoliy va janubiy deb ataluvchi tabiiy
komplekslarga bo’linadi. Shim cho’llarda yoІin-sochin fasllar bo’yicha ancha teng
taqsimlangan. Janubiy cho’llarda esa yoІinlarning asosiy qismi bahor va qish
fasllarida tushadi va iqlimi, o’simlik, hayvonot dunyosining rivojlanishi va tarkibi
jihatidan Old Osiyo va Shimoliy Afrika cho’llariga o’xshab ketadi. Shimoliy cho’llar
o’simlik olamining 30-40% ini shuvoq tashkil etadi, qumli joylarda esa akasiyaning
alohida turi- quyonsuyak, buІdoyiq, chalov, shuvoq, qizilcha, qiyoq keng tarqalgan.
Janubiy qumli cho’llarda (Јoraqum,Qiizilqum) asosan qurІoqchilikka chidamli,
ildizlari uzun, barglari mayda o’simliklar ko’p o’sadi. Bularga: juzІun, yantoq,
quyonsuyak, qizilcha,astragul, qandim kabilar kiradi.
Cho’llar orasida, qadimgi va hozirgi allyuvial tekisliklarda vodiy o’tloqlari,
to’qaylar, butazor, ko’kalamzor vohalar mavjud. Botqoqli qayirlarda qamishzorlar
tarkib topgan.
Markaziy Osiyo Tog`li o’lkalarini o’z navbatida bir qancha tabiiy
komplekslarga ajratish mumkin:
1. Tog`-cho’l tabiiy klmpleksi; dengiz sathidan 300-500 m. baland bo’lgan
Tog` etaklaridagi adirlarni, daryo terrasalarini egallaydi. Bu yerlarning eng asosiy
15
o’simliklari qorabosh, qo’nІirbosh, chuchmoma, lola, ayiqtovon, lolaqizІaldoq va
boshqalardir.
2. Tog`-chalacho’l tabiiy kompleksi; 500-15000 m. balandlikkacha. Bu
mintaqada efemerlardan buІdoyiq ko’p o’sadi. Cho’l tipidagi o’tlar anchagina. Erta
bahorda qo’nІirbosh, gulsafsar, lola, yozda esa efemerlar qurib, qovjirab qoladi.
O’simliklar KopetdoІ, Turkiston, Zarafshon,Hisor, Talas tizmasida birmuncha ko’p
uchraydi.
3. Tog`-quruq dasht kompleksi; 1200-1500 m.dan 2200-3000 m.gacha
balandda bo’lgan joylarni egallaydi. Bunga KopetdoІdan TorboІtoygacha bo’lgan
bo’lgan barcha Tog`lardagi tabiiy komplekslar kiradi. Bu mintaqada boshoqlilar juda
ko’p. Chalov va betaga yer yuzasini sidirІasiga qoplab olgan. Bahorda qo’nІirbosh,
lola, boychechak ko’plab uchraydi. KopetdoІdan to Issiqko’lningg`arbiga qadar
bo’lgan yerlarda yovvoyi pistazor va bodomzorlar mavjud.
4. Tog` o’rmon-o’tloq dasht kompleksi. 1200-1500 metdan 3000-3500
m.gacha. Bu zonada yoІingarchilik juda ko’p bo’ladi. Bu mintaqada joyning dengiz
sathidan mutlaq balandligiga qarab quyoshga nisbatan joylashgan o’rniga qarab,
yonbaІirlarning tik yoki yotiqligiga qarab har xil o’simlik turlari vujudga kelgan.
O’tlardan: astragul, kavrak, arpaІon, buІdoyiq, bo’yi 1-2 metr bo’lgan butalar
ko’p. Bargli o’rmonlar 1400-1500 m.dan 2000 m.gacha bo’lgan yerlarda zarang,
olma, yonІoq, archa, namatak ko’p o’sadi. Turikston Tog`larining 3000 m.gacha
bo’lgan qismida archa keng tarqalgan.
5. Subalp tipidagi o’tloqlar kompleksi. Bu mintaqa Tog`larning geografik
yo’nalishi, yoІin miqdori va boshqa xususiyatlariga qarab har xil joylashgan. M.:
Orqa Iee Olatovida 1500-1600 m.dan,Farg`ona tizmasida 2500-2700 m.dan, Oloy
vodiysidagi Tog`larda esa 3100-3200 m.dan boshlanadi. Mintaqaning asosiy o’simlik
dunyosi o’tloqlar, yel-pixta o’rmonlari, archazorlardan iborat. Subalp o’tloqlari
yaylov sifatida katta ahamiyatga ega bo’lib, bu yerda asosan betaga, kavrak,
qo’nІirbosh, mushukquyruq, yorongul kabi o’ziga xos o’simliklar uchraydi. Subalp
mintaqasining janubida archaning bir qancha turi mavjud. Archaning asl vatani
Turkiston Tog`laridir, u 800-3000 metr balandlikkacha o’sadi.
6. Alp tipidagi kompleks. Bu mintaqaga 3000-35000 m.dan qorli Tog`
tepalarigacha, ba'zan doimiy qor chegarasidan ham yuqori joylar kiradi.
Namgarchilik ko’p yerlar alp tipidagi o’tloqlar, yoІin oz yerlar esa Tog` dashtlari
bilan qoplangan. Alp o’tloqlari o’simliklari subalp o’tloqlaridan bo’yining balandligi
bilan ajralib turadi. Mintaqada har xil o’tlar, edelveys guli, turli rangdagi gullar -
sariq ayiqtovon, ko’kgul, pushti qo’qongul, sarІish yovvoyi ko’knor ko’p uchraydi.
Gulli o’simliklar Zarafshon tizmasida 3800 m.gacha ўarbiy Pomirda esa 4500
m.gacha balandlikda uchraydi. Mintaqada butalar ham anchagina.
3. Markaziy Osiyo o’lkasining hayvonot dunyosi.
Markaziy Osiyo hayvonot dunyosi boy va rang-barang bo’lib, ular asosan
dasht, chalacho’l va cho’l sharoitiga moslashgan. O’lka hayvonot dunyosining
aksariyati quruq va issiq yozga, sovuq qishga, suvsizlikka bardosh bera oladi. Bu
o’lkada hayvonot dunyosining Eron, O’rta Yer dengizi, O’rta Osiyoga xos bo’lgan
vakillari bor.
Dasht hayvonlari. Dashtda asosan chalacho’l va mo’'tadil iqlimga moslashgan
hayvonlar tarqalgan.Har xil qushlar, kemiruvchilar, tuyoqli hayvonlar keng
16
tarqalgan.Qushlardan: to’rІay, oq kaklik, qutb boyqushi va boshqalar;
kemiruvchilardan: har xil sichqonlar, kalamush, yumronqoziq va boshqalar;
tuyoqlilardan: oqquyruq, jayron, tulki, tarpan (yovvoyi ot), qulon (yovvoyi eshak) va
boshqalar; sudralib yuruvchilardan: ilonlarning bir qancha turlari mavjud.
Chalacho’l hayvonlari. Bu zonada yozning issiqligi va quruqligi hamda
qishning juda sovuqligi hayvonlarni turli sharoitda yashashga moslashtirgan.
Ko’pchilik hayvonlar qishda uyquga ketsa (qo’shoyoq), ba'zlari yoz va kuzda yiqqan
ozuqalarini qish paytida inlarida iste'mol qiladilar (sichqon, kalamushlar).
Chalacho’lning asosiy hayvonlari bo’ri, tulki, sassiqko’zan, oq sichqon,
yumronqoziq, qo’shoyoq, oqquyruq va hokazolar. Chalacho’lda eng ko’p
uchraydigan hayvon yumronqoziqdir. Kemiruvchilardan har xil sichqonlar,
kalamush, qo’shoyoq ko’p.
Orolbo’yi, Ustyurt, To’rІay, Balxash bo’yi qumlarida tuyoqlilardan
oqquo’yruq, jayron ko’p uchraydi.
Parrandalardan oq va qora to’rІay, turnalar, bulduruqlar, tuvaloq, boyqush,
lochin, burgut va boshqalar.
Sudralib yuruvchilardan toshbaqa va kaltakesaklar, har xil ilonlar ko’p. Zaharli
chayon, tarantul (biy), faoanga, qoraqurtlar bor.
Cho’l hayvonlari. Cho’l hayvonlari nihoyatda xilma-xil; yuqori harorat, qumli,
gilli, toshloq, sho’rhok sharoitlarda yashashga moslashgan. Cho’lning asosiy
hayvonlariga yumronqoziqlar, qum sichqonlari, qo’shoyoqlar, tulki, chiyabo’ri,
barxan mushugi va boshqalar.
Јushlardan to’rІay, xo’jasavdogar, yilqichi, tentakqush, so’fito’rІay, saksovul
chumchuІi ko’p.
Cho’lda toshbaqa va kaltakesaklar juda ko’p. Bu yerda shuningdek Turkiston
agamasi yashaydi. U jazirama issiqda saksovul ustiga chiqib jon sayqlaydi.Qumli
cho’lda har xil zaharli ilonlar ham ko’p. (qum buІma iloni, charxilon (efa), kobra va
boshqalar).
Yirtqichlardan bo’rsiq, bo’ri, yirtqich qushlardan tasqara, burgutlar mavjud.
Tog`li o’lkalar hayvonlari. Chalacho’llardagi Tog`larda ham cho’llarga xos
bo’lgan hayvonlar yashaydi. Yirik hayvonlardan tulki, bo’ri, yovvoyi qo’y (arxar),
jayron, sayІoq yashaydi.
Kaltakesaklardan Turkiston agamasi, parrandalardan so’fito’rІay, bo’zdak,
ko’k qarІa, kaklik ko’p uchraydi.
Tog`li o’lkalarning bargli o’rmonlarida jayra, ayiq, to’nІiz, tyanshan bo’rsiІi
ko’p uchraydi.
To’qay hayvonlari. Bu hayvonlar asosan Amudaryo, Sirdaryo, Iee, Chu,
Sarisuv, Atrek daryolarining qayirlarida ko’p. To’qaylar uchun xos bo’lgan va eng
ko’p uchraydigan hayvonlarga to’nІiz, to’qay mushugi, bo’rsiq, bo’ri, quyon, suv
kalamushlarini ko’rsatish mumkin.
Parrandalardan o’rdak,g`oz, loyxo’rak, baliqchi, qorabuzov, flamingo,
birqozon, qirg`ovul va boshqalar.
Tayanch so’zlar.
Tuproq hosil qiluvchi faktorlar. Tuproq gorizontal va vertikal zonalari. Azonal
tuproqlar. Tuproq tiplari. Tuproqning chirindi tarkibi. O’simlik turlari. Efemer va
efemeroidlar. Dasht. Chala cho’l. Cho’l.Qumli cho’l o’simliklari. O’simliklarni
17
geografik o’lkalarga ajratish. Tog`li o’lka o’simliklarining tabiiy komplekslari. Dasht
hayvonlari. Chala cho’l va cho’l hayvonlari. Tog`li o’lkalar hayvonlari. To’qay
hayvonlari.
Dostları ilə paylaş: |