Termiz davlat universiteti Ijtimoiy fanlar fakulteti Maktabgacha



Yüklə 1,72 Mb.
Pdf görüntüsü
tarix04.04.2023
ölçüsü1,72 Mb.
#93184
Suyunova Gulmiraersdgezrgez




Termiz davlat universiteti Ijtimoiy
fanlar fakulteti Maktabgacha
taʼlim
yoʻnalishi 3-kurs 312 guruh talabasi
Suyunova Gulmiraning Matematik
tasavvurlarni shakllantirish
nazariyasi va Texnalogiyalari
fanidan tayyorlagan taqdimot ishi



Mavzu: Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida matematik mashg'ulotlarni 
o'tkazishda kasbiy tayyorgarligi. 

Reja:

1.Maktabgacha yoshdagi bolalarda matematik
tasavvurlarini shakllantirish.

2.Matematika mashg‘ulotlarini o‘tkazishga qo‘yilgan
talablar

3. Mashg‘ulotlarni puxta o‘tkazishda asosiy shart –
sharoitlar

4.Bolalarda miqdor va son sanoq haqidagi bilimlarni
shakllantirish, sanashga o‘rgatish


BOLALAR
TAFAKKURINING
ANIQLIKDAN
ABSTRAKTLIKKA
QARAB
RIVOJLANISH XUSUSIYATLARIGA BOG‘LIQDIR. MATEMATIKANI O‘QITISHDAN
ASOSIY
MAQSAD

MANTIQIY
TAFAKKURNI
RIVOJLANTIRISHDAN
IBORATDIR; BIROQ MATEMATIKANI O‘QITISH ANIQ FAKT VA OBRAZLARDAN
AJRALMASLIGI, AKSINCHA, HAR QANDAY MASALANI O‘RGANISHI SHU ANIQ
FAKT
VA
OBRAZLARNI
TEKSHIRISHDAN
BOSHLASH
KERAK.
KO‘RGAZMALILIK O‘QUV MATERIALINI O‘ZLASHTIRISHNI OSONLASHTIRADI
VA BILIMNING MUSTAHKAM BO‘LISHIGA YORDAM BERADI. DOIRA HAQIDA
GAPIRGANIMIZDA BOLANING HAR BIRIGA DOIRACHALARDAN BERIB QO‘YIB
BOLALAR IKKI QO‘LLARI ORASIDA USHLAB KO‘RISHLARI KERAK. UNING
DUMALOQ EKANINI, TEKIS EKANINI QO‘L UCHIDAGI BOLANING HAMMA
ANALIZATORLARI QATNASHGAN HOLDA ESLARIDA YAXSHIROQ QOL ADI.
MATEMATIKADA SON
VA SANOQ,
KATTALIK,
GEOMETRIK
SHAKLLAR,
TEVARAK ATROFNI BILISHNI, VAQTNI CHAMALASH MALAKALARINI PUXTA
EGALLASHINING HAM AHAMIYATI JUDA KATTA. AYNIQSA MATEMATIKADA
BOSHQA FANLARDAGIGA QARAGANDA HAM, PROGRAMMANING BIROR
QISMINI
YAXSHI
O‘ZLASHTIRMASDAN
VA
MALAKANN
YAXSHI
MUSTAHKAMLAMASDAN TURIB, MUVOFFAQIYAT BILAN OLDINGA QARAB
BORISH MUMKIN EMAS.




Matematika mashg‘ulotlarida son — sanoq bo‘limi bilan bir qatorda dasturning boshqa
bo‘limlarini ham rejalashtirish, son — sanoq bo‘limidagi dastur vazifasi hamma mashg‘ulotlarda
ham asosiy o‘rinni egallashi kerak.

Har bir mashg‘ulotda ikki uch programma vazifasi planlashtiriladi. Birinchisi yangi, keyingilari
takroriy.

Оlti — sakkiz mashg‘ulotdan keyin takroriy tipda mashg‘ulotlarni o‘tkazish tavsiya qilinadi.

Маtematika mashg‘ulotlarida eng asosiy o‘rgatish
usuli ko‘rgazmali o‘rgatish
usulidir. 
O‘rgatish usulida harakatli o‘yin, didaktik
o‘yin usullari katta o‘rin egallaydi.

Мatematika mashg‘ulotlarida programma mazmuni ko‘rgazmali materiallar asosida bolalarga
tushuntirib boriladi.

6.Ikkinchi kichik va o‘rta gruppada mashg‘ulotlarni yakunlashda tarbiyachi programma
mazmunidabolalarga tushunarli so‘zlar bilan umumlashtirib aytib beradi.




O‘quv yilining boshida o‘rta guruh tarbiyachisi bolalarning kichik guruhda olgan
bilimlarini yoz davomida ma’lum darajada unutib qo‘yganliklarini sezadi. O‘rta
guruhga yangi bolalar ham keladilar.

5-6 mashg‘ulotni o‘tilganlarni takrorlashga bag‘ishlash va bolalarni yangi
materialni idrok etishga tayyorlash zarurligi ma’lum bo‘ladi. Asosan sanoqni
o‘rgatish va sonlar bilan tanishtirish uchun zarur bo‘lgan tasavvur, ko‘nikma va
malakalar mustahkamlanadi.

O‘tilgan mavzuni takrorlash uchun kichik guruh dasturida tavsiya etilgan
mashqlardan
bir
oz
murakkablashtirilgan
holda
foydalaniladi.
Mashqlar
dasturdagi topshiriqlarning 2-3 tasini bir yo‘la bajarish imkonini beradi.

Bolalarga to‘plam ichidan ayrim narsalarni ajratish va narsalarni to‘plamga
birlashtirish mashq qildiriladi, ular hamma narsalar uchun umumiy bo‘lgan
belgilarni va narsalarning faqat bir qismi uchungina xos bo‘lgan umumiy
belgilarni ajrata olishga o‘rgatiladi.




Bolalarda tevarak-atrofda turgan yakka (bitta) narsalarni va narsalar yig‘indisi
(ko‘p)ni mustaqil topa olish ko‘nikmasi mustahlanadi. Shu maqsadda o‘rta
guruhda
kichik
guruhdagiga
qaraganda
mashq
birmuncha
murakkab
variantlaridan foydalaniladi. Bolalarga matematik tushunchalarni shakllantirishda
ko‘proq mustaqillik beriladi, nimani qayerdan izlash kerakligi, “Qarang, qaysi
narsalar ko‘p, qaysilari bittadan uchraydi”, umumiy ko‘rsatlar bilan beriladi.

Bolalarni faqat bir turdagi narsalarni fikran bir guruhga birlash tirishga, ularning
barchasi
uchun
umumiy
bo‘lgan
xususiyat
(buyumlarning
nimaga
mo‘ljallanganligi va boshqalar) asosida “to‘plam hosil qilish”ga o‘rgatibgina
qolmasdan, balki guruhni tashkil etuvchi narsalarning faqat bir qismi uchungina
umumiy bo‘lgan belgilarni hisobga olishga, ya’ni qism to‘plamni ajratishga ham
o‘rgatiladi. Masalan, pedagog bolalar diqqatini deraza tokchasida turgan ko‘p
o‘simliklar orasida baland va pastlari, katta va kichik barglilari borligiga jalb
etadi va hokazo.




Birinchi bosqichda ikki to‘plamdagi sonlarni taqqoslash asosida bolalarga mazkur
faoliyat (natijaviy sonni topish)ning maqsadi ochib beriladi. Bolalarni 1 va 2, 2
va 3 element to‘plamlarini farqlashga va tarbiyachining sanashi asosida natijaviy
sonni aytib berishga o‘rgatiladi. Bunday “hamkorlik” oldingi ikki mashg‘ulotda
amalga oshiriladi. Ular bu tafovu-tlarni sonlar bilan belgilaydilar va mana bunga
ishonch hosil qiladilar: guruhlardagi narsalar soni teng, demak, narsalarning
miqdori ayni bir so‘z bilan ifodalanadi (2 ta qizil doiracha va 2 ta havo rang
doiracha), bitta narsani qo‘shdilar (oldilar), narsalar soni ko‘paydi (kamaydi) va
bu guruh yangi so‘z bilan ifodalana boshladi. Bolalar har bir son narsalarning
ma’lum miqdorini bildirishini tushuna boshlaydilar va sonlar o‘rtasidagi
bog‘lanishlar (katta, kichik va shu kabilar)ni asta-sekin o‘zlashtirib boradilar.
Pedagog (tarbiyachi) birida ikkinchisidagiga qaraganda bitta narsa ko‘proq
bo‘lgan ikki narsalar yig‘indisini taqqoslashni tashkil qilib, narsalarni sanaydi va
bolalar diqqatini natijaviy songa jalb etadi. U avval qaysi narsalar ko‘proq
(kamroq)ligini, so‘ngra esa qaysi son ko‘pligi va qaysisi kamligini aniqlaydi.
Bolalarning narsa to‘plam- laridagi sonlarni farqlashlari va ularni so‘zlar (sonlar)
bilan atalganlari sonlarni taqqoslash uchun asos bo‘ladi.


202X.2.14
Eʼtiboringiz uchun
rahmat 😊

Yüklə 1,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin